Adabiyotshunoslik


Biografik romanda g‘oya va kompozisiyaning


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/67
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1762125
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67
Bog'liq
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

Biografik romanda g‘oya va kompozisiyaning 
qiyosiy talqini
1
Qiyosiy adabiyotshunoslik sohasida amalga oshirilgan tad­
qiqotlarda turli adabiy hodisalar muqoyasa qilingan. Bir yoki 
bir necha adabiy hodisani tipologik qiyos markaziga qo‘yish 
orqali badiiy asarlarning umumiy va xususiy jihatlari topila­
di. Keng qamrovli tahlil amalga oshiriladi. Bugungi kunda qi­
yosiy adabiyotshunoslik sohasiga o‘z hissasini qo‘shayotgan 
rus tanqidchisi Yu.I.Mineralov adabiy qiyosning qo‘llanilish 
miqyosi nihoyatda kengligini, bir milliy adabiyotni xuddi 
tilshunoslikda turli tillar muqoyasa qilinadigandek boshqa 
adabiyot bilan, u yoki bu yozuvchilarning ijodini, yoki bo‘lma­
sa, ularning asarlarini syujet-kompozitsiyasi, uslubi, g‘oyaviy 
mazmuni jihatidan va hokazo ko‘rinishlarda o‘zaro muqoya­
sa qilish mumkinligini, adabiyotni san’atning bir turi sifatida 
musiqa, rassomchilik va boshqa lisoniy bo‘lmagan san’at tur­
lari bilan ham qiyoslash kerakligini ta’kidlaydi
2
.
O‘zbek adabiyotshunosligida keng miqyosli tipologik tad­
qiqotga misol sifatida A.Qosimovning «Tipologik o‘xshash­
liklar va o‘zaro ta’sirning nazariy muammolari» doktorlik 
dissertatsiyasi
3
ni qayd etish mumkin. Ishning asosiy maqsa­
di A.de Sent-Ekzyuperi va A.Kamyu ijodidagi an’ana, nova­
torlik masalasi, ijodkorlarning o‘zbek tiliga qilingan tarjima 
variantlarini tahlil qilish, A.Kamyuning zamonaviy o‘zbek 
nasriga ta’siri muammolarini o‘rganishdan iborat bo‘lib, 
vazifalar qatoriga g‘oya talqini, an’ana, novatorlik, janr va 

Хажиева Ф.М. Биографик роман жанри хусусиятлари (И.Стоун, М.Қориев ва 
Н.Норматов асарлари асосида). – Тошкент, 2018.

Минералов Ю.И. Сравнительное литературоведение. – М.: Высшая школа, 2010. – С.3.

Қосимов А. Типологик ўхшашликлар ва ўзаро таъсирнинг назарий муаммолари (А.де 
Сент-Экзюпери ва А.Камю ижоди мисолида): Фил. фан. докт... дисс. автореф. – Тошкент, 
2007. – Б.45.
qahramonlar o‘rtasidagi tipologik o‘xshashliklarni aniqlash
A.Kamyu mahorati qirralarini belgilash va h.k.dan iborat. De­
mak, tipologik qiyos nafaqat bir adabiy hodisani o‘rganishni, 
balki bir necha tipologik o‘xshashliklarni tahlil qilishni ham 
taqozo etishi mumkin. Shunday ekan, ishda biografik roman 
xususiyatlarini ko‘rsatish uchun janr namunalari imkon qa­
dar har tomonlama tahlil qilinishi talab etiladi. Roman jan­
riga xos bo‘lgan jihatlardan biri roman poetikasi masalasi 
hisoblanadi.
Biografik romanda syujet va kompozitsiya, mavzu va g‘oya, 
maktub, dialog, portret, peyzaj, tush, gallyutsinatsiya, ba­
diiy detal, badiiy tafsilot kabi adabiy tushunchalar o‘ziga xos 
tarzda namoyon bo‘ladi. Syujet prototip hayotini aks ettiradi. 
Asardagi mavzu va g‘oyalar prototip faoliyati, hayotiy falsafa­
siga bog‘lanadi.
O‘zbek adiblari tomonidan yaratilgan «Ibn Sino», «Ro‘zi 
Choriyevning so‘nggi vasiyati» hamda amerikalik yozuvchi 
Irving Stoun qalamiga mansub «Iztiroblar va quvonchlar», 
«Hayot ishtiyoqi» romanlarining har birida mavzu va g‘oya, 
syujet va kompozitsiya o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi.
«Ibn Sino» hamda «Iztiroblar va quvonchlar» romanlari-
ga diqqat qaratadigan bo‘lsak, ularda turli davr voqealari ba­
diiy ifoda topgan bo‘lsa-da, syujetining shakllantirilishida 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling