Adabiyot gulshani 2 (6 sinf yangi darslik asosida)


Download 150.41 Kb.
bet10/26
Sana12.03.2023
Hajmi150.41 Kb.
#1262768
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
1672752882 Adabiyot gulshani 2 (3)

Jyul Vern
(1828–1905)
1. Jyul Vern qayerda tavallud topgan?
Fransiyaning dengiz bo‘yida joylashgan Nant shahrida
2.Ijodkorni sarguzasht asarlarga bo`lgan qiziqishini oshirgan shaxs kim?
Maktabdagi o‘qituvchisi Sambin xonim o‘quvchilariga dengiz kapitani
bo‘lgan turmush o‘rtog‘i haqida ko‘p gapirib berardi.Ustozining hikoyalari kichik Jyulda sayohat va sarguzashtlarga qiziqish uyg‘otdi – u hatto o‘n bir yoshida otasiga bildirmay kemaga yordamchi bo‘lib ishga kirmoqchi bo‘ldi.
3. “Men dengizchi bo‘lib tug‘ilgan bo‘lsam kerak, lekin, afsuski, dengizchi bo‘la olmadim”, – deya eslab qayg`urgan ijodkor kim?
Jyul Vern
4. “..uning asarlarini katta jamoa yozsa kerak”, degan fikrlar nima sababdan yuzaga kelgan?
Uning asarlarida geografiya, tabiatshunoslik, astronomiya va boshqa fanlarga oid qiziqarli faktlarni uchratishimiz mumkinligidan , bir odam bunchalik ko‘p bilimga ega bo‘lishi mumkin emas deyishgan
5. Jyul Vern haykali qayerda joylashgan?
Ispaniyada
6. Jyul Vernning mashhur asarlaridan biri – “O‘n besh yoshli kapitan” romani kimga bag`ishlangan?
O‘g‘li Mishelning o‘n besh yoshiga sovg‘a sifatida yozgan
7. Asarning birinchi nashriga ishlangan muqova kimga tegishli?
Rassom Anri Meyer
8. Pligrim kemasida eng yaxshi kayuta deb atalgan kayuta kimniki?
Gulning kemaning quyruq tomonidagi shinamgina kayutasi, Missis Ueldon
joylashgan
9. Matroslarning hammasi ham Kaliforniya shtatidan bo‘lib, kemada faqat bir kishi amerikalik emas edi.Gap qaysi qahramon haqida?
“Piligrim”da kok vazifasini o‘tovchi Negoro degan kishi Portugaliyadan
10. Kemaning oldingi oshpaziga nima bo`lgan edi?
Oklendda turgan mahalda avvalgi oshpaz qochib ketgan
11. Negoro asarda qanday tasvirlanadi?
40 yoshlarga borgan edi. Qotma, juda chaqqon, qora soch va qoracha yuzli bu kishining bo‘yi baland bo‘lmasa-da, juda baquvvat odamday ko‘rinar edi.
12. “Uning kelgusida maqsadi nimaligi haqida ham hech kim hech narsa bilmas edi. “Piligrim” dagilar uning Valparaisoda sohilga tushib qolish niyatida ekanini
bilardilar, xolos…” Gap qaysi qahramon haqida?
Negoro
13.Dik Send ismining qo`yilishi qanday izohlanadi?
Bu bolani topib olib, tarbiyaxonaga topshiruvchi rahmdil kishining oti Richard bo‘lgani sababidan unga Dik nomini berishgan. Uning familiyasini Send deb qo‘yishgan, chunki u topilgan Gudzon daryosining Nyu York portiga kelib quyiladigan joyi Sendi Guk (Qum tili) deb yuritilar edi.
14. Dik Send asarda qanday tasvirlanadi?
O‘rta bo‘yli, baquvvat, qora soch bir yigit bo‘lib, ko‘m-ko‘k ko‘zlari uning hadsiz irodali bir kimsa ekanidan darak berardi.
15. Dik singari chaqqon, serharakat va baquvvat odamlarga nisbatan qanday fikr yuritiladi?
Ikkita o‘ng qo‘l va ikkita chap oyoq bilan tug‘ilgan deyish mumkin; bunday kishilar nimaiki ish qilmasinlar – uddasidan chiqadilar, kim bilan birga yurmasinlar – baravar qadam tashlab keta oladilar.
16. Dik ta`lim olishi haqida qanday ma’lumot?
to‘rt yoshidayoq o‘qishni o‘rgandi. Sakkiz yoshida janubiy mamlakatlarga
qatnaydigan kemaga yunga bo‘lib ishga kirdi: u yoshligidanoq dengizga
ishqiboz edi
17. Kim Dikni boshlang‘ich maktabga o‘qishga beradi?
Kapitan Gul San Fransiskoga qaytganda u to‘g‘risida kemalar xo‘jayini – Jems Ueldonga gapirib berdi. Jems Ueldon o‘qishga berdi va o‘qishni bitirib olishiga yordam qildi
18.Dik qaysi fanlarga qiziqadi?
Ayniqsa ,geografiya bilan sayohatlar tarixiga juda ko‘ngil qo‘ydi; maktabda oliy matematika bilan navigatsiya nazariyasini o‘qitmaganliklariga juda-juda achinardi
19.Dik onasi va ukasi kabi e’zozlagan shaxslar kim?
missis Ueldonni o‘z onasiday, 5 yashar Jekni esa ukasiday yaxshi ko‘rar edi
20.”Piligrim” kemasi qayoqqa yo`l olgandi?
Yangi Zelandiyadan Amerikaga
21.Asarda Yangi Dunyo deyilganda qayer nazarda tutilgan?
Amerika
22. Halokatga uchragan “Valdek” kemasidan kimlarni qutqarishadi?
besh qora tanli amerikalik – oltmish yashar Tom va uning o‘g‘li
Bat, shuningdek, Ostin, Akteon va Gerkulesni .Ular bilan birga bo‘yinbog‘ida “S.V.” harflari o‘yib yozilgan Dingo laqabli bahaybat, kuchli it ham bor edi.
23. Kapitan Gul bilan besh matros qanday halok bo‘ladi?
Bahaybat ola kitni ovlagani ketishadi va halok bo‘lishadi.
24. Kemaning okeanda turgan kengligini aniqlab beradigan asbob qanday ataladi?
Sekstant
25. Grinvich meridianining vaqtini ko‘rsatuvchi qaysi asbob kapitan Gulga uzunlik nuqtasini ko‘rsatib berardi?
Xronometr
26.Dikning adashib qolishiga asosiy sabab nima edi?
Kemada qolgan yana bir kompas tagiga Negoro bildirmasdan bir bo‘lak temir qistirib qo‘yadi. Bu temir kompasning strelkasini o‘ziga tortar va kemaning yo‘nalishni noto‘g‘ri olishiga sabab bo‘lar edi.
27.Dik qayoqqa kelib qoldik deb o`ylardi?
Bir hafta davom etgan bo‘rondan keyin qandaydir orol ko‘rinadi. Dik bu orolni Janubiy Amerikadagi Pasxi oroli deb o‘ylaydi.
28.Kelib tushgan orollari qaysi qahramonga tanish ekanligi bildirib o`tiladi?
Bir hafta davom etgan bo‘rondan
Dingo kema burniga yugurib borib, go‘yo qirg‘oqni taniganday va bu qirg‘oq uning boshidan kechgan qandaydir og‘ir tashvishlarni esiga solganday cho‘zib-cho‘zib uvlay boshlaydi
29. “Piligrim” endi qirg‘oqqa yetay degan paytda suvosti toshlariga urilib pachaqlanib ketgan paytda necha kundan beri suvda suzib yurgandi?
74 kundan beri
30.Dik halokatga uchrab adashganda qayoqqa kelib qoldik deb o`ylaydi?
Pasxi orolidan o`tgani uchun Peru qirg`oqlariga
31.Kelgan joylarida qanday daraxtlar borligi aytib o`tiladi?
Bir necha ming yil umr ko‘radigan baland baobab daraxtlari, dengiz qarag‘aylari, hind xurmosi, murch daraxti va Yangi Dunyoning shimol tomonida uchraydigan yuzlab xil boshqa o‘simliklar bor edi.
32.Kemadagi olim kim edi?
Entomolog Benedikt tog‘a
33.Halokatga uchragan “Pligrim” kemasidagi qolgan pullarning o`g`rilanishini kimdan gumon qilishadi?
Negorodan
34.Joylashgan g`orlarini kim topib bergandi?
Jek
35.Adashib kelgan orollari kemadagilarning qaysilari uchun tanishligi oydinlashadi?
Dik bilan Negoro
36.Asarni tarjimoni kim?
Malik Rahmon tarjimasi
37. “O‘n besh yoshli kapitan” romani asosida ishlangan “Piligrim” kapitani” filmida Dik Send rolini ijro etgan aktyor kim edi?
Vyacheslav Xodchenko (Rossiya, 1986-yil).

Download 150.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling