nashtarsimon, ipsimon, qalami, keng qalami,
tasmasimon, ellipssimon,
yaprog‘i butun yoki qirqilgan, bandsiz, pastki qismi novsimon. To‘pguli
yoshligida qobiq bilan o‘ralgan. To‘pguli (soyabonsimon),
asosan
sharsimon va yarimsharsimon, ko‘p gulli. Gullari ikki jinsli.
Gulqo‘rg‘oni oddiy, to‘g‘ri gultojsimon. Gultojbarglari 6 ta,
qo‘shilmagan, ikki doirada joylashgan. Changchisi 6 ta, urug‘chisi 1 ta.
Quyida O‘zbekistonda
keng tarqalgan bosh piyoz (osh piyoz) bilan
tanishamiz.
Bosh piyoz piyozboshli ko‘p yillik o‘t. Piyozboshi asosan tuxumsimon
va yumaloq shakllarda bo‘ladi. Qobig‘i qattiq, butun, qo‘ng‘ir, oqish va
qizg‘ish rangli. Poyasi 100
sm gacha yetadi, qalin, yarmidan pastki
qismi shishgan. Barglari ham shishgan. To‘pguli (soyaboni) sharsimon,
zich, ko‘p gulli. Gulbandi gulqo‘rg‘onidan bir necha marta uzun.
Gulqo‘rg‘oni yulduzsimon oqish-yashil rangli. Changchisi 3 ta. Bosh
piyoz may-iyunda gullab, mevasi iyulda pishadi.
Piyozlarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati nihoyatda katta. Ular bevosita
iste’mol qilinishidan tashqari turli oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashda
ishlatiladi. Bosh piyoz fitonsidlarga juda boy.
Shuning uchun undan
dorivor o‘simlik sifatida turli kasalliklarni davolashda foydalaniladi.
Foydali, ayniqsa dorivorlik xususiyatlariga ko‘ra sarimsoq piyoz bosh
piyoz bilan yonma-yon turadi.
Tabiiy holda o‘sadigan turlari orasida iste’mol qilinadiganlari ham ko‘p.
Bularga
pskom piyozi, oshanin piyozi, mador piyoz (matur), qum
Do'stlaringiz bilan baham: