Gisusimu erdi anbarolud,
Yo chiqmish edi boshig‗a ul dud. (―Layli va Majnun‖)
Anvor arabcha birligi nur;
nurlar, yorug‗lik.
Subh chu zohir
qilib anvorini,
Har yon ochib lama‘i ruxsorini. (―Hayrat ul-abror‖)
Ashk forscha yig‗i, ko‗z yoshi.
Kettilar
boshlarin olib bu guruh,
Ko‗z aro ashku jon aro anduh. (―Sab‘ai sayyor‖)
Balosho„r arabcha-forscha balo qo‗zg‗atuvchi, balodan g‗ulg‗ula soluvchi.
Dedi: oshiqqa ne ish ko‗p qilur zo‗r?
Dedi: furqat kuni ishqi balo sho‗r. (―Farhod va Shirin‖)
Barq arabcha yashin, chaqmoq.
Samandi olib barqdin tezlik,
O‗zi charxdin tavri xunrezlik. (―Saddi Iskandariy‖)
Basta forscha bog‗liq, band, bog‗langan.
Necha
sen bastan balosen,
Balolar bandi ichra mubtalosen. (―Farhod va Shirin‖)
Bahr arabcha dengiz.
Andoq etsangki, bahrdin qutulub.
Yaman ahli sori ravona bo‗lub. (―Sab‘ai sayyor‖)
Bahrun-najot arabcha najot dengizi.
Ariqqa qo‗ydilar ―Nahr ul-hayot‖ ism!
Falakvash havzg‗a ―Bahr ul-najot‖ ism. (―Farhod va Shirin‖)
Beandoza forscha son-sanoqsiz, tartibsiz, cheki yo‗q, hisobsiz.
Hamul ilmi baland ovoza birla,
Bu yanglig‗ zo‗ri beandoza birla. (―Farhod va Shirin‖)
Bodafurush forscha may sotuvchi, ichimlik sotib kun ko‗ruvchi, mayfurush.
Jonimg‗a navo soldiyu ko‗ngluma hurush,
Bir jur‘at bila mug‘bachchai bodafurush. (―Farhod va Shirin‖)
Varzish forscha odat, mashq, mashg‗ulot, shug‗ullanish.
Toki saxo bo‗ldi kafing varzishi,
Ko‗rding ekinmu bir o‗zungdek kishi? (―Hayrat ul-abror‖)
Do'stlaringiz bilan baham: