Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
s.akhmad konf. tuplami 2
mushukdek mudraydigan bo’lib qoldim.
Muhayyo. Oyim tipratikonni teskarisini silab, uxlatadiganlardan. Bashorat. Zo’rdan zo’r chiqsa, zo’r bo’ynini qisar. Lutfi. Samolyotni ayting, o’rgilay samolyotni. Osmon-u falakni guldiratib kelayotgan samolyot uyimiz tepasiga kelganda, pildirpis qilib, ovozini chiqarmay o’tadi. Muhayyo. Mulla akangizchi, bedanaga ishqiboz. Shundoq sayroqi bedanalarni topib keldilar. Sho’rliklar oyimni ko’rishi bilan soqov bo’lib qoladi. Lutfi. Qo’shnimizning xo’rozi. Mehri. Xo’roz! Zo’r xo’roz-da! Lutfi. O’lgur ham anchadan beri qichqirmay qo’ydi. Muhayyo. Oyimdan qo’rqadi, o’rgilay” [Said Ahmad, 1976: 5-bet]. Maqollar – grammatik jihatdan tugallangan fikrni bildiruvchi, kichik, ixcham, o'tkir mazmunli, ko‘chma ma’noda yoki ham ko'chma ma’noda, ham o'z ma’nosida qo'llanadigan hikmatli xalq iboralaridir. Maqollarda fikrni lo'nda va tiniq ifodalash imkoniyatining mavjudligi nutqning ta’sirchanligini ta’minlashda juda qo'l keladi. Badiiy asarning xalqchilligini, haqqoniyligini ta’minlashda ham maqollarga murojaat qilinadi. “Yaxshining so‘zi – qaymoq, Yomonning so'zi – to‘qmoq”. “Eshikli bo‘lding – beshikli bo'lding”. “Chumchuq so'ysa ham qassob so'ysin”. “Sulaymon o'ldi, devlar qutildi”. “Hamal keldi – amal keldi” kabi 181 obrazli va yaxlit barqaror birikmalar maqol hisoblanadi. “Matallar – tarbiyaviy, pand-nasihat ma’nolarini ifodalovchi, grammatik jihatdan to'liq gap shaklida bo'lgan, faqat o'z ma’nosida – to'g'ri ma’noda qo'llanadigan, qisqa, ixcham xalq iboralaridir”. Masalan: “Go'sht suyaksiz bo'lmas, sholi – kurmaksiz”. “Gumon iymondan ayirir”. “Gul tikonsiz bo'lmas” kabilar matal hisoblanadi. Hikmatli so'zlar ma’lum shaxslar tomonidan aytilgan yoki asarlarida ishlatilgan ixcham, ma’nodor, ishlatishga qulay va quyma fikrlardir. Nutqqa tayyor holda olib kirish imkoniyatiga ega bo'lgan bunday so'zlar aforizmlar ham deyiladi. Tilshunoslikda maqol-matal va hikmatli so'zlar «paremalar» deb ham yuritiladi. Said Ahmadning “Kelinlar qo’zg’oloni” komediyasida qahramonlar nutqini boyitish, emotsional-ekspressivlikka erishish maqsadida foydalanilgan har bir frаzеоlоgizmlаr mа’lum bir so’zning nоminаtiv mа’nоsini uslubiy-eksprеssiv bo’yoq, sаlbiy, ijоbiy munоsаbаt, ko’tаrinki ruh, mаg’rurlik, аchinish kabi оttеnkаlаri bilаn ifоdаlаganligi; mеtаfоrа vа mеtаnimiya, sinekdoxalаrdan o’rinli foydalanish hаzil-mutoyiba uchun хizmаt qilganligi; mаqоl-mаtаl vа hikmаtli so’zlаr bаyon qilinаyotgаn fikrni hissiy-tа’siriy bo’yoqdorligini kuchaytirib, matnga bаdiiy ko’rk bag’ishlaganini guvohi bo’ldik. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling