Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma


Download 0.54 Mb.
bet72/172
Sana28.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1136663
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   172
Bog'liq
5 adabiyot dars konspektlar

YAZD CHO'LI
... Dasturxon ustida Mirsayid so'nggi kunlarda ro'y bergan muhim bir hodisa - Temurning o'g'li podshoh Shohruxning o'limi to'g'risida hikoya qilib berdi. Endigina besh yoshga to'lib, oltiga qadam qo'ygan do'mboqqina Alisher, chordana qurib o'tirgan dadasining tizzasiga tirsagini qo'yib, tog'asining gaplariga diqqat bilan quloq solardi.

  • Men o'shul kuni Ray shahri yaqinidagi lashkargohda erdim, - dedi Mirsayid aka chaqchaygan ko'zlarini pochchasiga tikib. - Mirza Shohrux janoblari ham o'shul yerda qishlog'an erdilar. Navro'z kuni podshoh hazratlari xachirga minib, Taborak sari borib, ulug'larning mozorini ziyorat qilib kelmoqchi bo'ldilar. Men ham navkarlari orasida erdim. Ammo, xachir mozorlar ustiga qadalgan tug'lardan cho'chib, oyog'ini tirab oldi. Bir qamchi bosgan erdilar, harom o'lgur, shataloq otib, podshohimizni yiqitayozdi. Agar bizlar ul kishini suyab qolmosoq, egardan uchib ketgan va o'shul joydayoq jon taslim qilg'on bo'lur erdilar.

Tog'asining imo-ishoratlar bilan gapirgan hikoyasiga diqqat bilan quloq berib o'tirgan Alisher beixtiyor kulib yubordi. Mirsayid aka shunday jonli gapirar ediki, dikonglab ketgan xachir ko'ziga ko'rinib ketganday bo'ldi. Biroq bolaning kulgisiga otasi ham, tog'asi ham e'tibor berishmadi.

  • Bizlar Shohrux janoblarini suyab, egardin tushirdik va avay- lab taxtiravonga soldik. To'rt mulozim taxtiravonni yelkalab, lash- kargohdagi bir chodirga eltib, Shohrux janoblarini yotqizdilar. Ul janob shu yotganlaricha qaytib o'rinlaridan turmadilar. Bachchag'ar shahzodalar bobolarining boshida turib, alar bilan rozi-rizolik so'- rashmoq o'rniga, burchak-burchakda o'z odamlari bilan pichir-pichir qilur erdilar. Ulug'bekning valadi Abdullatif bir yoqda, Boysun- qarning o'g'li Sulton Muhammad bir yoqda, aning inisi - sharobxo'r Abulqosim bir chekkada o'z mulozimlari va askarboshilari birla maslahat qila boshladilar. Avzoyilaridan, alar odam ermas, baayni murda ustiga yopirilg'on o'limtik qushlarga o'xshar erdilar.

Alisher osmonda parvoz qiluvchi katta, tumshug'i qon, xunuk o'limtik burgutlarni tasawur qilib, seskanib ketdi.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling