Adhamova muxlisa nargizdoshlar oilasidagi dorivor turlar, bioekologiyasi, areali va sistematik tahlil


turi O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan. Ulardan 30


Download 382.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana18.03.2023
Hajmi382.81 Kb.
#1283369
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
NARGIZDOSHLAR OILASIDAGI DORIVOR TURLAR, BIOEKOLOGIYASI, AREALI

turi O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan. Ulardan 30 
tasi 
karrak turkumiga 
mansub. 
BIR URUG‘PALLALI O‘SIMLIKLAR 
SINFI 
(LOLASIMONLAR) 
Bir urug‘pallali o‘simliklar sinfiga 67 oilaga mansub 58000 ga yaqin tur 
kiradi. 
O‘zbekistonda 
esa 
ularning 
700 
ta 
turi 
o‘sadi. 
Og
3+3
 
Ch
3+3
 
U
(3)
Loladoshlar 
oilasi 
Oila 
vakillari

Boychechak
, xolmon, lola, olg`i 
Loladoshlar oilasi dunyoning deyarli hamma qismidagi cho‘l, adir va 
tog‘larda o‘sadigan 250 turkum va 400 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. 
Ularga ildizpoyali, piyozboshli yoki tugunakli ko‘p yillik o‘tlar va 
qisman butasimon o‘simliklar kiradi. 
Bu oila vakillarining barglari oddiy, butun, parallel yoki yoysimon 
tomirli, ko‘pchiligining shakli (qalami) nashtarsimon, tasmasimon yoki 


ellipssimon bo‘lib, poyada ketma-ket o‘rnashgan. Gullari to‘g‘ri, ikki 
jinsli, yakka-yakka yoki to‘pgulda joylashgan. Gulqo‘rg‘oni oddiy, 
ko‘pincha gultojsimon, 6 ta erkin yoki bir-biriga qo‘shilgan gulqo‘rg‘on 
bargchalaridan tashkil topgan. Changchilari ham 6 ta, 3 tasi tashqi, 3 tasi 
esa ichki halqada o‘rnashgan. 
Urug‘chisi 3 ta. Mevasi ko‘sakcha yoki rezavor meva
Bu oila vakillaridan biri lola turkumiga mansub qizil loladir. U 
aprelning oxiri – mayning boshlarida adir va tog‘larning quyi qismidagi 
yonbag‘irlarda ochiladigan yirik gulli o‘simlik. Bo‘yi 20-45 sm. 
Piyozboshli tuxumsimon yoki yumaloq. Barglari 3-4 dona, ustida to‘q 
binafsha rangli dog‘lari bor. Guli bitta, yirik, sarg‘ish-qizil, pastki qismi 
qora dog‘li. Changchi iplari qora, changdonlari sariq. Mevasi 3 
chanoqqa bo‘linib ochiladigan ko‘sakcha. 
Qizil lola urug‘idan va piyozboshidan ko‘payadi. Keyingi paytlarda 
odamlarning shafqatsiz ravishda yulishi va piyozboshilarining kavlab 
olinishi natijasida uning soni juda kamayib ketgan. Hozirgi vaqtda u 
muhofaza qilinadi va O‘zbekistonning Qizil kitobiga kiritilgan. Uni 
yulish va piyozboshilarini kavlab olish qat’iy man qilingan. Shu bilan 
bir qatorda qizil lolani madaniylashtirish ustida O‘zbekiston 
Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika ilmiy-ishlab chiqarish 
markazida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 
O‘zbekistonda lolalarning 25 ta turi uchraydi. Ular bir-birlaridan 
gullarining rangi, katta-kichikligi, bargi, piyozboshi va mevasining 


shakli va boshqa belgilari bilan farq qiladi. Bularning hammasi ham 
O‘zbekistonning Qizil kitobiga kiritilgan. 
Bahorning 
birinchi 
darakchilari 
sifatida 
mart 
oyining 
boshlaridayoq boychechaklar unib chiqadi. Bular bo‘yi 10-15 sm 
keladigan, ingichka poyali va ingichka bargli, tubida piyozboshchasi bor 
ko‘p yillik o‘tlardir. Gullari sariq yoki och sariq. Guli va mevasining 
tuzilishi umuman lolanikiga o‘xshaydi. O‘zbekistonda boychechak 
turkumining 30 ga yaqin turi o‘sadi. 
Shuningdek, 
loladoshlarga 
yovvoyi 
holda 
o‘sadigan olg‘i va xolmonlar ham kiradi. 
Loladoshlar oilasiga mansub turlardan 25 tasi O‘zbekiston 
Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan. Ulardan 23 tasini lolalar 
tashkil etadi. 

Download 382.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling