Adabiyot gulshani 2 (6 sinf yangi darslik asosida)


– fasl.Fantastika va sarguzashtlar olami


Download 150.41 Kb.
bet8/26
Sana12.03.2023
Hajmi150.41 Kb.
#1262768
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
1672752882 Adabiyot gulshani 2 (3)

3 – fasl.Fantastika va sarguzashtlar olami
Hojiakbar Shayxov
(1945–2002)
1. O‘zbek adabiyotida ilmiy fantastika asoschilaridan biri bo`lmish Hojiakbar Shayxov asl mutaxassisligi nima?
Toshkent politexnika institutini bitirgan. Asl kasbi – energetik
3.Muallifga jahon adabiyotida e’tirof?
AQSHda nashr etilgan jahonning eng yetuk fantast yozuvchilari haqidagi adabiy ensiklopediyaga uning nomi ham kiritilgan.
4.Qanday asarlar ilmiy-fantastik asarlar deb ataladi?
Bunday asarlarda qahramonlar ilm-fandagi yangiliklar, yutuqlar, ixtirolardan foydalanishadi. Mualliflar fanning turli sohalariga oid ilmiy so‘zlarni ko‘p ishlatishadi, hatto hali ixtiro qilinmagan narsa-buyumlar uchun ham yangi so‘zlar o‘ylab topishadi
5. “Fantastika” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
Yunoncha bo‘lib, “tasavvur qilish san’ati” ma’nosini
6. Yerga marsliklar hujumi tasvirlangan “Dunyolar jangi” ilmiy-fantastik romani muallifi?
Mashhur ingliz yozuvchisi Herbert Uells
7. Robot insonga aylanishni xohlashi tasvirlangan “Elektronik – chamadondan chiqqan bola”
asari muallifi?
Rus yozuvchisi Yevgeniy Veltistov
8. “Birinchi sinov” hikoyasida “Kamalak” ekipaji qachon Qora Kit burjiga yo`l oldi?
2279-yilning erta bahor kunlaridan birida
9.Ekipaj a’zolari kimlar edi?
Kema ekipaji bor-yo‘g‘i ikki kishi –Shahnozaning otasi va onasidan iborat va ularning har ikkovi o‘ttiz yoshda
10. Quyosh sistemasidan chiqmay turiboq, farzandli bo`lgan fazogirlar qizaloqqa qanday ism qo`yishdi?
Shahnoza deb ,u yarim yoshdayoq yurishni, bir yoshida bemalol gaplashishni o‘rgandi. Ikki yoshida esa, hatto mayda-chuyda ishlarda ota-onasiga yordam beradigan ham bo‘ldi
11.Shahnozaning sevimli mashg`uloti nima edi?
Zalga qo‘yilgan zangori akvariumdagi tilla rangli baliqlarni qotgan non
ushoqlari bilan boqar, tuvaklardagi ra’nogul, na’matak, tizimgul, sebarga, lolaqizg‘aldoq kabi rang-barang gullarga o‘zining idishidan suv quyardi
12. Fazoga ilk marta uchishgan qaysi fazogirlar tilga olinadi?
Gagarin, Titov
13.Qachon otasi uni birinchi marta Bosh Pult joylashgan xonaga olib kirdi?
Shahnoza olti yoshga to‘lganida
14. Qora Kit yulduzi haqida qanday ma’lumot beradi otasi?
Uning atrofida Yerga o‘xshash yettita sayyora aylanadi. Shularning ikkitasida
hayot bo‘lishi mumkin
15. Qachon Shahnoza kema ekipajining aytarli mustaqil bir a’zosiga aylangandi?
10 yoshga kirganda
16.Ekipaj a’zolari qachon Yerga qaytishardi?
Shahnoza 25 ga kirganda
17.Shahnoza uchun 1- sinov nima edi?
Atrofdagi sayyoralardan kelayotgan o‘ta yuqori chastotali radioto‘lqinlar kema
qobig‘iga kelib urilganda, butun ekipajni asrab qolishi
18.Halokat payti kemada kuzatuvchi va navigatorlik vazifasini o‘tovchi pozitron
miyali robot Shahnozaning ko`ziga qanday bo`lib ko`rindi?
butun tanasini uzun va qop-qora jun bosgan, to‘rtta shoxli, boyqush ko‘zli g‘alati bir maxluqqa
19. Shahnoza pultdan himoya maydonini ishga soluvchi moslama – kuch maydoni tumblerini qanday topdi?
Otasi bir gal, biror xavf tug‘ilganda ishga tushirilishi lozim bo‘lgan hamma tugma va moslamalar qizil rangga bo‘yalgan, deb aytgandi.
20. Yerda infratovush to‘lqinlari qachon sodir bo`larkan?
Asosan okeanlarda bo‘ron bo‘lgan paytlarda yuzaga keladi
21. “Ismim – Olimjon. Oltinchida o‘qiyman. Men olamga mashhur bo‘lgan buyuklar yurti Buxoro tomondanman, biz tomonlarni Qiziltepa deyishadi. Bu yerdan qadimda ko‘plab karvonlarga xizmat qilgan Buyuk ipak yo‘li otgan…” Parcha qaysi asardan olingan?
Otabek Quvvatovning “Olimjonning sarguzashtlari yoxud zamon va makon oralig‘ida” fantastik qissasidan
22.Qissada Olimjon kimga havas qilishini aytib o`tadi?
Sehrli qalpoqchasi bilan turli sarguzashtlarni boshdan kechirgan Hoshimjon bor-ku, shu bolaga juda havasim keladi-da, dunyoga nomi ketgan mashhur bola...

Download 150.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling