Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma


Download 0.54 Mb.
bet51/172
Sana28.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1136663
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   172
Bog'liq
5 adabiyot dars konspektlar

Mashg’ulot turi: Amaliy, og`zaki
Mashg’ulot jihozi:
2. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari
3. Doska, bo’r, daftar, ruchka
Mashg’ulot jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut


DARSNING BORISHI:
I.Tashkiliy qism:
A)Salomlashish.
B) Davomatni aniqlash.
V) o`quvchilarni darsga tayyorlash


II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
________________________________________
________________________________________
________________________________________


III. YANGI MAVZU BAYONI.


GULLIVERNING SAYOHATLARI
Birinchi qism LILIPUTIYAGA SAYOHAT BIRINCHI BOB
Men Nottingempshirda tug'ilganman, u yerda otamning uncha katta bo'lmagan mulki bor edi. Yoshim o'n to'rtga to'lganda otam meni Kembrij shahridagi Imanuel kollejiga o'qishga yubordi. U yerda uch yil bilimlarni zo'r hafsala bilan o'rgandim. Biroq kollejda o'qishim uchun mablag' yetkazib berishga otamning qudrati yetmay qoldi, shuning uchun u meni u yerdan olib, Londondagi mashhur vrach Jems Betsga shogirdlikka berdi, undan to'rt yil ta'lim oldim. Otam har zamonda yuborgan pullarning hammasini navigatsiya hamda matematikaning boshqa sohalarini o'rganishga sarfladim. Bu fanlar hamma sayohatda qo'l kelishi mumkin, men esa, taqdir meni sayohatchi qiladi, degan fikrga qattiq ishongandim. Mister Betsnikidan ketib, uyga Nottingem- shirga qaytib keldim. Otam, tog'am Jons hamda boshqa qarindosh- urug'larimizning qo'llab-quwatlashi tufayli qirq funt to'plashga mu- vaffaq bo'ldim va ma'lumot olishni davom ettirish uchun Leydenga jo'nashga ahd qildim. Qarindosh-urug'larim menga har yili o'ttiz funt- dan pul yuborishga va'da qilishdi. Leyden shahrida, uzoq sayohatlarda asqatib qolishini bilib, ikki yil-u yetti oy meditsinani o'rgandim.
Leydendan qaytgach, saxovatli ustozim mister Betsning yordami- da kapitan Eybregem Pannell qo'mondonlik qilayotgan «Qaldirg'och» kemasiga jairoh bo'lib ishga kirdim. Ana shu kemada uch yarim yil xizmat qildim. Levant va boshqa mamlakatlarga sayohat qildim. Yur- timga qaytgach, Londonga ko'chib kelishga jazm etdim. Mister Bets bu fikrimni judayam ma'qulladi va meni bir qancha bemorlarga tav- siya etdi. Men Old-Juridagi uncha katta bo'lmagan uyning bir qismini ijaraga oldim, Nyugetstritda yashovchi paypoqfurush mister Edmund Bertonning qizi miss Meri Bertonga uylanib, to'rt yuz funt sep oldim.
Oradan ikki yil o'tgach, saxovatli ustozim Bets vafot etdi; maoshim keskin kamayib ketdi. Do'stlarim juda oz edi, ko'pgina hamkasblarim- ning bema'ni qiliqlariga taqlid qilishga esa vijdonim yo'l qo'ymadi. Shuning uchun ham xotinim, ba'zi tanish-bilishlarim bilan maslahat- lashib, yana dengizchi bo'lishga ahd qildim. Olti yil mobaynida kema jarrohi bo'lib ishladim, ikkita kema almashtirdim, Ost hamda Vest- Indiyaga bir necha marta sayohat qildim. Ana shu xizmatda o'z ishla- rimni ancha o'nglab oldim.
Safarga ketayotganda ko'plab kitob olar va bo'sh vaqtlarimni qadi­miy hamda yangi eng yaxshi yozuvchilarning kitoblarini o'qishga ba- g'ishlardim, qirg'oqqa chiqqanda esa yerli aholining urf-odatlarini ku- zatardim, tillarini o'rganardim. Xotiramning yaxshiligi tufayli bularni osongina o'zlashtirib olardim.
Keyin sayohatim uncha muvaffaqiyatli bo'lmadi. Dengiz me'dam- ga tegdi, xotinim, bola-chaqalarim bilan uyda qolmoqchi bo'ldim.
Men dengizchilar orasida boTib ko'proq tajriba orttirish niyatida Old-Juridan Fetter-Leynga, u yerdan Uoppingga ko'chdim, lekin mo'ljalim amalga oshmadi. Uch yillik behuda kutishdan keyin «Ohu» kemasining egasi, kapitan Vilyam Prichardning naf keltiradigan taklifi- ni qabul qildim, u bilan Janubiy dengizga jo'nadim.
Biz Bristoldan 1699- yil 14- mayda yo'lga chiqdik. Awaliga sayohatimiz juda muvaffaqiyatli bo'ldi. Hamroh shamol kemamizni oldinga yo'naltirdi. Ko'p o'tmay Ost-Indiya tomon yo'l oldik. Xuddi shu paytda dahshatli bo'ron ko'tarildi. Dovul bizni Vandimen Yeri- dan shimoli g'arb tomonga qarab surib ketdi. Biz janubiy kenglik- ning 30°2'ida edik. Ekipajimizdagi o'n ikki kishi o'ta charchash ham­da maza-matrasiz ovqatdan vafot etdi, boshqalar ham haddan tashqari holdan toygandi. 5-noyabr kuni (o'sha yerlarda yozning boshlanishi) qattiq shamol kemamizni hamon oldinga haydab borishda davom etdi; hamma yoqni qalin tuman qoplagandi. To'satdan kemadan qandaydir yarim kabelt uzoqroq masofada to'lqinlar urilib pishqirayotgan joy ko'rindi. Shiddatli shamol kemani o'z og'ushiga olib, qoya sari surib boraverdi; biror chora ko'rish uchun vaqt o'tgan edi. Kema shitob bilan borib toshga urildi va bir zumda chil-chil bo'ldi.
Ekipajdan olti kishi, shu jumladan, men ham dengizga qayiq tu- shirishga, kema va qoyadan uzoqlashishga muvaffaq bo'lgandik. Me­ning hisobimga ko'ra, eshkak eshib faqat uch milya yurdik. Keyingi kunlarda kemada shunchalik qattiq ishlagan edikki, eshkak eshishga ham darmonimiz yetmay qoldi. Biz eshkaklarni uloqtirib, o'zimizni to'lqinlar ixtiyoriga topshirdik. Yarim soatdan keyin shimoldan esgan qattiq shamol qayig'imizni ag'darib tashladi. Qayiqdagi hamrohlarim- ga ham, shuningdek, xalos bo'lish umidida qoyada yoki kemada qol- ganlarga ham nima bo'lganini bilmayman. Fikrimcha, ularning ham- masi halok bo'lgan bo'lsa kerak.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling