Adhamova muxlisa nargizdoshlar oilasidagi dorivor turlar, bioekologiyasi, areali va sistematik tahlil


Download 382.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana18.03.2023
Hajmi382.81 Kb.
#1283369
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
NARGIZDOSHLAR OILASIDAGI DORIVOR TURLAR, BIOEKOLOGIYASI, AREALI

Salabnamolar-Orchidales qabilasi 
Salabdoshlar -Orchidaceae oilasi 
Bu oilaga 750 turkum 20 000 tur kiradi. O’zbekistonda 5 ta 
turkumga oid 9 ta turi o’sadi. Oila vakillari yer yuzida keng tarqalgan. 
Ularga asosan ko’p yillik o’tlar, lianalar, butalar va ba'zi epifit 


o’simliklar kiradi. Barglari xilma - xil yoki reduktsiyalangan. 
To’pgullari boshoqsimon, shingilsimon yoki ro’vaksimon. Gullari ikki 
jinsli, zigomorf, Gulqo’rg’oni 6 ta bo’lakdan iborat. Changchilarining 
iplari qo’shilib o’sgan. Mevasi ko’p urug’li ko’sakcha. Salabdoshlarning 
ayrim turlari manzarali o’simliklar hisoblanadi. Shuning uchun ular 
xonadonlarda ko’plab o’stiriladi. 
Bug’doynamolar (boshoqnamolar-Poales) qabilasi
Bug’doydoshlar (boshoqdoshlar) oilasi - Poaceae (Graminiae). 
Oilaga 650 turkumga mansub 10000 tur kiradi. Turlarning ko’pchiligi 
kosmopolitdir. Ular, asosan, bir va ko’p yillik o’tlar hisoblanadi. 
O’zbekistonda 82 turkumga mansub 252 tur uchraydi. 
Bug’doydoshlar oilasi vakillarining xalq xo’jaligidagi ahamiyati 
judayam muhimdir. Bularga: bug’doy (Triticum), sholi (Oryza), 
makkajo’xori (Zea), suli (Avena), tariq (Prosa), arpa (Hordeum) kabi 
turkumlarning vakillari kiradi. Oilaning asosiy vakillaridan biri bug’doy 
o’simligi bilan tanishamiz. 
Bug’doy - Triticum aestivum L. Bo’yi 1-1,5 m ga yetadigan bir 
yillik o’simlik. Poyasining ichi kovak. Barglari lentasimon bo’lib, poya 
bo’g’imlarida bittadan joylashgan. lldizi popuk ildiz. Aprel, may 
oylarida gullaydi, Gullari sarg’ish rang bo’lib, boshoqidan chiqib turadi. 
Boshog’i qiltiqli, ba'zi turlari esa qiltiqsiz. Iyun-iyul oylarida mevasi 
pishadi. Mevasi - don. Doni oq yoki qizg’ish rangda, usti qipiq bilan 
qoplangan. Bug’doyning turlari ko’p. Shundan 2 turi yumshoq (Tr. 
vulgare) va qattiq (Tr. durum) bug’doy bizda ko’p ekiladi. Bug
;
doydan 
un undan esa non va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. 


Ikkinchi (moychechakdoshlar) oilacha to‘pgulining aksariyat qismini 
naychasimon gullar tashkil etadi. Faqat ayrim turlarda 
savatchaning 
atrofida 

Download 382.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling