Adabiyot gulshani 2 (6 sinf yangi darslik asosida)


Download 150.41 Kb.
bet11/26
Sana12.03.2023
Hajmi150.41 Kb.
#1262768
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
1672752882 Adabiyot gulshani 2 (3)

Artur Konan Doyl
(1859–1930)
1. Ingliz yozuvchisi, Artur Konan Doyl,adabiyotning qaysi yo‘nalishlardagi
asarlar muallifi?
Detektiv, tarixiy, ilmiy-fantastik, sarguzasht asarlari
2. Muallif onasi haqida qanday ma’lumotlarni keltiradi?
“Onam birontamizning qing‘ir ish qilganimizni eshitgandan ko‘ra o‘limni afzal bilardi”, – deb eslaydi
3. Asl mutaxassisligi nima?
Tibbiyot oliygohini bitirgan shifokor
4. Detektiv asarlar qanday asar hisoblanadi?
Inglizcha “detective” – “izquvar” so‘zidan – sirli jinoyatlarning fosh qilinishi haqidagi asar
5. Ingliz tilida qanday asarlar “whodunit” deb ataladi?
Detektiv asarni o‘qir ekanmiz, “Bu ishni kim qildi?” degan savol asar oxirigacha bizni hayajonda ushlab turadi. Shuning uchun ham ingliz tilida bunday asarlar “whodunit” (ya’ni “Who has done it?” – “Buni kim qildi?”) deb ham ataladi.
6. Sherlok Xolms uy muzeyi qayerda?
Angliya poytaxti Londondagi Beyker strit ko‘chasida 221-B raqamli uy
7.“Mallalar uyushmasi” hikoyasida Sherlok Xolmsga kim murojaat qilib keladi?
Mister Jebez Uilson
8. Mister Jebez Uilson haqidagi ma’lumotlarni qaysi xususiyatlaridan kelib chiqib aytib beradi?
bir vaqtlar jismoniy mehnat bilan shug‘ullanganini – o‘ng qo‘li chap qo‘lidan katta, u burunaki iskaydi,
frankmasonligini – jamiyatning qat’iy nizomiga amal qilmay, yarim doira va doira tasviri bor ilgakli tugma taqib yurganidan,
Xitoyda bo‘lgani – o‘ng bilagida ko‘rinib turgan baliqcha tasviri Xitoydagina
chekilishi,
so‘nggi oylarda ko‘p xat yozgani – Yiltirab ketgan o‘ng yengingiz bilan chap yengingizning tirsagi atrofidagi taqir bo‘lib qolgan movutdan
8.“Mallalar uyushmasi”kimning vasiyati asosida tashkil qilingani aytiladi?
Lebanonlik (AQSH, PensilvaniyA)marhum Iezekiya Xopkinsning vasiyatiga binoan Uyushmaga yana bir kishi ishga olinadigan bo‘ldi.
9.Ishga qabul qiluvchi sifatda kim tilga olinadi?
Uyushmaning Flitstrit, Pops-koortdagi idorasiga, dushanba kunlari soat o‘n birda shaxsan Dunkan Rossga murojaat qilinsin
10. Mister Jebez Uilson qayerda ishlaydi?
Siti yaqinidagi Saks-Koburg-skverda kichkina bo‘nak kassada
11. Mister Jebez Uilsonning kassasida kimlar yashardi?
Yordamchisi Vinsent Spolding, amal-taqal qilib ovqat pishirib, uyni supurib-sidirib turadigan o‘n to‘rt yashar qizaloq
12. Mister Jebez Uilson “Mallalar uyushmasi”ga ishga kirganda nima ish bilan shug`ullanishi kerak edi?
“Britaniya qomusi”ni ko‘chirib yozish, haftasiga 4 funt olardi; 8 hafta ishlab 32 funt ishlagan
13. “Mallalar uyushmasi” qachon tugatiladi?
1890- yil 9 – oktabrda
14.Dunkan Rossni qidirib borishganda, xonani kim ijaraga olganini aytadi?
Uilyam Morris.
15.“King-Eduardstrit, 17, avliyo Pavel jomesining yaqinida” Uilyam Morrisni qidirib borishganda u yer qanaqa joy ekanligi aytiladi?
u yer yog‘och oyoq ustaxonasi ekan
16.Uilsin yordamchisini qanday tasvirlaydi?
Kichik jussali, g‘o‘labur, serharakat. O‘ttizga borib qolgan bo‘lsa ham, iyagida bironta tuk yo‘q. Peshonasida kislota kuydirgan oppoq dog‘ bor.
17.Spoldingni Jon Kley ekanligini Xolms qayerdan anglaydi?
Uilsin yordamchisining tarifini aytganida, kislota dog`i va qulog`idagi teshik haqidagi gapidan
18. Asarda tilga olingan mashhur ispan bastakori, skripkachi?
Sarasate ,Sent-Jeyms-xollda konsert beradi
19.Xolms Jebez Uilsonning kassasiga borganda maqsadi nimani aniqlash edi?
Bo‘nak kassasining oldida hassasi bilan toshko‘chani uch marta qattiq urib ko‘rib – lahimning qaysi tomonga qazilayotganini aniqladi;
Spoldingning tizzalarini ko`rib – lahim qazilayotganiga ishonch hosil qildi
20.Xolmsning Spoldingga bergan bahosi qanday?
Menimcha, u epchillikda London bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda tursa kerak, dovyuraklikda esa uchinchi o‘rinda bo‘lsa ham ajab emas.
21.Og`rilarni qo`lga tushirish uchun Xolms kimlarni chaqirgandi?
Politsiyaning rasmiy agenti Piter Jons. Ikkinchisi esa yaltiroq silindr, g‘oyatda bejirim frak kiygan ozg‘in, novcha, badqovoq odam - mister Merriuezer bank direktori
22.Jon Kley haqida Piter Jons qanday ma’lumot beradi?
Uning bobosi gersog edi, o‘zi bo‘lsa Iton va Oksfordda o‘qigan. Qotil, o‘g‘ri, qulfbuzar, firibgar. Bu haftada u Shotlandiyada biron kimsaning bor-yo‘g‘ini o‘marib kelsa, keying haftada Kornvallisda yetimxona qurish uchun pul yig‘ishga kirishadi.
23. Birdan bir yaxshi fazilati bor: xuddi buldog itdek dovyurak, xuddi qisqich
baqadek yopishqoq. Bitta-yarimta panjasiga tushib qolgudek bo‘lsa, aslo qo‘yib yubormaydi… deya Xolms kimni tariflaydi?
Piter Jons
24.O`g`rilar tunamoqchi bolgan bankda nima saqlanayotgan edi?
Fransiyadan olib kelingan oltinlar. Fransiya bankidan o‘ttiz ming napoleondor qarz oldik
25.Jon Kleyning sherigi kim edi?
Kichkina va chaqqon, oq yuzli, jingalak qizg‘ish-malla sochli – Archi (Dunkan Ross)
26. Mallalar uyushmasi haqidagi aql bovar qilmaydigan bu e’lon bilan nimaga erishilar edi?
“Britaniya qomusi”ni ko‘chirib yozishdan kuzatilgan birdan bir maqsad kaltafahm bo‘nak kassa egasining har kuni bir necha soat uyidan chiqarib yuborish uchungina kerak bo‘lgan
27.O`g`rilikni aynan shanba kechqurun sodir bo`lishini qanday fahmladi Xolms?
Shanba ular uchun ayniqsa qulay kun edi, negaki qochishlari uchun bir kecha-kunduz ortiq vaqt berar edi.
28. Siz insoniyatning chinakam valine’matisiz , - deya Sherlok Xolmsga kim ta’rif beradi?
Yordamchisi doktor Uotson
29.Asarda Xolms kimning gapidan iqtibos keltiradi?
Mashhur fransuz adiblari Gyustav Floberning Jorj Sandga yozgan xatidan: “L homme
c’est rien – l’oeuwe c’est tout” “Odam hech narsa emas, hamma gap – ishda
30.Asar tarjimoni?
Vahob Ro‘zimatov
31. Sherlok Xolms haqidagi aksar hikoyalar kimning tilidan bayon qilinadi?
Doktor Uotson
32. “U inson emas, mashina” degan fikr qaysi qahramon haqida yuritilgan?
Sherlok Xolms
33.Oyga qadam qo`ygan olimlar kimlar?
1969-yil 20-iyulda amerikalik Nil Armstrong va Edvin Oldrin insoniyat tarixida birinchi bo‘lib qadam qo‘ydilar
34. Uni bu yerga kelishini Birlashgan Millatlar Tashkilotining Fazoni tadqiq
etish ma’muriyati so‘ragan edi. Fazoni tadqiq etish ma’muriyati hamisha aqlli, mas’uliyatli odamlarni Yerga axborot jo‘natish uchun Oyga yuborar edi. Parcha qaysi asardan olingan?
Artur Klark,“Oydagi sinoat” hikoyasidan
35. Ikki hafta Oyda bo‘lgan Genri Kuper qaysi asar qahramoni?
Artur Klark,“Oydagi sinoat” hikoyasi
36.Siz android nima, aniqrog‘i, kim ekanini bilasizmi? Ishonaman, bilasiz. Lekin, iltimos, faqat eng zamonaviy qo‘l telefonlarining elektron aql qismi deb o‘ylamang… Android – odamsifat aqlli robot… Parcha qaysi asardan olingan?
Ozod Mo‘min Xo‘ja,“Robot-android” hikoyasidan
37. Zinadan vazmin oyoq tovushi eshitildi, bir daqiqa o‘tar-o‘tmas, baland bo‘yli, soqol-mo‘ylovi silliq qilib olingan, ikki yuzi anordek qip-qizil bir jentlmen xonaga kirdi… Parcha qaysi asardan olingan?
Artur Konan Doyl,“Raqqos odamchalar” hikoyasidan
38. Shahrimiz o‘zining ulug‘vorligi bilan emas, ko‘rkam va sarishtaligi tufayli og‘izga tushgan. Bir-birini shaxmat kataklariday kesib o‘tuvchi ravon ko‘chalari ulkan chinorlarning tarvaqaylagan shoxlari ostiga ko‘milib yotadi. Parcha qaysi asardan olingan?
Anvar Obidjon, “Oltin yurakli avtobola” qissasidan
39. Anvar Obidjon, “Oltin yurakli avtobola” qissasidan: Adirga yondosh tomondagi chakalakzor tepasidan o‘tuvchi soyning shoxobchasi hisoblanmish kichik anhor yoqasida baland toshdevor bilan qurshalgan mo‘jazgina qo‘rg‘on bor. “Mo‘jazgina qo‘rg‘on” birikmasida “mo‘jazgina” so‘zi orqali qanday usuldan faydalanilgan?
Sifatlash

Download 150.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling