Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma


II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH


Download 0.54 Mb.
bet99/172
Sana28.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1136663
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   172
Bog'liq
5 adabiyot dars konspektlar

II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
1.Mirtemir hayoti va ijodi haqida so'zlab bering.
2.Shoirning birinchi she'ri va to'plami qanday nomlanadi, ular qachon e'lon qilingan?
3.«Mirtemir - tarjimon» mavzusida suhbatlashing.
4.Shoir ijodidagi bosh mavzular haqida so'zlang.
5.Mirtemirning tavsiya etilgan she'rlaridan birini yod oling.


III. YANGI MAVZU BAYONI.
BALIQ OVI
Bizning qishloq tog' bag'rida,
Tog' bag'rida - bog' bag'rida,
Etagida chopqillar soy.
Yozda tiniq, Kuzda tiniq,
Suvda quyosh yuz bir siniq,
Ko'klam chog'i soy butun loy.
Qirg'og'ida jambil, yalpiz,
Quchog'ida balig'i mo'l.
O'ltiraman ba'zan yolg'iz,
Suvga tushmay usti bosh ho'l:
Qarmog'imga ilinmaydi,
Suzmoqdami yo chopmoqda,
Suv tagidan ne topmoqda?
Yuz tikilsang bilinmaydi...
Tashlay qolsam non ushog'in,
Yugurishib kelar talay,
Ulgurishib kelar talay.
Ilinsaydi ulkanrog'i,
Eltar edim jon buvimga. –
Hay, rostanmi, hay, baliqmi,
Tangalikmi, chaqalikmi?
Balli, derdi, uquvimga...
Ilinmaydi lekin hozir.
Bundan keyin to'r tashlayman,
Tashlasam ham zo'r tashlayman,
Qo'lga tushar bari oxir


IV.MUSTAHKAMLASH

1.«Bulut» she'rida badiiylik, jumladan, ohangdoshlik nimalarda ko'rinadi?


2.«Shudring» she'rida shoir tabiat hodisasini nimalarga o'xshatadi va uni qanday badiiy izohlaydi?
3.«Baliq ovi» she'rida shoir tug'ilib o'sgan yurt tasviri haqida so'zlang.
4.«Mehmondo'stlik - milliy qadriyat» mavzusida suhbatlashing.
5.Mirtemir she'rlarida bolalik xotiralarining o'rnini qanday izoh- laysiz?
6.Nima uchun shoir qishlog'ini «qo'li qadoqlim» deb aytadi?
7.Mirtemir she'riyatining ahamiyati haqida mulohaza yuriting.


V. O`quvchilarni baholash:
Ishtirokiga qarab



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling