Adabiyotshunoslik


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/67
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1762125
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   67
Bog'liq
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

Risola nomi
Bahr
 ning 
kel
-
tirilish o
‘rni
Bahr mansub 
doira
Musamman 
vazn
 lar
Musaddas vaznlar
Murabba’
 
vaznlar
Mutatav
-val 
vaznlar
Jami
«Funun ul-balog‘a»
3
8
3
1
1
13
«Mezon ul-avzon»
3
Mu’talifa
7
4
2
1
14
«Aruzi Sayfiy»
3
Mujtaliba
12
7
­
­
19
«Risolai aruz»
3
Mu’talifa
7
5
2
­
14
«Aruz risolasi»
5
Mujtaliba
38
13
6
2
59
«Badoyi’ us-sanoyi’»
8
Mujtaliba





Ҳасанов С. Бобурнинг «Аруз рисоласи». – Тошкент: Фан, 1981. – Б.77.
Biz temuriylar davrida yaratilgan aruzga doir risolalarda 
bahrlar masalasini qiyosiy jihatdan o‘rganish asnosida quyi-
dagi xulosalarga keldik:
1. Xalil ibn Ahmad yaratgan aruz tizimida 15 ta bahr (Ta-
vil, Madid, Basit, Vofir, Komil, Hazaj, Rajaz, Ramal, Sari’, Mun-
sarih, Muzori’, Xafif, Muqtazab, Mujtass va Mutaqorib) mavjud 
edi, keyinchalik uning izdoshi Abulhasan Axfash Balxiy ush­
bu bahrlar qatoriga yana bir bahr (Mutadorik)ni qo‘shib, arab 
bahrlari sonini 16 taga yetkazdi. Bu ko‘rsatkich arab tilida un­
dan keyin yaratilgan manbalar: Mahmud Zamaxshariyning 
«Al-qistos», Abu Zikriyo Xatib Tabriziyning «Al-kafi fil aruz 
val qavofiy», Abu Jaysh al-Ansoriy Andalusiyning «Aruzi An­
dalusiy» va boshqa asarlarda aynan takrorlandi. 
2. Forsigo‘y aruzshunoslar Xalil ibn Ahmad ta’limoti­
ni mukammalashtirib, bahrlar sonini ko‘paytirdilar. Bahrom 
Sa raxsiy, Buzurgmehr Qosimiylar aruzning yangi bahrlarini 
kashf etdilar. Bizgacha yetib kelgan aruzga doir ilk forsiy asar 
«Al-mo‘jam»da mavjud 16 ta bahrga yana uchta bahr (G‘arib, 
Qarib, Mushokil) qo‘shilib, 19 ta bahr tahlilga tortilgani hol­
da, risolada aruzshunoslar kashf qilgan 21 mustahdas (yangi) 
bahrlar haqida ham aytib o‘tiladi.
3. Nasiriddin Tusiyning «Me’yor ul-ash’or» asarida 18 
bahr keltirilgan bo‘lib, unda avvalgi risolada tilga olinmagan 
Maqlubi tavil bahrining berilishi hamda Mushokil va G‘arib 
bahrlarining tushib qoldirilishi muallifning ushbu masalaga 
o‘z salafidan ayri munosabatda bo‘lganini ko‘rsatadi. 
4. Temuriylar davri aruzshunosligida bahrlar miqdorini 
keltirishda har xilliklar bor. Shayx Ahmad Taroziy o‘z riso­
lasida bahrlar sonini 40 ta deb ko‘rsatsa, Abdurahmon Jomiy, 
Atoulloh Husayniy, Alisher Navoiy va Sayfiy Buxoriylar ular-


88
89
ning miqdorini umumiy ma’noda 19 ta deb belgilaydilar. Ular 
orasida Abdurahmon Jomiy masalaga bir oz o‘zgacharoq yon­
dashib, «Risolayi aruz»da 14 bahrni misollar bilan izohlaydi, 
arab aruziga xos bo‘lgan Tavil, Komil, Basit, Madid, Vofir bahr­
lariga keng to‘xtalib o‘tirmaydi. Boburning «Aruz risolasi»da 
esa ushbu bahrlarga qo‘shimcha ravishda yana ikki bahr (Ariz 
va Amiq) tadqiq qilingan. Ushbu risolalardan faqat «Aruzi 
Sayfiy»da bahrlarning lug‘aviy ma’nolariga ham to‘xtalib o‘ti­
ladiki, bu bevosita risolaning qo‘llanma xarakteriga ega ekani 
bilan bog‘liq. 
5. Shayx Ahmad Taroziyning «Funun ul-balog‘a» asarida 
nomi keltirilgan 40 ta bahrdan 20 tasi aruzshunoslikka doir 
boshqa forsiy va arabiy manbalarda uchramaydi. Bu holat 
ushbu bahrlarning mumtoz aruzshunoslik uchun ham yangi 
ekanligini va ularning aksariyatini muallifning o‘zi kashf et­
ganligini ko‘rsatadi. 
6. Shayx Ahmad Taroziy bahrlarni ikki katta guruh: mut­
tafiq ul-arkon hamda muxtalif ul-arkonga ajratishda vatan­
doshimiz Mahmud Zamaxshariyning «Al-qistos» asaridagi 
tasnifga suyanadi. Bu tasnif keyinchalik Bobur risolasida ham 
istifoda etilgan.
7. «Funun ul-balog‘a»da muxtalif ul-arkonga kiruvchi bahr-
ni hosil qilishda juftlashtirish (uxti) tamoyiliga amal qilish 
lozimligi ta’kidlanadi, unga ko‘ra yangi bahr hosil qilinganda 
ushbu bahr ruknlari o‘zidan avvalgi bahr ruknlarining aksini 
takrorlashi lozim, agar bu shart ado etilmasa, u bahr sifatida 
tan olinmaydi. Bu tamoyil temuriylar davridagi boshqa risola­
larda kuzatilmaydi. 
8. Aruzshunoslik tarixida maf’uvlotu asliy rukni bahr yasa­
maydi degan qat’iy qarash mavjud edi. Shayx Ahmad Taroziy 
ushbu asliy rukndan Saqil bahri hosil bo‘lishini asoslab, o‘z 
risolasida ushbu bahrning ikki vaznini keltirdi va Saqil bahrini 
aruz nazariyasiga olib kirdi. 
9. Alisher Navoiyning «Mezon ul-avzon» asarida 19 bahr, 
160 ta vazn keltirilgan. Navoiy o‘z risolasida tayanch manba 
sifatida Abdurahmon Jomiyning «Risolayi aruz» asaridan foy­
dalangani uchun aruzshunoslikda mavjud an’anaviy 19 bahr­
gagina to‘xtalib o‘tadi.
10. Zahiriddin Muhammad Boburning «Aruz risolasi»da 
an’anaviy 19 bahrga qo‘shimcha tarzda yana ikki bahr (Ariz va 
Amiq), jami 21 bahr keltirilgan. Shunga binoan uning asarida 
9 doira, 537 vazn tahlil qilingan.
11. Shayx Ahmad Taroziy asarida keltirilgan Javil bahri Za­
hiriddin Muhammad Bobur keltirgan Ariz bahri bilan, Jadid 
bahri Amiq bahri bilan tarkiban bir xil bo‘lib, ular manbalarda 
turli nomlar bilan atalgan. 
12. Aruz tizimi urg‘u bilan bog‘liq she’riy o‘lchov bo‘lib, 
unda so‘z urg‘usi emas, balki rukn urg‘usi yetakchilik qiladi 
va bunday urg‘u ritm yaratishga xizmat qilganligi uchun rit­
mik urg‘u deb ataladi. Mumtoz aruzshunoslikda garchi urg‘u 
alohida hodisa sifatida ta’kidlanmagan bo‘lsa ham, mutalav­
vun hodisasining temuriylar davridagi risolalarda qayd etili­
shi ritmik urg‘uning aruzshunoslik tarixida muayyan o‘ringa 
ega ekanini va mumtoz aruzshunoslarimizning aruzni urg‘u 
bilan bog‘liq holda talqin qilganini ko‘rsatadi.
Umuman olganda, ijodkorlarning aruz ilmiga doir risola­
larini bahrlar va vaznlar misolida qiyosiy o‘rganish natijalari 
turkiy aruzshunoslik temuriylar davrida o‘zining tadrijiy 
takomiliga yetganligini ko‘rsatadi.


90
91

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling