Adilov farxod abduvaliyevich
Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishi, mamlakatimizdagi iqtisodiy o’sish
Download 384.96 Kb.
|
yangi tarix - ҚЎЛЛАНМАохиргиси (2)
2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishi, mamlakatimizdagi iqtisodiy o’sish
Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mustaqil taraqqiyot yo‘li xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning “o‘zbek modeli” deb qabul qilindi. O‘zbek modeli ishlab chiqishda, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, xo‘jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo‘lib qolgan muammolar hisobga olindi. Ma’lumki taraqqiyotning bozo riqtisodiyotiga asoslangan yo‘lini tanlagan O‘zbekistonda mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni mo’tadillashtirishga yordam beradigan o‘rta mulkdorlar tabaqasining paydo bo‘lishi demakdir. Bu borada qato rqonunlar qabul qilindi. Darhaqiqat, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng, dastlabki kezlarda, kichik biznes faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish uchun quyidagi dastlabki normativ-huquqiy normalari va qonun hujjatlari qabul qilindi. Bu borada ayniqsa 1991 yil 18 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida” gi qonuni muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Unga ko‘ra mulkchilik shakllarini o‘zgartirish sohasidagi ishlar respublika hamda hududiy maqsadga bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va tasdiqlangan maxsus dastur asosida amalga oshirilishi qat’iy belgilab qo‘yildi. Albatta, ushbu qonunning qabul qilinishi sohani bosqichma-bosqich rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, xalq xo‘jaligidagi barcha soha tarmoqlarini ommaviy xususiylashtirish uchun keng imkoniyat yaratildi, bu boradagi cheklashlar olib tashlandi. Birgina 1992-1996 yillarda davlat mulki ob’ektlarini xususiylashtirish tufayli 1 million 74 ming kishi turar-joy egasi, 2 million kishi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari, paylarining egalari, qishloq joylarida esa, 3 million kishi yordamchi xo‘jalik, 19 ming kishi ko‘chmas mulk egasi bo‘lib qoldilar. Bu raqamlar, shubhasiz jamiyatda mulkdolar sinfini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamlar qo‘yilganligini anglatar edi. Amalga oshirilgan dastlabki islohotlar natijasida 1991-1996 yillar mobaynida iqtisodiy islohotlarning barcha yo‘nalishlarida salmoqli institutsional o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Xususan, turar joylar, savdo xizmat ko‘rsatish sohalari, matlubot jamiyati ob’ektlari va turli tarmoqlarning mayda korxonalarini xususiylashtirish amalda tugallandi, o‘rta va yirik korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni jadal davom ettirildi. Bu borada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo qilish, qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirish, agrar munosabatlarning yangi tipini yaratish jarayonlari amalga oshirildi. Bu tadbirlarning natijasi o‘laroq iqtisodiyotda tub sifat o‘zgarishlari vujudga keldi. Davlatga qarashli bo‘lmagan, nodavlat, ya’ni xususiy sektorning iqtisodiyotdagi ulushi keskin oshdi. Bu sektor 1995 yilda sanoat mahsulotlarning 44 foizini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining esa 97 foizini berdi. Barcha kapital mablag‘larning 44 foizdan ortiqrog‘I uning hissasiga to‘g‘ri keldi. 2000 yilgacha xalq xo‘jaligida band bo‘lganlarning 64 foizi anashu sektorda mehnat qilgan. Bu esa o‘sha kezlarda bozor munosabatlariga o‘tish muammolarini sinchkovlik bilan o‘rganib, ularni hal etishda ehtiyotkorlik bilan yondashishga e’tibor qaratishni taqoza etardi. Ayniqsa endigina bozor psixologiyasi odamlar ongida shakllanib kelayotgan bir sharoitda respublikada birinchi navbatda maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish, savdo-sotiq, mahsulotni qayta ishlovchi kichik korxonalarni ochish zarur edi. Respublika o‘z mustaqilligining dastlabki yillarida, kichik biznesga ko‘maklashish maqsadida respublika va hududiy miqyosda faoliyat olib boruvchi – Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi (Biznesfond, 1995 yiliyul), «Madad» sug‘urta agentligi (1995 yil 26 iyun), O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi (1996 yil mart) hamda ularning hududiy bo‘limlari tashkil etildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, «Hunarmand» uyushmasi, Tadbirkor ayollar uyushmasi tashkil etildi. Ammo o‘sha kezlarda sohada qator muammolar ham mavjud bo‘lib, ularning mavjud holati bir necha yillar taraqqiyotga to‘siq bo‘lib keldi. Xususan, 1999 yil 1 iyunga qadar ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar tarkibida kichik va o‘rta korxonalar salmog‘i kommunal xo‘jalikda 42,9%, maishiy xizmat sohasida 85,0%, qurilishda 89,3%, qishloq xo‘jaligida 89,9%, sanoatda 93,5%, savdoda 95,3%, umumiy tijoratda 96,6%ni tashkil etgan bo‘lsada, amalda esa ro‘yxatdan o‘tib, o‘z faoliyatini davom ettirayotgan korxonalar ulushi 20% ni tashkil etgan xolos. Qolganlari esa turli sabalar bilan yopilib ketgan bo‘lib, buni quyidagi misollar ham tasdiqlaydi. Agar raqamlarga murojaat qilinsa, respublika bo‘yicha 1996 yilda tashkil qilingan 7400 kichik korxonadan 20%, 1998 yili esa 3700 takorxonadan 70% tugatilib ketgan. Shuboisdan ko‘pgina tadbirkorlar faoliyat bilan shug‘ullanishdan sekin-sekin uzoqlashganlar yoki ish boshlab qo‘yib, uni oxirigacha yetkazmasdan, javobgarlikni davlatga tashlab qo‘yganlar. Masalan, 2000 yilning o‘zida faqat Toshkent shahar bo‘yicha tugatish jarayonida turgan kichik biznes sub’ektlari 4666 tabo‘lib, ulardan54,7% yoki 2552 tasida ta’sischilar bo‘lmagan. Tugatilish holida turgan jami korxonalardan tugatilganlari 25,6% ni tashkil qilgan yoki 1194 ta bo‘lgan. Ushbu muammolarni to‘g‘ri anglagan va unga tanqidiy asosda yondoshgan Prezident Shavkat Mirziyoev 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida “Yurtimizda tadbikorlik nima uchun kutilgan darajada rivojlanmayapti ? Chunki bu soha vakillarini asossi zravishda tekshirish holatlari ko‘p. Ochig‘ini aytganda tadbirkorlikning erkin rivojlanishiga o‘zimiz, davlat idoralari yo‘l qo‘ymayapmiz. Hech kimga kerak bo‘lmagan tartib-tamoyillar hamon saqlanib qolmoqda, joylarda ko‘pgina amaldorlar faqat o‘z shaxsiy manfaatini o‘ylab ish ko‘rmoqda. Bundan buyon bu sohani qo‘llab-quvvatlash, biznes sub’ektlarini jadal barqaror rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi”, deya qayd qilganligi bejiz emas, albatta. 1998 yil 9 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi. 2001 yil 22 avgustdaesa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazib va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Qarorga binoan kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojtirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi tashkil etildi. Kichik va o‘rta biznes sub’ektlariga Respublika tovar-xomashyo birjasi, Agrosanoat birjasi, «O‘zulgurji savdo» orqali moddiy-texnika resurslari sotildi. Mustaqillik yillarida soha rivojitahliliga ko‘ra yana raqamlarga murojaat etilsa, 2003 yili yurtimizdagi 5 ming 630 ta aholi yashash manzilgohlarida ko‘plab kichik va o‘rta biznes korxonalari tashkil etilib, qariyb 155 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Dastur doirasida aholiga 2003 yilda 1 milliard 200 million so‘mlik xayriya yordami ko‘rsatilgan. Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan 400 mingda nziyod ayolga davlat tomonidan nafaqapulitayinlangan. 180 ming kam ta’minlangan oilaga qariyb 4 milliard so‘m miqdorida moddiy ko‘maklar berilgan. 2003 yilda 25 mingdan ziyod yolg‘iz pensioner va nogironlarga 630 million so‘mlik moddiy yordamlar ko‘rsatilgan. So‘ngi yillarda joylarda kichik korxonalar ochish va fermer xo‘jaliklarida ish bilan banda holi soni ham yil sayin ortib, 2007 yildagi 2094,2 ming kishidan 2011 yilda 2338,4 mingkishigayoki 11,6 foizgako‘paygan. Respublikada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani bois, bu sohada ish bilan band bo‘lgana holi soni yil sayin ortib bormoqda. 2007-2011 yillarda respublika bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, lekin litsenziyaga ega tadbirkorlikda band bo‘lganlar soni 140,8 ming kishidan 698,4 ming kishiga yoki 4,96 marta ko‘paygan. Mustaqillik yillarida mashinasozlik sanoati jadal rivojlandi. 1994-yilda barpo etilgan O‘zbekiston-Isroil “O‘zIsmash” qo‘shma korxonasida paxta terish mashinalarining go- rizontal shpindelli yangi xili yaratildi. Bu agregat jahon mashinasoz- ligining eng yangi yutug‘i, deb e’tirof etildi. 1992-yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona barpo etishga kelishib olindi. 1993—1996-yillarda Asaka shahrida «Uz-DAEWOOavto» zavodi barpo etildi va «Damas», «Tico», «Nexia» rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 1996-yilda 25,3 ming, 1997-yilda 64.9 ming, 1998-yilda 54,4 ming, 1999-yilda 58,4 ming, 2004-yilda 70 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. «Uz-DAEWOO» zavodida 1999-2003-yillarda «Matiz», «Lacetti» rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28-mamlakatga aylandi. «Uz-DAEWOOavto» zavodi 10 yil (1996-2006-yil iyun) davomida 571 580 ta avtomobil tayyorladi, ularning 198 609 tasi xorijga eksport qilindi. Samarqandda avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixti- soslashgan «SamKochavto» zavodi qurildi va 1999-yilda ishga tushirildi. 2000-yilda «SamKochavto» zavodi 483 ta avtobus, 102 ta yuk avtomobili ishlab chiqardi. Respublikamizda avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi o‘nlab yangi korxonalar bunyod etildi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida avtomobillarga butlovchi qismlar tayyorlaydigan 61 ta qo‘shma korxonalar qurilib ishga tushirildi. Hozirgi paytda «Uz-DAEWOO» zavodi uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlarning 60 foizi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda. 2007-yilda «O‘zavtosanoat» uyushmasi bilan AQSHning General Motors kompaniyasi o‘rtasida GM-Uzbekistan qo‘shma korxonasi tashkil etildi. 2012-yilning 20-mart kuni «GM-Uzbekistan» qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan «Chevrolet Malibu» avtomobillarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 2009-yildan Germaniyaning «MAN Nutzfahrzeuge AG» konserni hamkorligida «MAN Avto-Uzbekistan» qo‘shma korxonasi tashkil etilib, «MAN» yuk mashinalari ishlab chiqilmoqda. Samarqandda barpo etilgan va ishga tushirilgan «SamKochavto» zavodida avtobus va yuk avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. Mashinasozlik sanoatining yirik korxonalari - Toshkent traktor zavodi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, Toshkent va Chirchiq qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, Toshkent agregat zavo- di va boshqa korxonalar mustaqillikning dastlabki yillarida uchragan qiyinchiliklarni yengib o‘tdi. Birgina Toshkent traktor zavodida 2000-yilda 954 ta, 2001-yilda 1002 ta traktor ishlab chiqarilgan bo‘l-sa, hozirgi paytda yiliga 3,5—4 ming donagacha traktor, minglab tirkamalar ishlab chiqarilmoqda. 1995-yil oktabr oyida O‘zbekiston bilan AQSHning «ABB Lummus Global» kompaniyasi o‘rtasida Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasini qurish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Qurilish ishlari 1997-2001 yillarda amalga oshirildi, majmua qurilishiga 1 mlrd AQSH dollari hajmida sarmoya o‘zlashlirildi. 2001-yil dekabrda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi. Majmua yiliga 125 ming tonna polietilen, 137 ming tonna suyultirilgan gaz va 126 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarish quvvatiga ega. Yengil va to‘qimachilik sanoati tez sur’atlar bilan rivojlanib bor- moqda. Janubiy Korea ishtirokida paxtani qayta ishlovchi «Qabul-O‘zbekKO», «Kosonsoy-Tekmen», «Papfen», «Asnam tekstil», «Karakulteks», «Chinoz to‘qimachi», «Qabul-FerganaKO», «Oqsaroy to‘qimachi» qo‘shma korxonlari barpo etildi. Faqat 2004-yilda 17 ta yengil sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Bu tarmoqda xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish kengaydi, minglab yangi ish o‘rinlari yaratildi. Agar 1991-yili respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2004-yilda bu ko‘rsatkich 28 foizga yetdi. Kalava, ip, paxta va shoyi gazlamalarini eksport qilish hajmi ancha oshdi. Mustaqillik yillarida «Zarafshan-Newmont» korxonasi, Qizilqum fosforit kombinati, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Quvasoy kvars zavodi, Yangiyo‘l va Andijon spirt zavodlari, Toshloq ip yigiruv fabrikasi va boshqa ko‘plab korxonalar bunyod etildi. Iqtisodiyot tarkibidagi tub o‘zgarishlar, yangi korxonalarning bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida samarali natijalar berdi. 1991-2002-yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish muassasalari qurildi, mahsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. 1990-yilda respublika bo‘yicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmini foiz deb olsak, undan keyingi yillarda kamayib bordi. 1995-yilga kelib makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1995-yildan boshlab barqaror o‘sish ta’minlandi. 1990-yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 100 foiz deb olsak, 2000-yilda 123,6 foizga, 2010-yilda 3 martaga o‘sdi. Un va un mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzal, shakar va qand mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli darajada ko‘paydi, iste’mol buyumlari importi kamaydi. Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 1991-1995-yillarda pasayib bordi, 1996-yildan boshlab o‘sish boshlandi. Natijada O‘zbekistonda 2000-yilda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot (xarid qobilyati pariteti bo‘yicha) 1990-yilga nisbatan 1,3 marta, 2010-yo‘lda esa 3,4 marta o‘sishiga erishildi. O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib iqtisodiy barqarorlikka erishgan, iqtisodiy ko‘rsatkichlari izchil o‘sib borayotgan mamlakatdir. O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sish sur’atlari so‘nggi 11 yil - 2005-2015-yillar davomida 8 foizdan yuqori bo‘lib kelmoqda. O‘zbekistonning umumiy eksport hajmida tayyor mahsulot va xizmatlar ulushi oshdi, tashqi savdoda ijobiy saldoga erishildi. Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi o‘zgarib, aholi turmush saviyasi o‘sib bordi. Yirik inshootlar, korxonalarning bunyod etilishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, izchil o‘sish sur’atlari odamlarning moddiy va ijtimoiy hayotini, farovoniligini yildan yilga yaxshilanishiga xizmat qilmoqda. Aholini tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi salmoqli darajada o‘sdi. Birgina 1999-yilda 4,5 ming kilometr gaz tarmog‘i (shundan 4,3 ming kilometri qishloq joylarida), 2 ming kilometrdan ziyod ichimlik suv tarmog‘i (shundan 1,9 ming kilometri qishloq joylarida) ishga tushirildi. Jahondagi yetakchi kompaniyalarning havo kemalari bilan ta’- minlangan O‘zbekiston Havo yo‘llari aviakompaniyasi dunyoning 25 mamlakati bilan havo aloqalarini o‘rnatgan, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsarmoqda. Tadbirkorlik sub’ektlarining faol qo‘llab quvvatlanishi natijasida uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan, 2000 yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2008 yilda bu ko‘rsatkich 48,2 foizni, 2009 yilda 50,1 foizni, 2010 yilda 52,5 foizni, 2011 yildaesa 54 foizni tashkil etdi yoki 2000 yilga nisbatan 23 foizga o‘sgan. 2010-2016 yillar davomida respublikada tadbirkorlik orqali tashkil etilgan isho‘rinlari soni 3,9 foizga ortgan. 2017 yilda esa dasturga muvofiq sanoatni (5440 taloyihada 131 mingta ish o‘rni bilan), qishloq xo‘jaligini (8430 loyihada 55,8 mingta ish o‘rni bilan) va xizmat ko‘rsatishni (11 ming taloyiha 69,5 mingta isho‘rni bilan) rivojlantirish bo‘yicha viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining faoliyati kuchaytirildi. Kelajakda mamlakatda 25 minga yaqin investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga, 256, 4 mingda nortiq ish o‘rinlari tashkil etishga erishiladi. Download 384.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling