Adabiyot gulshani 2 (6 sinf yangi darslik asosida)
Download 150.41 Kb.
|
1672752882 Adabiyot gulshani 2 (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Omon Matjon (1943–2020)
Azim Suyun
(1948–2020) 1. Azim Suyun qayerda tavallud topgan? Samarqand viloyatida 2.Shoir bolaligi haqida qanday ma’lumot keltirilgan? Bolaligi Nurota tog‘larining go‘zal tabiati orasida kechgan. Kasbi cho‘pon bo‘lgan otasi bilan tog‘-u tosh, dala-dasht, qir-adir kezib, baxshilarning, cho‘ponlarning g‘aroyib hikoyalarini eshitib katta bo‘lgan 3. Qayerlarda tahsil olgan? Maktabdan keyin Toshkent davlat universitetida (hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti) o‘qigan. 4. Yomg‘ir yog‘ib o‘tdi, Osmon yuzidan Nafarmon bulutlar yig‘di etagin. Oftob ham ko‘rindi ko‘hna izidan Va boshlab yubordi dilbar ertagin.She’r muallifi? Azim Suyun 5. “… bulutlar yig‘di etagin”, “oftob … boshlab yubordi dilbar ertagin”, “tog‘lar atrofimda jilmayadi jim” satrlarida shoir qaysi badiiy tasvir vositasini ishlatgan? Jonlantirish 6. Lirik qahramon kim? – lirik asarda (she’rdA) his-tuyg‘ulari, kechinmalari, o‘y-xayollari tasvirlangan qahramon Omon Matjon (1943–2020) 1. Omon Matjon qayerda tavallud topgan? Xorazm viloyatida 2. Shoir bolaligi haqida qanday ma’lumot keltirilgan? Kechalari moychiroq yorug‘ida kattalar aytgan ertaklar, xalq qo‘shiqlari, she’rlarni hayrat bilan tinglab ulg‘aygan. 3. Ijod bilan qachondan shug`ullana boshladi? Dastlabki she’ri maktabda o‘qib yurgan paytida gazetada bosilib chiqqan 4. Osmon sog‘inch kabi poyonsiz, yashil, Qirlar lahza sayin o‘zga turlanar. “Qur-qur”lar to‘lmoqda ko‘kka muttasil, Qaytib kelayotir yurtga turnalar. She’r muallifi? Omon Matjon 5. “Osmon sog‘inch kabi poyonsiz, yashil…”Misrada qo`llangan badiiy tasvir vosita qaysi? O`xshatish, osmon sog`inchga o`xshatilgan 6. She’rdagi “nigoh bo‘lib ko‘kka tikil”gan narsa nima? Borliq nigoh bo‘lib ko‘kka tikildi 7. Sinkveyn so`zining ma’nosi va uni fanga kim olib kirdi? fransuzcha “besh” so‘zidan olingan bo`lib, XX asr boshlarida Amerika shoirasi Adelaida Krepsi tomonidan ishlab chiqilgan. 8. Sinkveyn o`zi nima? Besh qatorli she’r (misralar qofiyalanishi shart emas). 9. Didaktik sinkveynning tuzilishi qanday? – birinchi qator – bitta ot yoki olmosh (she’r mavzusi); – ikkinchi qator – birinchi qatordagi ot yoki olmoshni xarakterlaydigan ikkita sifat; – uchinchi qator – birinchi qatordagi ot yoki olmoshni xarakterlaydigan uchta fe’l yoki ravishdosh; – to‘rtinchi qator – mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi, to‘rt so‘zdan iborat birikma yoki gap; – beshinchi qator – mavzuni xulosalaydigan bitta so‘z (birinchi qatorda ishlatilgan so‘z qaytarilmasligi lozim). 10. Uchalamiz ovqatlangani o‘tirdik. Tomog‘imdan hech narsa o‘tmasdi. Aytay desam, oyimning avzolaridan qo‘rqaman, aytmay desam, ichimda sira gap saqlolmayman, nimadir yuragimni tirnayotganga o‘xshaydi.Parcha qaysi asardan olingan? Farhod Musajonov,“Bo‘sh kelma, Aliqulov” qissasidan 11. Ko‘rinmas olovdan erib borar tun, Burgutlar qoyada potirlashmoqda. Ona qornidagi go‘dakday beun Tuman g‘imirlamoqda. She’r muallifi? Azim Suyun 12. Kechagina o‘tqazilgan olicha ko‘chati muncha ham kekkayib tebranadi. Shabi yaldoning bo‘ydoq shabadasi u bilan o‘ynaydi. Parcha qaysi asardan olingan? G‘afur G‘ulom, “Soyalar” hikoyasidan LUG‘AT
inglizcha “izquvar” so‘zidan olingan bo`lib, sirli jinoyatning turli xil usullar bilan ochilishi haqida hikoya qiluvchi asar 2.O`zbek adabiyotida kimlar detiktiv yo`nalishda ijod qilgan? O‘lmas Umarbekov, Omon Muxtor, Tohir Malik 3. Jahon adabiyotida kimlar detiktiv yo`nalishda ijod qilgan? Edgar Po, Artur Konan Doyl, Agata Kristi, Jorj Simenon 4. Fantastika so`zining ma’nosi va bunday asarning o`ziga xos xususiyati? (yunoncha “tasavvur qilish san’ati” so‘zidan) olingan bo`lib, haqiqatda mavjud bo‘lmagan, muallif tasavvuri mahsuli bo‘lgan narsalar, voqea-hodisalar tasviri 5. Bosh qahramon kema halokatidan keyin mitti odamchalar –liliputlar yashaydigan mamlakatga tushib qoladi va ular tomonidan asir olinishi qaysi asarda tasvirlangan?. Ingliz yozuvchisi Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” 6. Folklor so`zining ma’nosi va bunday asarlarning o`ziga xos xususiyati? (inglizcha “xalq donoligi” so‘zidan) – xalq og‘zaki ijodi, muallifi noma’lum bo‘lgan, avloddan avlodga og‘zaki yo‘l bilan o‘tib kelgan asarlar 7.Folklor asarlarga nimalar kiradi? maqollar, topishmoqlar, qo‘shiqlar, ertaklar, dostonlar va hokazo) 8.Ilmiy-fantastik asar qanday asar hisoblanadi? Ilm-fan va texnikaning qanday taraqqiy etishiga oid tasavvurlar asosida yaratilgan asar.Bunday asarlarda voqealar sehrli yoki g‘ayritabiiy kuchlar yordamida emas, balki fandagi ixtirolar yoki yangi ilmiy tajribalar bilan bog‘liq hodisalar asosida rivojlanadi 9. “Ko‘rinmas odam” ilmiy-fantastik asari muallifi kim? Ingliz yozuvchisi Herbert Uells ,bosh qahramoni Griffin ilmiy tajribalar orqali “ko‘rinmas odam”ga aylanish yo‘lini topadi 10. Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” romani nima sababdan ilmiy- fantastik asar hisoblanmaydi? Hoshimjon sehrli qalpoqcha yordamida ko‘rinmasga aylangani uchun uni ilmiy-fantastik asar deya olmaymiz 11. Zamonaviy o‘zbek bolalar adabiyotidagi ilmiy-fantastik asar? Bolalar yozuvchisi Sa’dullo Quronovning “Galaktikada bir kun” qissasi 12. Jonlantirish nima? Badiiy tasvir vositasi, insonlarga xos xususiyatlarni jonsiz narsalar, tabiat hodisalari, hayvonlarga ko‘chirish, ularni “jonli” qilib tasvirlash. 13. Qayga ketdi yaproqdek bola, Bo‘ta kabi qayda bo‘zlaydi? Uchib yurgan varaqlar, ana, Shamollarga ertak so‘zlaydi.Azim Suyunning ushbu misralarida jonlantirish qaysi o`rinda qo`llangan? Kitob varaqlari “jonlantirilib”,inson kabi “shamollarga ertak so‘zlaydi” 14. Lirik qahramon nima? she’rda o‘ylari, his-tuyg‘ulari, kechinmalari tasvirlangan qahramon, she’rdagi “men” ortida turgan obraz. 15. Parchagina bulut, Cheksiz osmon, Adir ortidagi yolg‘izoyoq yo‘l. Barcha tashvishlarni unutib, shodon, Qaytgim kelayotir qoshingga butkul. She’r muallifi? Abdulla Oripov 16. Metafora Yunoncha “ko‘chirish” so‘zidan olingan bo`lib, badiiy tasvir vositasi,bir narsani boshqa nom bilan atash 17.Metafora nimaga asoslanadi? Ikki narsa yoki hodisa o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanadi. 18. Bulutning orasidan Quyosh kulib qaraydi. Majnuntolning yuvilgan Sochlarini taraydi. Erkin Vohidovning ushbu misralarida metafora qaysi o`rinda qo`llangan? Majnuntolning shoxlari “sochlar” deb atalgan. Majnuntol shoxlari va uzun sochlarning pastga osilib turishidagi o‘xshashlik metaforani yuzaga keltirgan 19. Prototip Badiiy asar qahramoni yaratilishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan real shaxs 20. TohirMalikning “Qaldirg‘och” (“Savohil”) qissasidagi Asadulla Mira’zam obrazi uchun kim prototip bo‘lib xizmat qilgan? XX asr o‘zbek ma’rifatparvari Abdulla Avloniy 21. Ayrim tadqiqotchilar Artur Konan Doylning Sherlok Xolmsiga prototip deb kimni hisoblashadi? Artur Konan Doyl bilan birga kasalxonada ishlagan, noyob aqliy qobiliyatlarga ega bo‘lgan Jozef Bellni 22. Qofiya She’riy asarlarda misralar oxirida ohangdosh so‘z yoki so‘z birikmalarining takrorlanishi 23. O‘zimni tanidim, ko‘klarda uchdim, Momiq bulutlarning havosin ichdim .Xurshid Davronning ushbu misralarida qofiyadosh so`zlar qaysilar? Ikki misradagi ohangdosh bo‘lgan “uchdim”, “ichdim” so`zlari 24. Radif Arabcha “mingashib keluvchi, izma-iz boruvchi” so‘zidan olingan bo`lib, mumtoz she’riyatda baytlar yoki misralar oxirida qofiyadan keyin takrorlanadigan bir xil so‘z yoki so‘z birikmasi 25. Ochinglar, millati vayronni obod etgusi maktab, O‘qusin yoshlarimiz, ko‘nglini shod etgusi maktab.Misra muallifi kim va radifi qaysi? Avaz O‘tar, 26.Ruboiy Arabcha “to‘rtlik” so‘zidan olingan bo`lib, mumtoz adabiyotda keng qo‘llangan lirik janrlardan biri. To‘rt misradan iborat bo‘ladi. Ikki xil (a-a-a-a yoki a-a-b-a shaklidA) qofiyalanadi. 27. G‘urbatqa tushub zaif-u bemor o‘ldum, Dard-u g‘am-u mehnat ilgida zor o‘ldum. Sartosar ajal toshidin afgor o‘ldum, Sensiz ne balolarg‘a giriftor o‘ldum.Ruboiy muallifi va qofiyalanish tizimi qanday? Alisher Navoiy, a-a-a-a tarzida qofiyalangan, radifi o`ldum 28. Tole yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi, Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi. O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim, Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi. Ruboiy muallifi va qofiyalanish tizimi qanday? Zahiriddin Muhammad Bobur, a-a-b-a shaklida qofiyalangan , radifi bo`ldi 29. Sarguzasht asar – Qahramonlar boshidan kechirgan qiziqarli sarguzashtlar haqida hikoya qiluvchi asar. Sarguzasht asarda voqealar tez rivojlanadi, qahramonlar tushgan vaziyatlar ham tez o‘zgaradi. 30.Jahon adabiyotida qaysi adiblar sarguzasht asarlarning ajoyib namunalarini yaratganlar? Aleksandr Dyuma, Jyul Vern, Fenimor Kuper, Mayn Rid 31. O‘zbek adabiyotida sarguzasht asarlarning ajoyib namunasini kim yaratgan? Xudoyberdi To‘xtaboyev 32. Sifatlash – Badiiy tasvir vositasi, shaxs, narsa yoki voqea-hodisaning biron-bir jihati, xususiyatini ajratib ko‘rsatadigan, uni obrazli tasvirlaydigan aniqlovchi 33. “Hech esimdan chiqmaydi. Bir kuni o‘sha totli tushlikni yeb bo‘lib, maysalar ustiga chalqancha yotib oldim. Tubsiz osmonning bir chekkasida ko‘pikday oppoq bulutlar ohista suzib yurar, baland-balandlarda jajjigina bir to‘rg‘ay turgan yerida tipirchilab, shodon sayrardi…” Parcha qaysi asardan olingan va qaysi so`zlar orqali sifatlash hosil qilingan? O‘tkir Hoshimov, “Hurkitilgan tush” hikoyasidan,“tubsiz”, “jajjigina” so‘zlari sifatlash bo‘lib kelgan. 34. Yumor Inglizcha “kayfiyat” so‘zidan olingan bo`lib, badiiy asarda hayotdagi yoki ayrim kishilardagi kamchiliklar, nuqsonlar ustidan yengil kulish, tanqid qilish. 35. O‘zbek adabiyotida kimlarning ijodida yumorni kuzatish mumkin? Muqimiy, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Said Ahmad va boshqa ijodkorlar 35. O‘xshatish – Badiiy tasvir vositalaridan biri, shaxs, narsa yoki holatning boshqa bir narsaga o‘xshatilishi, qiyoslanish 36.O`xshatishda nima asos qilib olinadi? Ikki narsa o‘rtasidagi umumiy xususiyat asos qilib olinadi. 37. “Sentyabr oylarining oxiri, ilk kuz oqshomlaridan biri edi. Havo anchagina salqin. Biz yetimlar bir-birimizning pinjimizga tiqilib, bir-birimizni isitib uyquga ketganmiz. Qatorda eng so‘nggi bo‘lib, ona chumchuqday qora buvim yotardilar, u kishi saksondan oshib ketgan, noskash kampir edilar”. Parcha qaysi asardan olingan va qaysi so`z orqali o`xshatish hosil qilingan? G‘afur G‘ulom, “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasidan,hikoyachi bola buvisini ona chumchuqqa o‘xshatmoqda: ona chumchuq jo‘jalarini qanoti ostiga olib, himoya qilib yotganday, buvi ham nevaralarini himoya qilib yotmoqda. Download 150.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling