Adabiyot gulshani 2 (6 sinf yangi darslik asosida)


Download 150.41 Kb.
bet19/26
Sana12.03.2023
Hajmi150.41 Kb.
#1262768
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
1672752882 Adabiyot gulshani 2 (3)

II Chorak (2- variant)
1. Arab, fors kabi sharq tillarini yaxshi bilgan. Alisher Navoiy, Jomiy va boshqa sharq mumtoz adabiyoti vakillari ijodini sevib mutolaa qilgan ijodkor kim?
A)Abay B)A.O`tar C)A.Navoiy D)Gulxaniy
2. Navoiy asarlarida qo`llangan shafiq so`zining ma’nosini belgilang.
A)boshqa, begona B) rahmdillik C) musofirlik D) mehribon
3. Hovlimizda sara gullar qulf urib ochilib yotar, marmar polli va
keng oynali xonalarda eng qimmat gilamlar to‘shalgan, shiftda billur qandillar osilib turardi. ...Parcha qaysi asardan olingan?
A) Sadriddin Ayniy,“Sudxo‘rning o‘limi” B) Tohir Malik,“Falak”
C) Xolid Husayniy,“Shamol ortidan yugurib” D)G`.G`ulom, “Soyalar”
4.Yaxshi kishilar birla tutar bo‘l suhbat,
To bergay amon sharirdin ul suhbat.Baytidagi sharir so`zining ma’nosi nima?
A)qutulish, najot B) yomonlik C) aziz, qadrli D) itoat, xizmat
5. Choy momo, choy, choy, choy,
Chayilib qolsin quv shamol.
Bosa-bosa beringlar,
Bosilib qolsin quv shamol.Ushbu qo`shiq qaysi turga mansub?
A)Lirik B)Mavsum – marosim C)Mehnat D)To`g`ri javob yo`q
6.A.Navoiy necha yoshidan maktabda ta’lim olishni boshlagan?
A) 3 yosh B)4 yosh C)5 yosh D)6 yosh
7.Avaz O`tar “Til” she’rida o‘zga (xorijiy) tillarni yaxshi bilgan insonlarni nima deb ataydi?
A)yaktoyi zamon B) bani odam C) robita D) g‘ayri
8. Besh asrkim, nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir sher.
Temur tig‘i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.She’rining muallifini belgilang.
A)A.Oripov B)Oybek C)U.Nosir D)A.Suyun
9. Arabcha “mingashib keluvchi, izma-iz boruvchi” ma’nosini bildiruvchi atama?
A)Qofiya B)Raviy C)Radif D)Qit’a
10. Qaysi qo‘shiq qurg‘oqchilik paytida yomg‘ir chaqirish uchun o‘tkazilgan
marosimlarda ijro etilgan?
A)”Choy momo…” B) “Ayri-ayri tuyoqqa…”
C)”Suz xotin, suzma xotin…” D)“Yorg‘uchoq yalpoqqina”
11. Naf’ing agar xalqqa beshakdurur,
Bilki, bu naf’ o‘zungga ko‘prakdurur. Ushbu misra muallifi va janri?
A)Navoiy, fard B)Bobur, fard C)A.O`tar, g`azal D)Abay ,g`azal
12. Qaysi asarda qirol Nodirshoh bilan tushgan surat tasvirlanadi?
A) Sadriddin Ayniy,“Sudxo‘rning o‘limi” B) Tohir Malik,“Falak”
C) Xolid Husayniy,“Shamol ortidan yugurib” D)G`.G`ulom, “Soyalar”
13. Yana bahor keldi. Yana olamda
Ajib bir go‘zallik, ajib bir bayot.
Men seni qutlayman shu ulug‘ damda,
Ulug‘ yelkadoshim, muzaffar hayot!.. Misralar muallifi?
A)A.Oripov B)A.Suyun C)U.Nosir D)X.Davron
14. Fano so`zining ma’nosi berilgan qatorni belgilang.
A)so`nmas B)Kuy nomi C) qo‘rqmas D)Yo`qlik
15. Olti mingdan ortiq hadisni yoddan bilgan ijodkor kim?
A)A.Navoiy B)A.O`tar C)Abay D)Buxoriy
16. Yellar ham uyg‘ondi ishqalab kaftin,
Oftob ham yuksaldi – tik kelar quyosh.(A.Oripov)Misralarda qaysi tasvir vositasidan foydalanilgan?
A)O`xshatish B)Metafora C)Jonlantirish D)Qarshilantirish
17. Ziqna , xasis Qori ishkamba obrazini yaratgan ijodkor?
A)X.Husayniy B)Gulxaniy C)S.Ayniy D)S.Sheroziy
18. Adabiyotni, san’atni sevgan va zamonasining mashhur shoir va san’atkorlari bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Dastlab maktabda, keyin esa Madamin Inoq madrasasida tahsil olgan. Gap qaysi ijodkor haqida?
A)Abay B)A.O`tar C)A.Navoiy D)S.Ayniy
19. O‘rta maktabni bitirganidan keyin nufuzli Kolumbiya universitetiga o‘qishga
kirdi, lekin jamiyatdagi qora tanlilarga bo‘lgan munosabat tufayli bu
oliygohdan ketishga majbur bo‘ldi. Keyinchalik bir qancha joylarda
ishladi, Linkoln universitetini bitirdi, boshqa davlatlarga sayohat qildi.Ushbu fikr qaysi ijodkor haqida?
A)O.Uald B)L.Hyuz C)J.Svift D)R.Bredberi
20.Bilimsiz qolganimga kim gunohkor?
Izlasam, bo‘larmidim munchalik xor? Bilimning muhimligini ko‘rsatishga qaratilgan satrlar muallifi?
A)Navoiy B)Bobur C)A.O`tar D)Abay
21.”Rahmat sizga, xonim” hikoyasi tarjimoni kim?
_________________________________________________________________
22. Fidoyi xalqim o‘lsun tanda jonim,
Bo‘lub qurbon anga ruhi ravonim. Janri va muallifi?
_______________________________________________________
23. Beqasam to‘nlar kiyib,
Muncha meni kuydirasiz.
Goh-gohida bir qarab,
Voy, beajal o‘Idirasiz. Ushbu qo`shiq qaysi turga mansub?
__________________________________________________________________
24.Radif nima, misol keltiring.
__________________________________________________________________
25. Til so‘z ila to qizitdi hangomimni,
Bir ham tiya olmadim bu xudkomimni.
Har necha itikroq ayladi xomimni,
Ul xoma qaroroq ayladi nomimni. Ushbu she’rning qofiyalanish tizimi qanday,isboti bilan yozing.
__________________________________________________________________



Download 150.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling