Adabiyot so'z san'ati uvchi! -~ ildan boshlab
Download 414.79 Kb.
|
Adabiyot so'z san'ati uvchi! - ildan boshlab (1)
«Men loyni otaman. Yugurib Mirahmad otaning uyiga kiraman...»
Mirahmad otaning hovlisi keng bo'lsa-da, uning supuriqsiz, qarovsiz qolganidan bu uydagi yosh-yalang boshiga biror ko'rgilik tushgani seziladi.. Shu hovlida ikki qariya xuddi suvdek oqib o'tib ketgan yoshlik davrlarini eslab o'tirishibdi. Bola guvoh bo'lgan suhbatidan anglashiladiki, ulaming ayni kuchga to'lganrpaytlari Musulmonqullar, ya'ni Qo'qon xonligi davnga to'g'ri kelgan. (Siz keksalaming «allaqanday xonlar, beklar, qo'rg'onlar, urushlar to'g'risidagi so'zlari», «allakimlar qandaydir katta darvozalami berkitib» qo'ygani, «kimlardir shaharga suv bermagani» haqidagi suhbatining asl ma'nosini yuqori sinflarda, albatta, bilib olasiz. Jumladan, Abdulla Qodiriyning «O'tkan kunlar» romani ayni shu hodisalar haqida hikoya qiladi.) Biroq dimog'i handalak bo'yini olib qolgan, og'zidan suvi qochgan bola uchun bu hikoyalami uzoq tinglab o'tirish qiyin. Unga bobosining handalakda1J,..bam shirin bir gapi kerak. U ning uchun boboni shu gapga keltira olgani katta yutuq: «Bolaning ko'ngli poshsho...» «Oqmachib> mahallasidagi uchta baqqolga berilgan ta'riflarga ham e'tibor bilan qarang. Bu ham aynan bolaning - to'rt yoshlardagi Musoning nuqtayi nazari. Sobir baqqol do'konidagi narsalarning boshqacha mehr bilan sanalayotgani bejiz emas. Chunki bolaga yoqadigan narsalar ko'proq shu do'kondan topiladi. Sobir baqqoldan handalakning narxini eshitgan boboning unga «o'siq qoshlarini chimirib» qarashi ham bejiz emas. Demak, bozordagi narx-navodan yaxshi xabardor bo'lgan cholga baqqol aytgan narx ancha ko'plik qildi. Qolaversa, «Bolalik» qissasini to'liq o'qisangiz bilasizki, boboning ro'zg'or tebratishi oson emas. Uning o'g'li, Musoning otasi Toshmuhammad bir boyning shahardan tashqaridagi yerida yil davomid a mehnat qiladi. Mana shu zahmat ortidan topilgan har bir chaqa naqadar qimmatli ekanini bobodan yaxshiroq kim bilsin?.. Dadaqo'zi ota handalak uchun baqqol aytganidan ancha kam haq berib ketayotgani aniq. Shu tufayli ham baqqol bir emas, ikki m.arta uning ortidan «picha qo'shish»ni so'rab qoladi. Biroq boshqa xaridorlardan farq qilib, Dadaqo'zi otaning xaridini qaytarib olib qo'ymaydi. Shundan ham bilamizki, boboning mahalladagi yosh-u qari orasidagi obro'si, hurmati baland. Bobo, garchi kelini - bolaning onasini «sen»lab gapirsa-da, uning «sabrni bilmaydigan» o'g'lidan shikoyat qilsa-da, har ikkisiga shafqatla asrab-avaylab munosabatda bo'lishi sezilib turibdi. Bularning bari bo'lg'usi adib Oybekning bobosiga xos bo'lgan ezgu insoniy fazilatlar bo'lib, bu sifatlar yozuvchi shaxsining shakllanishiga albatta o'z ta'sirini ko'rsatgan. Agar «Bolalik» qissasini topib to'liq mutolaa qilsangiz, juda qiziq, ta'sirchan voqealarga boy bu asar Sizning Oybek bolaligi, o'smirligi to'g'risidagi tasavvurlaringizni kengaytirishi aniq. Oybek faqat iste'dodli shoir va mashhur romannavisgina bo'lib qolmay, yirik olim, publitsist va tmjimon ham edi. U rus adabiyotining quyoshi sanalgan Pushkinning «Yevgeniy Onegin» she'riy romanini, Lermontovning «Maskarad» asarini, arman xalq eposi «Sosuhli Dovud» dostonini va boshqa o'nlab asarlarni ona tilimizga mahorat bilan o'girgan. U 1943-yilda O'zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi etib saylangan, O'zbekiston xalq yozuvchisi degan yuksak unvonga sazovor bo'lgan edi. Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek 1968-yilning l-iyulida 63 yoshida og'ir xastalik tufayli hayotdan ko'z yumdi. Y ozuvchi ona xalqiga ulkan adabiy-ilmiy meros qoldirdiki, bu meros kelajakda ham ne-ne avlodlar ma'naviyati yuksalishiga beminnat xizmat qilajak.
xx asr o'zbek adabiyotining yirik namoyandasi G'afur G'ulom 1903-yilning lO-may kuni Toshkentning Qo'rg'ontegi mahallasida tug'ildi. U endigina 9 yoshga kirganda otasi G'ulom Mirza Orif o'g'li vafot etadi. Oradan olti yil o'tar-o'tmas bir etak bola mehribon onadan ham ayriladilar. Ukalari va singillari bilan yolg'iz qolgan G'afuming «qilmagan xizmati, tutinmagan ishi» qolmaydi. U oilani boqish uchun kosiblik, mixkorlik, aravakashlik qiladi, bosmaxonalarda harf teruvchi bo'lib ishlaydi. Biroq G'afur G'ulom hayotning bu sinovlari qarshisida dovdirab qolmadi. U o'zidagi iqtidomi faqat ma'rifat orqali ro'yobga chiqarish mumkin ekanligini juda erta angladi. Avval boshlang'ich maktabda, keyin o'sha paytda urfbo'la boshlagan rus-tuzem maktabida o'qidi. Muallimlar tayyorlaydigan maktabni ham bitirgach, avval o'qituvchilik, so'ng jumalistlik qildi. 1914-yilda boshlangan Birinchijahon urushi xalqning shundoq ham og'ir hayotini butunlay izdan chiqardi. Garchi bu urush bizning yurtimizdan uzoqda - Yevropa maydonlarida kechgan bo'lsa-da, Rossiya mustamlakachilari urush ortidagi turli qora ishlami bajarish uchun bizning o'lkamizdan ham erkaklami majburan mardikorlikka olardi. Boquvchisiz qolgan xonadonlar, ayollar va bolalar tirikchilik o'tkazishga nihoyatda qiynalar, o'lkada yetishtiriladigan aksariyat Iioz-ne'matlami chor hukumati turli bahonalar, aldovlar bilan tashib ketardi. Shaharlarda ishsizlik, qimmatchilik va qahatchilik avj olgandi. Ko'chalarda daydib Yllrgan tilanchilar va gadoylar safiga urush bo'layotgan o'lkalardan non qidirib qochib kelgan yuz minglab och aholi qo'shilgandi. Bag'ri keng o'zbek xalqi ularga boshpana, o'z bolalari rizqidan qiyib bo'lsa-da, osh-non berardi. Rejissor Sh$rat Abbosovning «Toshkent - non shahri» filmini tomosha qilsangiz, bu voqealar ko'lami va dahshatini yanada yaqindan his qilasiz. Ushbu og'ir kunlaming barchasini yosh G'afur o'z ko'zlari bilan ko'rgani, yuragidan o'tkazgani tufayli ham uning qalbida insonparvarlik, yetimparvarlik hislarijuda erta uyg'ondi. Shoiming o'zi aytishicha, uning dastlabki she'riy mashqlari ham aynan yetim bolalarga bag'ishlab yozilgan edi. G'afur G'ulom she'rlarbilan birga o'nlab hikoyalar, «Netay», «YodgOD>, «Tirilgan murda» singari qissalar ham yozdi. Ikkinchi jahon urushi paytida esa adibni dunyoga tanitgan mumtoz she'riy asarlari - «Kuzatish», «Sen yetim emassan», «Vaqt», «Sog'inish», «Onalar» singari she'rlari yaratildi. Uning yana bir mashhur asari - «Shum bola» qissasi 1936-yilda yozilgan bo'lsa-da, 60-yillarda adib uni qaytadan ishladi, yanada sayqalladi. G'afur G'ulom Sharq mumtoz adabiyotining, zamonaviy o'zbek she'riyatining katta bilimdoni edi. Shu sababli ham u Oybek va Hamid Olimjon bilan birga 1943-yilda O'zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi etib saylangandi. Adib 1966-yilning 10-iyunida og'ir xastalik tufayli vafot etgan. G'afur G'ulom o'zbek adabiyoti, fani va madaniyatining rivojiga qo'shgan ulkan hissasi uchun 1999-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov Farmoni bilan «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi. 2003-yilning may oyida esa G'afur G'ulom tavalludining 100 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi. Shoiming o'zi «Vaqt» she'rida bashorat qilgan ezgu istaklari aynan mustaqillik yillarid£! ro 'yobga chiqdi: Hayot sharobidan bir qultum yutay, Damlar g'animatdir, umruzoq soqiy. Quyosh - ku falakda kezib yuribdi, Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy.
Download 414.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling