Adabiyot gulshani 2 (6 sinf yangi darslik asosida)


Download 150.41 Kb.
bet12/26
Sana12.03.2023
Hajmi150.41 Kb.
#1262768
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
1672752882 Adabiyot gulshani 2 (3)

4 – fasl.Rangin tuyg`ular
Rahmat Fayziy
(1918–1988)
1. Rahmat Fayziy qayerda tavallud topgan?
Toshkentda kosib oilasida tug‘ilgan
2.Qayerlarda tahsil olgan?
O‘rta maktabni tamomlab, Toshkent temir yo‘llari qoshidagi Fabrika-zavod
o‘quvchilik maktabida, so‘ng elektromexanika texnikumida tahsil olgan.
3. “Hazrati inson” romanida qaysi davr voqealari tasvirlanadi?
Ikkinchi jahon urushi davri
4. Bosh qahramon Mahkam aka uchun kim prototip bo`lgan?
Toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov , u turmush o‘rtog‘i Bahri Akramova bilan turli millat bolalarini o‘z tarbiyalariga olgan
5. Prototip nima?
badiiy asar qahramonlari uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi real, haqiqatda yashab o‘tgan shaxslar
6. Bolalar uyida nimaga bolalar Vityani do`pposlashadi?
Dadam bor, deb maqtangani uchun
7. “Odamdan odamning farqi bor deyishgani shu-da. Boyagining muomalasi qayoqda-yu, buniki qayoqda?” deganda Mahkam aka kimlarni nazarda tutadi?
Nazarova bilan Sanobar
8. Qop-qora sochlari o‘sgan, charosdek ko‘zlari yonib turgan kichkina, oppoq kulcha yuzli , deya ta’riflangan qahramon?
Abram
9.Mahkam aka kimlarni o`z qaramog`iga oldi?
4 yoshli Galya va Abram
10. Rahmat Fayziy asari asosida qanday film suratga olingan?
“Sen yetim emassan” filmi (“O‘zbekfilm”, 1962-yil).
11. Sen yetim emassan” filmida Mahkam aka rolini qaysi aktyor ijro etgan?
Obid Jalilov
12. Nasriy asarlarda yetakchilik qiluvchi unsur?
ko‘p holatlarda qahramonlar, obrazlar xatti-harakatlari bilan bog‘liq tugal
voqealar tasvirlanishi
13. nazmiy asarlarda nima yetakchilik qiladi?
Asosan kechinmalar,his-tuyg‘ularga e’tibor qaratiladi
14. Nasriy asar janrlari?
Ertak, hikoya, qissa, roman va hokazo
15. She’r nasrdan qanday xususiyatlari bilan ajralib turadi?
– qofiyadosh so‘zlarning qo‘llanishi (masalan, yoz – soz);
– ohang (musiqiylik)ning mavjudligi;
fikrning ixcham ifoda etilishi;
– har bir qatordagi (yoki har toq va juft qatorlardagi) bo‘g‘inlar sonining tengligi.
16. Donalarim marjoncha,
Bir boshim – naq bir jomcha.
Quritsangiz mayizman,
Dasturxonga fayzman.She’r muallifi?
Anvar Obidjonning “Uzum” she’ri
17. Sen yetim emassan,
Tinchlan, jigarim.
Quyoshday mehribon
Vataning – onang, Misralar muallifi?
G‘afur G‘ulomning Ikkinchi jahon urushida ota-onasiz qolgan
go‘daklarga bag‘ishlab yozilgan “Sen yetim emassan” she’ri

Download 150.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling