Adabiyot nazariyasi
muvashshah - bu g'azalning tuzilishi muvashshahning ayni o'zini eslatadi. 6. G'azal
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
She\'riy san\'atlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. Gazal-chiston
- 2. Musalsal gazal
- Yakpora gazal
- Voqeaband gazal
muvashshah - bu g'azalning tuzilishi muvashshahning ayni o'zini eslatadi. 6. G'azal -
mushoira - bu g'azal ikki yoki undan ortiq shoirning dialogi - munozarasi tarzida tuziladi. 7. G'azal-zulqofiyatayn - bu kam uchraydigan hodisa bo'lib, bunday g'azallarda har bir bayt o'zaro qofiyalanadi: a-a, b-b, d-d, e-e... 8. G'azali zeb qofiya - bunda g'azalning barcha baytlari qofiyalangan bo'ladi. Bu ham kam uchraydigan hodisadir. Sxemasi: a-a, a-a, a-a, a-a... 9. G'azal-chiston - bu topishmoqning o'zi. 10. G'azali nazira (tatabbu', tazmin) - shoirning boshqa bir shoir g'azaliga o'xshatib yozilgan g'azalidir. Tuzilish jihatidan g'azallar quyidagi turlarga bo'linadi: 1. Mustaqil baytlardan tuzilgan g'azal - har bir baytida alohida-alohida mazmun уaxlit holda bunday turdagi g’azalning g'oyaviy mundarijasini tashkil etadi. Bu g'azal turi ko'p mavzuli bo'ladi. Mustaqil baytlardan tuzilgan g'azallarga bir paytlar «parokanda» so'zi adabiy atama sifatida qo'llangan. Bu so'zning lug'aviy mazmuniga oid «to'zg'itilgan», «tartibsiz» ma'nolari mustaqil baytlardan tuzilgan g'azal xususiyatlariga yotdir. Navoiy o'zidan oldingi g'azalnavislar uslubidagi ayrim xususiyatlarni tanqid qiladi. G'azallarning kompozitsion jihatdan parokanda («bir 22 bayt mazmuni visol bahorida», «yana biri firoq xazonida») shaklda yaratilishi ulug' san'atkorni qanoatlantirmaydi. U yakpora g'azal shaklini ma'qul ko'rgan. Misol: A. Navoiy «Mehr umidi tutmangiz», «Do'stlar, olam eliga yoru hamdam bo 'lmungiz...» va boshq. 2. Musalsal g'azal - tarkibida lirik voqea, manzara, fikr va kechinma satrlar silsilasida darajama-daraja rivojlanish xususiyatiga ega bo'lgan g'azal. Bu g'azallarning eng oliy navidir. Misol: A. Navoiy «Ishq o'ti - azal qismati» («Jong'a chun dermen...») va boshq. 3. Yakpora g'azal - har bir baytining mazmuni o'zidan oldingi va keyingi baytlarga izchil bog'langan g'azal. Yakpora g'azalning mazmuni matla'da ko'tarilgan bir mavzuni izchil yoritish jarayonida vujudga keladi Misol: A. Navoiy «Qaro ko'zum», «Kecha kelgumdir debon...», «Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo», , «Do'stlar, ahli zamondin mehr umidi tutmangiz» va boshq. 4. Voqeaband g'azal - voqelikning bir bo'lagi ifodalanadi, hamma baytlari bir mavzuni yoritishga, bir g'oyaviy mazmunni ilgari surishga qaratilgan bo'ladi. Sujetli g'azalga nisbatan «voqeaband» atamasi bilan birga «lirik hikoya», «lirik novella» istilohlari ham qo'llaniladi. Voqeaband g'azallar ikki xil: biror voqea munosabati bilan yozilgan yoki aniq tarixry voqeaga asoslanmay, oddiy lirik sujet zaminiga qurilgan bo'lishi mumkin. Misol: A. Navoiy «Orazin yopqach...» va boshq. G'azallar g'oyasi va mavzusiga ko'ra oshiqona, orifona, rindona (harobatiy, aysh - ishratdan tiyiranovchi kishi haqidagi), hajviy, yumoristik, axloqiy, ta'limiy, Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling