Adabiyot gulshani 2 (6 sinf yangi darslik asosida)


Download 150.41 Kb.
bet22/26
Sana12.03.2023
Hajmi150.41 Kb.
#1262768
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
1672752882 Adabiyot gulshani 2 (3)

IV chorak (1 - variant)
1.”Hazrati inson’’asarida Mahkam aka obrazi uchun kim prototip qilib olingan?
A)Rahmat Fayziy C)Xurshid Davron
B)Shoahmad Shomahmudov D)Abdulla Avloniy
2.’’San-Susi’’ saroy nomining ma’nosi?
A)g`am-tashvishsiz C)kayfiyat
B)baxtli shahzoda D)katta zal
3.O`zbek bolalar adabiyotidagi ilmiy-fantastik asar muallifi?
A)Omon Muxtor C)X.To`xtaboyev
B)Azim Suyun D)Sa’dullo Quronov
4.’’Maysalar lol egdi boshini, Qizg`aldoqlar to`kdi yoshini….’’misralarda qaysi san’at qo`llangan va muallifi?
A)tashxis (Azim Suyun) C)o`xshatish(Azim Suyun)
B)sifatlash(U.Nosir) D)metafora(E.Vohidov)
5.Qaysi ijodkor “Mening bolaligim,muayyan ma’noda,Samarqand taassurotlari bilan to`yingan.Ayni shusababdan ijodimning ildizlari ham shu tabarruk zaminga chuqur yoyilgan.Bolalik ertaklari, afsonalar ichida yashaganman’’,-deb eslaydi?
A)Ibrohim Yusupov C)Xurshid Davron
B)Usmon Nosir D)Omon Matjon
6.Jahon adabiyotidan detektiv asarlar mualliflarini aniqlang.
A)Edgar Po, A.K.Doyl, A.Kristi, J.Simenon
B)H.Uells, A.Kristi, J.Simenon
C)A.Dyuma, J.Vern ,F.Kuper, Mayn Rid
D)Edgar Po ,A.Kristi ,Muqimiy, H.Uells
7.”Baxtli shahzoda’’asarida qaldirg`och shahzoda qilichdagi la’lni kimga eltib beradi?
A)go`zal bir qizga C)gugurtfurush qizchaga
B)chevar ayolga D)pyesa yozuvchisiga
8.Quyida nazmning nasrdan farqlovchi belgilarini aniqlang.
1.qofiyadosh so`zlarning qo’llanishi
2.fikrning keng ko`lamda ifoda etilishi
3.ohangning mavjudligi
4.har bir qatordagi(yoki har toq va juft qatorlardagi)bo`g`inlar sonining tengligi
5.fikrning ixcham ifoda etilishi
A)1,2,5 C)1,3,4,5
B)1,2,3 D)2,3,4,5
9.”Yulduz-bola” asarining muallifi?
A)Oskar Uayld C)Usmon Nosir
B)A. Kristi D)J.Svift
10.Hayvonlar ham insonlardek harakat qilishi, gapirishi mumkin bo`lgan ertaklarga misol.
A)”Zumrad va Qimmat” B)”Egri va to`g`ri”,”Susambil’’
C)”Qizil qalpoqcha”, “Susambil” D)”Qizil qalpoqcha”,”Egri va to`g`ri”
11.Rassom Y.Bazarov ishlagan suratni toping.
A)”Kuzgi hovli” C)”Shomahmudovlar oilasi”
B)”Yomg’irda so`ng” D)”Buvi va nevara”
12.I.Yusupovning “Jayxun shamollari’’ she’ri kimga atab yozilgan?
A)Jonibek Subhon C)Xurshid Davron
B)Muhammad Ali D)O.Xudoyshukurov
13.”Sen yetim emassan” filmida Mahkam aka rolini kim o`ynagan?
A)L.Abdullayev C)O.Jalilov
B)O.Xudoyshukurov D)Muhammad Ali
14.Quyidagilardan qaysi ijodkor Oliy Majlis deputati lavozimida faoliyat yuritgan?
A)O.Matjon B)A.Suyun
C)X.Davron D)R.Fayziy
15.”Qop-qora sochlari o`sgan, charosdek ko`zlari yonib turgan kichkina, oppoq kulcha yuzli”-deya ta’riflangan obraz kim?
A)Valya C)Vitya
B)Galya D)Abram
16.Radif so`zining ma’nosi?
A)arabcha (mingashib keluvchi, izma-iz boruvchi)
B)arabcha( to`rtlik)
C)yunoncha(tasavvur qilish san’ati)
D)inglizcha(xalq donoligi)
17.”Uzum” she’rining muallifi?
A)A.Obidjon C)E.Vohidov
B)R.Fayziy D)Muhammad Ali
18.Qaysi asarda Baalbek ibodatxonasi tilga olingan?
A)”Hazrati inson” C) “O`n besh yoshli kapitan”
C)”Qaldirg’och” D)”Baxtli shahzoda”
19. Ilmiy-fantastik asarlarni belgilang.
1.”Sariq devni minib’’ 2.”Galaktikada bir kun” 3.”Gulleverning sayohatlari” 4.”Ko`rinmas odam”
A)1,2,3 B)1,4 C)1,2,4, D)2,4
20. ”Yashm” so`zining ma’nosi?
A)maqbara B)bezak sifatida ishlatiladigan tosh
C)oq rangli yumshoq metal D)katta zal
21.”Baxtli shaxzoda” ertagi tarjimoni kim?
__________________________________________________________________
22. Ko‘rinmas olovdan erib borar tun,
Burgutlar qoyada potirlashmoqda.
Ona qornidagi go‘dakday beun
Tuman g‘imirlamoqda.Ushbu she’rdagi belgilangan so`zlar orqali qaysi tasvir vositalari ifodalangan?
________________________________________________________________________________________________________________________________
23.Yumor so`zining ma’nosi va u nima?
____________________________________________________________________________________________________________________________________
24. Yaxshi (ijobiy) va yomon (salbiy) qahramonlar bir-biriga qarama-qarshi
qo‘yiladigan asarlar qaysilar?
__________________________________________________________________
25. O‘zbek adiblaridan kimlar detektiv asarlar yozgan?
__________________________________________________________________



Download 150.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling