Adabiyotshunoslik


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/67
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1762125
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67
Bog'liq
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

mushtaraklik bor. Ikkala asar ham realistik uslubda yozilgani 
uchun voqealar dinamik tarzda, sabab-oqibat zanjirida rivoj-
lanib boradi. Romanlar syujeti bevosita biografiyasi bayon 
etilayotgan shaxslar hayot yo‘llarini tasvirlovchi va ularning 
vafotlari bilan tugaydigan chiziqdan iborat. Har ikkala asar 
syujeti an’anaviy biografiyadan farq qiladi. Romanlar qah­
ramonlarning dunyoga kelish voqeasi bilan boshlanmaydi. 
Biri – o‘n uch yoshli o‘spirinning hayotda o‘z yo‘lini belgilay­


92
93
digan lahzasidan, ya’ni Mikelanjelo san’at olamiga kirib ke-
lishidan; ikkinchisi – o‘n sakkiz yoshli yigit Ibn Sinoning hali 
yosh bo‘lishiga qaramasdan elga tanilgan, bilim olishning 
eng yuqori pallasiga ko‘tarilgan davridan boshlanadi. Qah­
ramonlarning bolalik yillari, ota-onalari to‘g‘risida ma’lumot 
retrospeksiyada beriladi. Bu bilan biografik roman mualliflari 
kitobxonni bayon bilan zeriktirmay, syujet tuguni sifatida 
o‘z qahramonlari hayotining ziddiyatlar, konfliktlar, bo‘ronli 
ijodiy hayot, boshqacha aytganda, iztiroblar va quvonchlar 
boshlanadigan dramatik momentini belgilaydilar. O‘quvchi­
ni voqealar girdobiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilib, qiziqtirib 
qo‘yadilar. «Iztiroblar va quvonchlar»ning dastlabki sahifala-
rida freska chizish bo‘yicha birinchi ustozi Girlandayo bilan 
dastlabki uchrashuvga otlanishi arafasida hayajondan kechasi 
uxlolmay chiqqan Mikelanjeloning ichki hissiyotlari tasvirlan­
gan. Undan so‘ng Mikelanjelo tug‘ilgan Florensiyaning ko‘hna 
ko‘chalari, arka va gumbazli binolari, marmardan o‘ymakorlik 
yo‘li bilan yaratilgan fasadlar, haykallar, bozorlarni ekspozit­
siya sifatida badiiy tasvirlaydi.
«Ibn Sino»da muallif asarni Buxoroyi sharifning gumbazli 
binolari, tor ko‘chalari, bozor-u do‘konlari tasviridan boshlay­
di, so‘ng alloma Ibn Sinoning kitob do‘konidan Forobiyning 
«Ilohiyot» risolasini sotib olib, kechasi bilan uxlamasdan «za­
kiy muallim»i bilan gaplashib chiqqani voqeasini bayon etadi. 
Asarning dastlabki qismlarida ora-orada har ikki allomaning 
ota-onalari, oila a’zolari haqida ma’lumot berib boriladi. Bu 
ma’lumotlar qatoriga Mikelanjeloning ukalari, tuqqan ona­
si va tug‘ilish voqeasi, o‘gay onasi, uning pazandaligi, ital-
yancha ovqatlar, odatlar; Ibn Sinoning ota-onasi va ular-
ning to‘ng‘ichlariga mehr-ixloslari, allomaning yagona ukasi, 
Afshonadagi dala hovlilari, bolalik xotiralari kiradi.
Ikkala asar 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling