39-rasm. Oq narsiss-Narcissus poeticus: 1umumiy ko’rinishi, 2-
piyozli ildizi, 3-gulining ko’ndalang kesimi, 4-mevasi, 5-mevaning
ko’ndalang kesimi.
Topshiriqlar va ish tartibi:
1. Piyozdoshlar va Narsisdoshlar oilalarining vakillari bilan
gerbariy
nusxalari, jadvallardan foydalanib tanishib chiqing.
2. Piyoz va oq narsissning umumiy ko’rinishini gerbariy
nusxalaridan foydalangan holda ko’rib chiqing.
3. Ikkala oila vakillarining umumiy ko’rinishiga e'tibor berib,
rasmlarini a’lbomga chizib oling. Gul formulasi va diagrammasini
chizing
Hilolnamolar –
Cyperales qabilasi
Hiloldoshlar –
Cyperaceae oilasi. Qabila bitta oilani o’z
ichiga
oladi.
Umumiy tushunchalar. Hiloldoshlar oilasiga 100 ta turkum,
4000 dan ortiq tur kiradi. Ko’p yillik o’tlar bo’lib,
yer yuzida keng
tarqalgandir. Bizda 16 turkumga mansub 90 ta turi o’sadi. Barglari
ingichka qattiq. Gullari mayda, ko’rimsiz,
ikki yoki bir jinsli,
boshoqchalarda
joylashgan.
Shamol
yordamida
changlanadi.
Gulqo’rg’oni 6 ta yoki 3 ta tangachadan iborat, changchisi - 3 ta, mevasi
— 3 qirrali yong’oqcha. Oilaga o’zimizda keng tarqalgan rang qiyoq
(Carex), salomalaykum
(Cyperus) kabi turkumlar kiradi. Oila vakillari
yem-xashak o’simligi sifatida muhim ahamiyatga ega.
Qorabosh, rang –
Carex pachystylis. Ko’p
yillik efemyeroid,
bo’yi 7-30 sm keladi. Rang chim hosil qilib o’sadi, qalinligi 8 - 9 sm ga
yetadi. Idizi yordamida vegetativ ko’payadi. Poyasi silliq. tubi qora-
qo’ng’ir, pastki barglari qin hosil qilib joylashgan,
uzunchoq, uchi
ingichka. Barglari mayin, yassi yoki yarim buralgan,
poyadan kaltaroq,
asosan, adir o’simligi, uni chorva mollari, qo’y-echkilar yaxshi iste'mol
qiladi. Mevasi qo’ng’iroq qoramtir tusda bo’lib, poyasining uchki
qismida joylashgan. Ba'zida shuning uchun qorabosh deb ham aytiladi.
Urugidan undirish qiyin. Rangning afzalligi shundaki, qorako’l qo’ylari
qishdan toliqib, vitaminlarga ehtiyoj sezilgan paytda, ko’m-ko’k bo’lib
o’sadi.
Uni mollar yeb, ancha tetiklashib oladi. Qo’y, qoramol, otlar
uchun yaxshi xashak hisoblanadi. Qiyoqlardan bo’yra to’qishda,
manzarali, qumni mustahkamlaydigan o’simlik sifatida ham
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: