Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma


II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH


Download 0.54 Mb.
bet47/172
Sana28.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1136663
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   172
Bog'liq
5 adabiyot dars konspektlar

II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
1.Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodi haqida so'zlab bering.
2.Shoirning qanday doston va she'riy to'plamlarini bilasiz?
3.Maqsud Shayxzodaning dramatik asarlaridagi tarixiy voqealar va tarixiy shaxslar haqida so'zlab bering.
4.O'zbek adiblaridan yana kimlarning she'riy ertak-dostonlari sizga tanish?


III. YANGI MAVZU BAYONI.
«ISKANDAR ZULQARNAYN» ERTAK-DOSTONI HAQIDA
O'zbek adabiyotida she'riy ertak-dostonlar yaratish tajribasi boy tarixga ega. Folklor asarlarini, ya'ni xalq orasida og'izdan og'izga o'tib, keng tarqalgan ijod namunalarini shoirlarimiz tomonidan o'z zamonalariga moslab qayta ishlab, she'riy shaklga solish an'anasi Furqat, Abdulla Avloniy, Elbek, Qudrat Hikmat, Zafar Diyor kabi shoirlarimiz ijodida uchraydi. Bu adabiy janrda, ayniqsa, Hamid Olimjon yuksak mahorat ko'rsatgan. Uning 30- yillarda yaratilgan «Oygul bilan Baxtiyor», «Semurg' yoki Parizod va Bunyod» kabi ertak-dostonlari yosh kitobxonlar o'rtasida juda mashhurdir. Do'sti Hamid Olimjon kabi Maqsud Shayxzoda ham xalqimiz o'rtasida keng yoyilgan «Iskandar Zulqarnayn» ertagini adabiy jihatdan qayta ishlab, uning tarbiyaviy ahamiyatini kuchaytirib, she'riy shaklga soladi.
Milodgacha, ya'ni yangi kalendar bo'yicha hisoblangan hozirgi ikki ming yillik tarixga qadar bo'lgan davrlarda qadim Yunonistonda Aleksandr Makedonskiy nomli buyuk bir shoh-fotih o'tgan. U juda ko'p mamlakatlarni bosib olib, u yerdagi barcha moddiy va ma'naviy boyliklarni talagan, odamlarni qui qilgan. U uzoq janglar qilib, hozirgi O'rta Osiyo yerlarini ham o'ziga bo'ysundirgan.
Maqsud Shayxzoda aynan xalq tomonidan berilgan sifat - «Iskan- dar Zulqarnayn», ya'ni shoxli Iskandar haqidagi rivoyatni o'rganib, uni g'oyaviy va badiiy jihatdan boyitib she'riy doston yaratadi.
Unga ko'ra Iskandarning boshida shoxi bor ekan. Uni hech kim bilmas ekan. Qaysi sartarosh sochini olsa, ertasiga gumdon qilinar ekan. Oxiri ish shungacha boribdiki, mamlakatda sartarosh qolmabdi. Oxirgisini olib kelibdilar...
Iskandar unga debdi:

  • «Ustarangni tayyorla, Sochlarimni qirq - tashla, Ehtiyot boT ham jiddiy!» So'ngra ochsa qalpoqni Sartarosh nima ko'rdi: Yorilib ketdi o'ti - Boshda ko'rdi qo'sh shoxni. Iskandar unga dedi:

  • «OTdirmayman seni man, Yolg'iz qolding yurtda san, (Rostakam u toq edi), Biroq tiling tiymasang, Ayta ko'rsang sirimni, Go'rda ko'rgin yeringni, Tez juvonmarg boTasan! Nima qilsin bechora, QoTida bormi chora? Ko'nib qoldi noiloj...

Har kun, har kun kelardi, Shu edi uning ishi, Dunyoda ikki kishi Mudhish sirni bilardi. Sartaroshning dilida Bu - bir dard, bu - yuk edi, TogTardan buyuk edi - Rostni ko'msang yurakka, Parchalab chiqar yana, Topib bir kim bahona, Qovushajak u erkka. Bir tun sho'rlik sartarosh Bir dalaga chiqipti, Har tomonga boqipti. Xilvat ekan tog'-u tosh,
Bor edi bunda bir choh, Qadim chog'dan yodgor, O'tmish, keksa asrlar Karvonlarga qo'nimgoh. Atroflarin o't tutgan, Tubi suvsiz va quruq, Shunday qadim bir quduq - Ki, ajal ham unutgan. Usta o'zin shodlanib Choh labiga yiqipti. Boshin chohga suqipti, Dilida hasrat yonib - Chohga bir so'z aytipti: - «Voydod, dunyolar shohi Iskandarning bor shoxi!» So'ngra tinchib qaytipti. Qo'rg'on qarab chopipti, Asta qochgan nomard deb, O'chdi dildan bu dard deb, Ko'ngli orom topipti. O'tib ketmish u chog'dan Ming yilliklar qush kabi, O'smir ko'rgan tush kabi. Chohni bosib tuproq-qum Bimda o'sgan g'arovzor, Qamishlar qator-qator Go'yoki lashkari Rum... Bir kun oshiq bir cho'pon Poda hay dab yo'l bosib (Shu ekan taqdir-nasib!) Qamishlarga qiziqqan. Bir nozik va sarvqomat Qamishni yoqtiripti, Pichoq bilan qiripti,
Nay qilay deb nihoyat, Uni kuyga moslapti, Xullas, xo'p nay sozlapti. Nayni labga olipti, Endi chalay deb g'azal, Eshitsin dildor go'zal, Hayhot, garang qolipti: Bosilganda panjasi Naydagi pardalarga, Zo'r berib o'pkalarga Chiqmapti natijasi. Faqat nay dan bir ovoz: - «Voydod, dunyolar shohi
Iskandarning bor shoxi!» Hadeb qilibdi parvoz... Cho'pon hayron qolipti: Iskandar emas ho'kiz, Negadir boshda mo'giz?! Gap har yon tarqalipti. Shunday xizmat qilib nay Ochilipti shoh siri, Laqabning yana biri To'qilipti ko'p o'tmay. Iskandarni - «Zulqarnayn» O'sha chog'dan hamma der, Ya'niki - qo'sh shoxli er.

Asar muallifi mashhur rivoyatni she'riy shaklga solarkan, dunyoda hech bir yomonlik jazosiz qolmaydi, tuban ishlarni qanchalik yashirmang, u baribir bir kuni oshkor bo'ladi degan ibratli g'oyani ilgari suradi. Bu fikrni biz ertakda sirni oshkor etgan nay misolida, uning mohiyatidagi ramziy ma'nodan anglaymiz. Nafaqat bu g'oya, yana o'z haddini bilmay, nafs balosiga berilgan, zulm, zo'rlik bilan ezgulikni mahv etib, o'z maqsadiga erishmoqchi bo'lgan yovuz kishilar pirovardida xalq la'natiga uchrab, avloddan avlodlarga yomon nom bilan o'tadi, har xil xunuk laqab orttirib mazax bo'ladi, degan fikr ham ertak-dostonning ibratli xulosasidir.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling