Adabiyot gulshani 2 (6 sinf yangi darslik asosida)


Download 150.41 Kb.
bet7/26
Sana12.03.2023
Hajmi150.41 Kb.
#1262768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
1672752882 Adabiyot gulshani 2 (3)

Avaz O‘tar
(1884–1919)
5. Avaz O‘tar qayerda tavallud topgan?
Xiva shahrida, sartarosh oilasida
6. Qayerda tahsil olgan?
Dastlab maktabda, keyin esa Madamin Inoq madrasasida
7. She’rlarida qanday g‘oyalar yetakchilik qiladi?
Ma’rifat, ozodlik, adolatsizlikka, zulmga qarshi kurash
8. Yoshlikdan bilim izlab yugurmadim,
Xayrin bildim, biroq yuz o‘rgulmadim.
Ulg‘ayganda qarasam, qo‘lim quruq,
Kechikib qo‘l cho‘zdim-u, ulgurmadim. She’rining muallifi kim?
Abay, tarjimon Mirtemir
9. Har tilni biluv emdi bani odama jondur,
Til vositayi robitayi olamiyondur.Misralari bilan chet tilini o`rganishga da’vat qilgan ijodkor kim?
Avaz O`tar
10. Avaz O`tarning mazlum xalq ahvoliga achinishi,mashaqqatli hayotidan afsuslanish aks etgan she’ri?
“Fidoyi xalqim”
11. ”Til vositai robitai olamiyondur” degan jumlaning ma’nosi?
Kishilarning aloqa vositasi
12. Butun tunga tarqalar –
Yaxshi ohang, shirin kuy.
Dilga xil-xil o‘y solar,
Ohang suysang, menday suy! She’rining muallifi kim?
Abay, tarjimon Mirtemir
Lengston Hyuz
(1902–1967)
1. AQSH adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakili, shoir, yozuvchi, dramaturg Lengston Hyuz qayerda tavallud topgan?
AQSHning Missuri shtatida qora tanlilar oilasida tug‘ildi
2. Qora tanlilar ham hech kimdan kam emasligini, o‘z nasl-nasabi bilan g‘ururlanishni o‘rgatgan shaxs kim edi?
Buvisi
3. Qayerda tahsil olgan?
Kolumbiya universitetiga o‘qishga kirdi, lekin jamiyatdagi qora tanlilarga bo‘lgan munosabat tufayli bu oliygohdan ketishga majbur bo‘ldi. Keyinchalik bir qancha joylarda ishladi, Linkoln universitetini bitirdi
4. O‘zbekistonga qachon tashrif buyurdi?
1930 – yilda
5. “Rahmat sizga, xonim” hikoyasidagi voqealar qayerda sodir bo`lgan?
XX asrning o‘rtalarida Harlemda – Nyu York shahrining (AQSH) asosan qora tanli aholi istiqomat qiladigan qismida bo‘lib o‘tadi
6.Hikoyadagi Rojer qanday tasvirlanadi?
Bola o‘n to‘rt yoki o‘n besh yashar, cho‘pdek ozg‘in, keda va ko‘k jinsi kiygan
7. Luella Beyts Vashington Jones xonim qayerda ishlardi?
Mehmonxonaning go‘zallik salonida
8. Shunday ishlar qilganmanki, imkoni bo‘lsa, ularni Xudodan ham yashirgan bo‘lardim… deb o`z o`tmishidan afsuslangan qahramon kim?
Luella Beyts Vashington Jones xonim
9.Xonim bolani nimalar bilan mehmon qildi?
Lima loviyalari va go‘sht ,yegulik, kakaoli ichimlik tayyorladi va hammasini dasturxonga qo‘ydi
10.Bola nega o`g`rilik qilmoqchi edi?
Zamsha tufli sotib olish uchun
11.Xonim Rojerga tufli olish uchun qancha pul beradi?
10 dollar
12.Hikoya tarjimoni kim?
Nodirabegim Ibrohimova tarjimasi
13.”Sartarosh Qori Ishkambaning mo‘ylovini qaychilab bo‘lgani hamon
u o‘rnidan irg‘ib turdi va sallasini supachadan olib, boshiga
qo‘ndirdi-da, sartaroshxonadan chiqdi…” Xasis, ziqna Qori Ishkamba obrazi tasvirlangan ushbu parcha qaysi asardan olingan?
Sadriddin Ayniy, “Sudxo‘rning o‘limi” qissasidan
14. “Hovlimizda sara gullar qulf urib ochilib yotar, marmar polli va keng oynali xonalarda eng qimmat gilamlar to‘shalgan, shiftda billur qandillar osilib turardi. ... Birinchi qavatdagi mehmonxonada otamning qirol Nodirshoh bilan tushgan surati bor edi.” Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
Xolid Husayniy, “Shamol ortidan yugurib” romanidan
15. Yana bahor keldi. Yana olamda
Ajib bir go‘zallik, ajib bir bayot.
Men seni qutlayman shu ulug‘ damda,
Ulug‘ yelkadoshim, muzaffar hayot!.. Misralar muallifi?
Abdulla Oripov
16.Nargiz, To`lqin, Sultonxon, Umriniso buvi,Otajon obrazlari yaratilgan hikoya muallifi?
Saida Zunnunova

Download 150.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling