Adabiyot gulshani 2 (6 sinf yangi darslik asosida)


Download 150.41 Kb.
bet6/26
Sana12.03.2023
Hajmi150.41 Kb.
#1262768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
1672752882 Adabiyot gulshani 2 (3)

Alisher Navoiy
(1441- 1501)
1. Navoiy qachondan maktabda ta’lim olishni boshlagan?
4 yoshidan
2. Alisher yetti yoshida nimalarni yod oladi?
Farididdin Attorning “Qush tili” (“Mantiq ut-tayr”) asarini, olti mingdan ortiq hadisni yoddan bilgan.
3. Alisher Navoiy maqbarasi qayerda joylashgan?
Hirot, Afg‘onistonda
4. Hozirgi tilimizda qo‘llanmaydigan yoki kam qo‘llanadigan qanday so‘zlar Navoiy davrida keng ishlatilgan?
ag‘yor – begona, dushman;
g‘ayr – boshqa, begona;
g‘arib – bechora;
g‘urbat – musofirlik, begona yurt;
shafiq – rahmdil, mehribon ;
shafqat – rahmdillik, mehribonlik.
5. Navoiy asarlarda “jahl” va “tuz” so‘zini qanday ma’nolarda qo`llangan?
“jahl” so`zi “bilimsizlik, nodonlik” ma’nosida qo‘llangan yoki
“tuz” so‘zining “to‘g‘ri, rost” ma’nosi ham bo‘lgan.
6. Ayrim qo‘shimchalarning Navoiy davrida qanday shaklda ishlatilgani aytib o`tiladi?
-ga -g‘a Boshni fido ayla ato qoshig‘a …
-dan -din El qochsa birovdin, el yomoni bil oni ...
-man -men Jondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz …
-ib -ubon Xub el bila suhbat tutubon xub o‘lg‘il …
-dir –durur Har nechaki ag‘yor durur …
7. Besh asrkim, nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir sher.
Temur tig‘i yetmagan joyni Qalam bilan oldi Alisher.Qofiyalanish tizimi qanday?
a-b-a-b shaklida
8. Qofiyadan keyin takrorlanuvchi so‘z nima deyiladi?
Radif
9. Ko‘nglung istar yorlar birla hamisha shod bo‘l,
Mendin-u kimdinki, ko‘nglung istamas, ozod bo‘l. Misra muallifi kim va radifi?
A.Navoiy , bo`l radifi
Ma’rifatparvarlik davri adabiyoti
(XIX asr oxiri – XX asr boshi)
1. Nima sababdan bu davr adabiyoti ma’rifatparvarlik davri adabiyoti deb ataladi?
Millatni savodli qilish orqali uni zulmdan qutqarish, hurlikka erishishni maqsad qilishdi va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini o‘z ijodlari orqali aks ettirdilar
Abay (1845–1904)
2. Qozoq adabiyotining yorqin vakili, ma’rifatparvar shoir, o‘qituvchi, faylasuf va bastakor Abay qachon va qayerda tavallud topgan?
1845-yili hozirgi Qozog‘iston hududida tug‘ilgan
3. Abay asl ismi?
Ibrohim Qo‘nonboyev
4.Abay qaysi sharq mumtoz adabiyoti vakillari ijodini sevib mutolaa qilgan?
Alisher Navoiy, Jomiy

Download 150.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling