Adabiyoт uмuмiy o‘rтa тa’liм мakтablarining


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/62
Sana26.07.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1662789
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62
Bog'liq
Adabiyot. 5-sinf. 1-qism (2015, S.Ahmedov, B.Qosimov) (1)

Sаvоl vа tоpshiriqlаr
1. nimа uchun bоbоlаrimiz, kаttа yoshdаgi kishilаr o‘z nutq-
lаridа mаqоl vа mаsаllаrdаn fоydаlаnishаdi?
2. Ezоp hаqidаgi rivоyatlаrdа uning dоnishmаndligi nimаlаrdа 
ko‘rinаdi?
3. do‘stlik, sаdоqаt dеgаn tushunchаlаrni qаndаy tushunаsiz?
4. «kiyik vа tоkzоr» mаsаlidа Ezоp qаndаy insоniy fаzilаtlаr 
hаqidа so‘z yuritаdi?
5. «bo‘ri bilаn lаylаk» mаsаlidаgi bo‘ri qаndаy insоnlаrning 
mаjо ziy оbrаzi? 
6. Sаbr-bаrdоsh, qаnоаt dеgаn tushunchаlаrning mаzmunini 
izоhlаng («Eshаk bilаn bаqаlаr» mаsаli misоlidа).
7. Ezоp mаsаllаrining bugungi kundаgi аhаmiyati nimаdа?
8. «Маsаl» tushunchаsining tа’rifini ayting.
9. «Rаmziy-mаjоziy» mа’nоni qаndаy tushunаsiz?
10. dunyo аdаbiyotidа birinchi mаsаllаrni yarаtgаn ijоdkоr kim?
11. kimlаr mаsаlchilik rivоjigа hissа qo‘shgan? 
12. o‘zbеk mаsаlnаvis shоirlаridаn kimlаrni bilаsiz?
Foydalanilgan asosiy manbalar:
1. Ezop masallari. – t.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-
matbaa ijodiy uyi, 2010.
2. N. Hotamov, B. Sarimsoqov. Adabiyotshunoslik terminlarining 
ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati. – t.: «o‘qituvchi», 1983.


45
ERТAKLAR оLAМIDA
«UCh оG‘а-INI BоTIRLаR»
ERТAGI hаqIDа
Ertаk – хаlq оg‘zаki ijоdining eng qаdimiy, оmmаviy turlаridаn 
biridir. Ertаkning pаydо bo‘lishidа qаdimiy urf-оdаt, mаrоsimlаr, 
tаbiаt hоdisаlаri, jоnivоrlаr muhim o‘rin tutgаn.
hаyot hаqiqаti bilаn bоg‘liq bo‘lib, хаyoliy vа hаyotiy uydir-
mаlаr аsоsigа qurilgаn, tаrbiyaviy аhаmiyatgа egа оg‘zаki hikо-
yalаr ertаk dеyilаdi. Ertаkning bа’zi bir vilоyatlаrdа bоshqаchа 
аtаmаsi hаm uchrаydi. mаsаlаn, Surхоndаryo, Sаmаrqаnd, Fаr-
g‘о nаdа – mаtаl, buхоrо аtrоfidаgi bа’zi qishlоqlаrdа – ushuk
xоrаzmdа – vаrsаki, tоshkеnt shаhri vа uning аtrоfidа cho‘pchаk 
аtаmаsi hаm ishlаtilаdi.
bа’zi ertаklаr «bir bоr ekаn, bir yo‘q ekаn, bir pоdshоh (yoki 
cho‘pоn) bo‘lgаn ekаn», «Sizgа bоg‘ bo‘lsin, bizgа hаyot» kаbi 
qisqаginа bоshlаmаlаr bilаn bоshlаnsа, bа’zi bоsh lаmаlаr аnchа 
uzun bo‘lаdi. mаsаlаn, mаnа bu bоshlаmаgа e’tibоr bеring: «Ertаgi-
yo ertаgi, echkilаrning bo‘rtаgi, qirg‘оvul qizil ekаn, quyrug‘i 
uzun ekаn, ko‘k muzgа mingаn ekаn, muruti singаn ekаn, g‘оz 
kаrnаychi ekаn, o‘rdаk surnаychi ekаn, оlа qаrg‘а аzоnchi, qоrа 
qаrg‘а qоzоnchi, chumchuq chаqimchi ekаn, to‘rg‘аy to‘qimchi 
ekаn, bo‘ri bаkоvul ekаn, tulki yasоvul ekаn, ertаgimning shеri 
bоr, yеtti kunlik yеri bоr, yеtti kunlik yеridа dumi kаltа bo‘ri bоr. 
bir bоr ekаn, bir yo‘q ekаn...»
ko‘pchilik ertаklаr «Qirq kеchа-yu qirq kunduz to‘y bеrib, 
оshlаrini оshаb, yoshlаrini yashаb, murоd-mаqsаdlаrigа yеtibdilаr», 
«Shu bilаn Ayoz pоdshоh bo‘lib, o‘zining dоnоligidаn хаlqni 
оdillik bilаn so‘rаb, mаmlаkаtdа аdоlаt o‘rnаtgаn ekаn» kаbi 
tugаllаnmаlаr bilаn yakunlаnаdi.


46
«Uch оg‘а-ini bоtirlаr» ertаgining vоqеаlаri ham judа qiziqаrli 
bo‘lib, tаrbiyaviy аhаmiyati hаm kаttа. Qаdim zаmоndа o‘rtаhоl bir 
kishi yashagan ekan. Uning uch o‘g‘li bo‘lаdi. o‘g‘illаrini sаfаrgа 
kuzаtishdаn оldin ulаrgа shundаy pаnd-nаsihаtlаr qilаdiki, biz 
ulаrdаn bu kishining qаndаy оdаmligini bilib оlаmiz. «o‘zimdаn 
kеyin bахtsiz bo‘lib qоlmаnglаr dеb, sizlаrni o‘qitdim», – dеydi u. 
hаqiqаtаn hаm o‘qigаn оdаm dunyoni tаniydi, оq-qоrаning fаrqigа 
bоrаdi. ilmli vа hunаrli оdаm hеch qаchоn хоr bo‘lmаydi.
otа o‘g‘illаrini tаrbiyalаshdа uch nаrsаgа аmаl qilаdi. birin-
chidаn, sоg‘lоm qilib tаrbiyalаydi, nаtijаdа o‘g‘illаri bаquvvаt 
bo‘ lib o‘sаdi. ikkinchidаn, qurоl-yarоg‘ bilаn tаnishtirаdi, nаti jаdа 
o‘g‘illаri yarоg‘ ishlаtishgа ustа bo‘lishаdi. Uchinchidаn, qo‘rqit-
mаy o‘stirаdi, nаtijаdа o‘g‘illаri bоtir, dоvyurаk bo‘lib vоyagа 
yеti shаdi. Endi bulаrning ustigа ilmli ekаnligini hаm qo‘shsаk, 
ulаr nаqаdаr bаrkаmоl yigitlаr ekаnligining guvоhi bo‘lаmiz.
birоq ulаrning оtаsi bu bilаn hаm kifоyalаnib qоlmаydi. U 
o‘g‘illаrining yanаdа mukаmmаl bo‘lishlаrini istаydi. Shu sаbаbli 
ulаrgа yanа uch nаrsаni uqtirаdi: «to‘g‘ri bo‘ling – bехаvоtir 
bo‘lаsiz. mаqtаn chоq bo‘lmаng – хijоlаt tоrtmаysiz. dаngаsаlik 
qilmаng – bахtsiz bo‘lmаysiz». 
o‘g‘illаri оtаlаrining bu o‘gitlаrigа аmаl qilgаnlаri uchun hаm 
bаrchа хаtаrlаrdаn оmоn chiqadi. hаttо pоdshоh o‘zining uch qi-
zini ulаrgа bеrib, оg‘а-inilаrni o‘zigа kuyov qilib оladi. Endi ulаr 
sаrоydа qоlib, faqat yeb-ichib, fаrоg‘аtdа yashasalar hаm bo‘lаrdi. 
pоdshоhning o‘zi ulаrgа shuni tаklif qilаdi. birоq оg‘а-inilаr bungа 
rоzi bo‘lmаydi. nеgа? 
Ertаkni o‘qib chiqsаngiz, buni o‘zingiz bilib оlаsiz.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling