Adabiyot gulshani 2 (6 sinf yangi darslik asosida)
Download 150.41 Kb.
|
1672752882 Adabiyot gulshani 2 (3)
Odil Yoqubov
(1926–2009) 1.Odil Yoqubov qayerda tavallud topgan? 1926-yilda Qozog‘istonda tug‘ilgan. 2. Qachon otasidan ajralgan? O‘n yoshida 3. O‘spirin bo‘lgan Odil Yoqubov urushning mashaqqatli kunlarini qanday xotirlaydi? “O‘qishni tashlab, qo‘lga ketmon olishga to‘g‘ri keldi. Ko‘klamda dashtga chiqib yer haydadik, yozda suvchilik qildik, o‘roq o‘rdik, yalangoyoq tikan kechib, “eshak karvon” larda front uchun g‘alla tashidik. Bu ham yetmagandek, urush cho‘zilib, mash’um qoraxatlar kela boshlaganida ayollarning, yoshyosh kelinchaklarning osmon-u falakni zir titratuvchi faryodlarini eshitib, qon qaqshadik, ular chekkan iztiroblarning guvohi bo‘ldik”. 4.”Yaxshilik” hikoyasi qaysi qahramon tilidan bayon qilinadi? Mansurjon 5.Munavvar qanday tasvirlanadi? Kelinoyim novcha, hatto tog‘amdan ham novcharoq, uzunchoq yuzli, nozikkina qiz edi. 6.Tog`asi urushga ketgach, kelinoyisi qayerda ishlardi? O‘qish boshlanguncha (u maktabga ishga joylashgan edi), uyda “yuragim siqilib ketadi” deb dashtga, bug‘doy o‘rog‘iga chiqib ketdi 7.Mansurjon kelinoyisi uchun dashtga nimalar eltardi? ikki-uchta to‘qoch, qo‘rda ko‘milgan uch-to‘rtta jo‘xori so‘tasi, bir tovoq somsa va bir xurmacha qatiq 8.Tog`asining yarador bo‘lib, gospitalga olib ketilgani haqida qayerdan xabar topishadi? Tog‘asi bilan birga jangga kirgan bir hamqishloq yigitdan kelgan xatdan 9.Tog`asidan qachon qoraxat keladi? Noyabrning o‘rtalari edi 10.Asarda pochtachi qanday tasvirlanadi? Bilagidan snaryad parchasi uzib ketgan qo‘li qizil tayoqqa o‘xshab qolgan yosh yigit 11.Tog`asidan qoraxat kelgandan so`ng qancha vaqt o`tib kelinoyisi o`z uyiga qaytadi? Bir oy o`tib 12.Mansurning “yaxshig”i nimadan iborat edi? Kelinoyisini xursand qilish uchun pochtachi kelganda xursand bo`lib chaqirgani 13. O`xshatish qanaqa san’at turi? O`xshatishda bir shaxs, narsa yoki holat boshqa narsaga o‘xshatiladi,qiyoslanadi. 14. Quzg‘unning qanotiday Qaro edi o‘sha tun. Na milt etgan yulduz bor, Na yilt etgan bir uchqun.Ushbu misralarda qaysi san’at qo`llangan? O`xshatish:Tunni quzg‘un – qarg‘asimonlar oilasiga mansub qushning qora qanotiga o‘xshatadi 15.Ushbu misralar qaysi asardan olingan? Erkin Vohidov, “Nido” dostonidan 16.O`xshatish ko‘p holatlarda qanday vositalar orqali ifodalanadi? “-dek”, “-day” qo‘shimchalari yoki “kabi”, “o‘xshab” so‘zlari orqali 17. U simning ochiq qismini qulupnay pushtalari ustiga uloqtirdi. Sim ilonday bilanglab pushta ustiga tushdi.Ushbu o`xshatish qaysi asardan olingan? O‘tkir Hoshimov,“Urushning so‘nggi qurboni” hikoyasidan 18. “O‘sha oilamiz boshiga og‘ir kulfat tushgan kuni, men, o‘n yashar bola, nimadandir ko‘nglim g‘ash, uyimiz ro‘parasidagi paxsa devorga chiqib, o‘zimcha go‘yo otga minib o‘tirardim…” Ushbu fikrlar qaysi asardan o`rin olgan? Odil Yoqubovning “Muzqaymoq” hikoyasi 19. Odil Yoqubovning “Muzqaymoq” hikoyasida bolaning uyi qayerda joylashgan edi? Turkiston shahrining eng so‘lim joylaridan biri – Lager ko‘chasida ikki xonadan iborat, oldi ayvon, o‘sha zamon imkoniyatiga ko‘ra tuzukkina uyda istiqomat qilardik 20.Bolaning sevimli mashg`uloti nima edi? men goho-goho tuynukdan tushib, qoplardagi kitoblarni, ayniqsa ,sersurat, qalin kitoblarni tuynuk shu’lasiga solib, tomosha qilib o‘tirishni yoqtirardim Download 150.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling