Adabiyot gulshani 2 (6 sinf yangi darslik asosida)


Download 150.41 Kb.
bet14/26
Sana12.03.2023
Hajmi150.41 Kb.
#1262768
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
1672752882 Adabiyot gulshani 2 (3)

Oskar Uayld
(1854–1900)
1. Oskar Uayld qayerda tavallud topgan?
Irlandiyaning Dublin shahrida tug‘ilgan
2.Ota – onasi haqida qanday ma’lumot keltiriladi?
U ziyolilar oilasida tug‘ilgan bo‘lib, otasi shifokor, onasi esa shoira edi
3. Qayerlarda tahsil olgan?
O‘rta maktabni a’lo baholar bilan tamomlab, dastlab Dublin universitetida qadimgi adabiyotni o‘rgandi. So‘ngra jahonning eng mashhur oliygohlaridan biri – Oksford universitetida tahsil olish uchun maxsus stipendiyani qo‘lga kiritdi.
4.Ijod bilan qachondan shug`ullana boshladi?
Oksfordda o‘qib yurgan paytida universitet jurnallarida uning dastlabki she’rlari nashr etildi
5. Qaysi ertaklarda yaxshi (ijobiy) va yomon (salbiy) qahramonlar bir-biriga qarama-qarshi qo‘yiladi?
“Zumrad va Qimmat”, “Egri va To‘g‘ri”
6. Qaysi ertaklarda hayvonlar ham insonlardek harakat qilishi, gapirishi mumkin?
“Susambil”, “Qizil qalpoqcha”
7. “Baxtli Shahzoda” ertagida haykal nimadan yasalgan edi?
U boshdan oyoq oltin yaproqchalar bilan qoplangan, ko‘zlari o‘rnidagi bir juft nurafshon zabarjad va qilichining dastasidagi yirik la’l yal-yal tovlanardi
8.Qaldirg`och nima sababdan do`stlaridan ayrilib yolg`iz qolgandi?
Olti oy burun Misrga uchib ketishgan, u esa qamishpoyaga oshiq bo‘lib, ulardan orqada qolgandi
9. Baxtli Shahzoda tiriklik chog`ida qayerda yashagan edi?
San-Susi saroyida, Potsdam shahridagi (GermaniyA) San-Susi saroyi (XVIII asr).
Saroy nomi “g‘am-tashvishsiz” ma’nosini bildiradi
10. Shaxzoda qilichining dastasidagi la’lni olib, kimga eltib berishini so`radi?
Yuzi so‘lg‘in, qo‘llari dag‘al va igna sanchilaverganidan qontalash bo‘lib
ketgan chevarga. Chunki xona burchagidagi to‘shakda betob yotgan bolasi isitmada yonib, “apelsin beringlar”, deb alahsirayapti. Ammo onasining
daryo suvidan boshqa beradigan narsasi yo‘q.
11.Chevar kim uchun ko`ylak tikayotgan edi?
Qirolichaning eng sohibjamol dugonasining
navbatdagi saroy bazmiga atab tiktirayotgan ipak ko‘ylagiga gul chatimoqda
12. Sariq matoga chulg‘anib, xushbo‘y ko‘katlar bilan mumiyolanib yotibdi. Bo‘yniga och zangor yashmdan zanjir o‘ralgan, qo‘llari esa kuzgi xazondek za’faron,- deya qaldirg`och kimni ta’riflaydi?
Misrdagi Ulug‘ Shohning daxmasi. Serhasham tobutdagi shoh
13. Ko‘zlari zumrad kabi yashil, o‘kiriklari esa sharsharaning tovushini bosib ketadi, - deya qaldirg`och nimani ta’riflaydi?
Nil daryosi bo‘yiga sariq sherlarni
14. Baxtli Shahzoda ming yil muqaddam olis Hindistondan keltirilgan g‘oyat noyob zabarjadlardan yasalgan ko`zlarini nima uchun sarf qiladi?
1 – sini:Teatr direktori uchun yozayotgan pyesasini tugallashga shoshilayotgan, ammo sovuq qotgan barmoqlari arang qimirlatayotgan pyesachi yigitga. Chunki o‘chog‘ida allaqachon olov so‘ngan, o‘zi ochlikdan ko‘ngli ozib, hushidan ketay-ketay deb turibdi.
2 – sini: gugurtfurush qizchaga.Chunki u gugurtlarini ariqqa tushirib yuborib, yaroqsiz qilib qo‘ydi. Agar uyiga pulsiz borsa, otasi uni o‘lguday do‘pposlaydi.
15. Qaldirg`och shaxzodaga nimalar haqida gapirib berdi?
Baalbek ibodatxonasi, Timsohlar, Nilning sayoz qirg‘oqlarida saf tortib, uzun tumshuqlari bilan oltin baliqchalarni tutib yeydigan pushti qushlar haqida, sahroda yashaydigan va hamma narsadan voqif, dunyo kabi ko‘hna Sfinks haqida, kahrabo tasbeh donalarini bitta-bitta tashlab tuyalarining yonida
ohista yurib boradigan savdogarlar haqida, xurmo daraxtida uxlaydigan
va yigirma nafar kohin asal kulchalar bilan boqadigan ulkan
Zangori Ilon va mudom kapalaklar bilan jang qilib yuruvchi, yassi va
keng yaproqlarda ko‘l bo‘ylab suzib yuradigan mitti odamlar haqida
16. Ustidagi hamma oltinlarni nimaga sarflashdi?
qavatma-qavat ko‘chirib olib, beva-bechoralarga ulashib berdi
17.Shaxzoda haykali o`rnida nimani qurishni taklif qilishdi?
Undan yangi haykal yasash lozim va u albatta mening haykalim bo‘lishi kerak! – deb taklif kiritdi Hokim., maslahatchilar esa o`zlarining haykalini aytishadi
18. Bu shahardagi ikkita eng noyob narsani keltirgin, –deb farishtalaridan
biriga amr qilganda Xudo ular nimani olib kelishadi?
Farishta unga qalay yurak bilan o‘lik qushni keltirdi.
19.Ertak tarjimoni?
Mahkam Mahmudov va Abduhakim Muhammadiyev
20. Xuddi shu paytda haykalning ichidan qandaydir narsaning singan tovushiga o‘xshash ovoz eshitildi. Bu nimaning tovushi edi.
Cho‘rt bo‘lingan qalay yurakning tovushi
21. Jonlantirish qanday san’at turi?
Insonlarga xos xususiyatlarni jonsiz narsalar, tabiat hodisalari, hayvonlarga
ko‘chirish, ularni gapiradigan, insonlardek harakatlanadigan qilib tasvirlash
22.Jonlantirish yana qanday nom bilan ataladi?
(tashxis – “shaxsga aylantirish”)
23. “Shitir-shitir o‘ynar shabboda, Barglar musiqasi bir shirin” Misralar muallifi va undagi tashxis qaysi o`rinda qo`llangan?
Usmon Nosir, “shitir-shitir o‘ynashi”
24. “Maysalar lol egdi boshini, Qizg‘aldoqlar to‘kdi yoshini…” Misralar muallifi va undagi tashxis qaysi o`rinda qo`llangan?
Azim Suyun, boshini lol egishi, yoshini to‘kishi
25. “Yulduz-bola” ertagining muallifi?
Oskar Uayld

Download 150.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling