Adilov farxod abduvaliyevich


Download 384.96 Kb.
bet39/84
Sana18.06.2023
Hajmi384.96 Kb.
#1560274
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   84
Bog'liq
yangi tarix - ҚЎЛЛАНМАохиргиси (2)

Birinchidan,iqtisodiyotni mafkuradan batamom xoli qilish, iqti- sodiyotning siyosatdan ustunligi. Bu yo‘lda xalqaro tajriba asos qilib olindi, xo‘jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo‘lib qolgan muammolar hisobga olindi.
Ikkinchidan,davlatning o‘zi eski tuzumdan yangi tuzumga o‘tish davrida bosh islohotchi bo‘lishi zarur.
Uchincidan,qonunning ustuvorligi, yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog‘i zarur.
To‘rtinchidan,bozor iqtisodiyotiga o‘tishda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish.
Beshinchidan,islohotlarni, bozor munosabatlarini shakllantirishni puxta oylab, bosqichma-bosqich amalga oshirish.
O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo, iqtisodiy islohotlarning quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:

  • kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’- minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish;

  • ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish;

  • xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’min- lash;

  • korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish;

  • iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar qilish va raqobatbar- dosh mahsulotlarni ishlab chiqarish;

  • jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilib borish;

  • kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish;

  • iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini yaratish;

O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini yaratishga yo‘naltirilgan 400 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi va joriy etildi. Ularni bir necha yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin:
1. Mulkchilik munosabatlari va ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qonunlar. Bu yo‘nalish doirasida mulkchilik to‘g‘risida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida, ijara to‘g‘risida, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.
2. Xo‘jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya’ni xususiy korxonalar to‘g‘risida, kooperatsiya to‘g‘risida, dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida, shirkat xo‘jaligi to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib turuvchi, banklar va bank faoliyati to‘g‘risida, pul tizimi to‘g‘risida, tadbirkorlik to‘g‘risida, sug‘urta to‘g‘risida, birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida, qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxona bilan davlat o‘rtasidagi, korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yuvchi qonunlar, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bo‘lishi haqida qonunlar qabul qilindi, Xo‘jalik protsessual kodeksi ishlab chiqildi, Xo‘jalik sudi tuzildi.
3. O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida qabul qilingan qonunlar, xalqaro pakt va bitimlar, ularning O‘zbekiston tomonidan imzolanishi mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi. Respublika iqtisodiyotining huquqiy asoslari Prezident farmonlarida, hukumat qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlarda yanada takomillashtirib borildi. Qabul qilingan qonunlar amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining ortga qaytmasligining kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda. Iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bozor infratuzilmasini yaratishdan iboratdir.

Download 384.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling