Adilov farxod abduvaliyevich
Download 384.96 Kb.
|
yangi tarix - ҚЎЛЛАНМАохиргиси (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-10 MAVZU: MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDAGI MA’NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOT Reja
- Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
Savol va topshiriqlar
1. Nima sababdan aholini ijtimoiy himoyalash davlat siyosatida ustuvor yo‘nalish deb belgilandi? 2. Aholi daromadlari darajasini saqlash maqsadida qanday tadbirlar amalga oshirildi? 3. Narxlar qanday tartibda erkinlashtirildi? 4. Kam ta’minlangan oilalar 1991-1994-yillarda qanday himoyalandi? 5. 1994- yilda kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishda qanday o‘zgarish yuz berdi? 6. O‘zbekistonda oila, bolalar, ayollarga qanday g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi? 7. Aholi jamg‘armalarini himoya qilish yo‘lida qanday tadbir amalga oshirildi? 8. Mustaqillik yillarida sog’liqni saqlash tizimida qanday islohotlar amalga oshirildi? 9. “Korrupsiyaga qarshi kurash to’g’risida qonun” qachon qabul qilingan? 10. Qonunning mohiyati asosan nimalardan iborat? 9-10 MAVZU: MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDAGI MA’NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOT Reja: Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlarimiz xotirasiga bo’lgan e’tibor vatarixiy shaharlarimiz yubileylarining xalqaro miqyosda nishonlanishi Madaniyat va san’at sohasining rivojlanishi Mustaqillik yillarida sport sohasi taraqqiyoti O’zbekistonda millatlararo va dinlararo davlat siyosati Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Milliy urf-odatlar, qadriyat, an’ana, madaniyat, san’at, ma’naviy meros, tarixiy yodgorlik, xotira,millatlararo siyosat, dinlararo siyosat. 1. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. Biron-bir mamlakat o‘z ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg‘otmay va mustahkamlamay turib, yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila olmaydi. Ma’naviyat insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, uning ichki olamini boyitadigan, iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli kuchdir. Tarix guvohlik beradiki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham bo‘ldi. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar bo‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi mustamlakachilik, sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoqosti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab masjid-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Avlodlarimiz yetishtirgan allomalarimiz idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yo‘qotish siyosati yuritildi. Islom dini qadriyatlari, musulmonlarning e’tiqodlari oyoqosti qilindi, ruhoniylar quvg‘in ostiga olindi. Mustabid tuzum hukmdorlari madaniy inqilob shiori ostida o‘zbek xalqining yuzlab iqtidorli, milliy-ozodlik uchun kurashgan vatanparvar ziyolilarini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag‘on qildi, ularning nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qilar edi. O‘zbek xalqining o‘ziga xos milliy qadriyatlari bor. Milliy qadriyat deganda millat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan xususiyatlari, an’analari, marosimlarini tushunamiz. O‘zbek xalqining shakllanishi qancha uzoq tarixiy jarayonda sodir bo‘lgan bo‘lsa, uning milliy qadriyatlari ham shuncha uzoq tarixiy jarayon davomida shakllangan. Qadriyatlar dastlab mahalliy mazmunda, ya’ni Xorazm, Surxondaryo, Buxoro, Samarqand, Òoshkent, Farg‘ona va hokazo hududlarda yashovchi elatlarga xos urf-odatlar, rasmrusumlar, marosimlar tarzida shakllanadi. So‘ngra ularning eng yaxshilari asrlar davomida saralanib umummilliy qadriyatlar darajasiga ko‘tariladi. Òurli mamlakatlarga xos eng yaxshi qadriyatlar saralanib umuminsoniy qadriyatlarga aylanadi. Shu boisdan ham har bir inson uchun o‘z milliy qadriyatlarini, shuningdek umuminsoniy qadriyatlarni bilish ham farz, ham qarzdir. O‘zbek xalqiga xos quyidagi jihatlar uning milliy qadriyatlari sifatida boshqa xalqlar tomonidan e’tirof etilgan: • tug‘ilgan makon va ona yurtiga ehtirom; • avlodlar xotirasiga sadoqat; • kattalarga hurmat, kichiklarga izzat; • mehmondo‘stlik; • bolajonlik; • ma’naviyat-axloq-odob-ma’rifat; • muomalada mulozamat, hayo, andishalilik; • og‘ir kunlarda vazminlik, sabr-toqat va hokazo. Mustaqillik yillarida xalqimizning milliy qadriyatlarini tiklash, yangi ma’no-mazmun bilan boyitish yo‘lida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri „Navro‘z“ bayramidir. Qaramlik davrida mana shu ardoqli bayramni nishonlash ham taqiqlangan edi. 1991-yildan boshlab O‘zbekiston hukumatining qarori bilan 21- Mart „Navro‘z“ milliy xalq bayrami kuni sifatida belgilanib, dam olish kuni deb e’lon qilindi. Xalqimiz Navro‘z kunlarida hasharlar uyushtirib, dalalarga ko‘chatlar ekish, ko‘chalarni tozalash tadbirlarini, turli ommaviy o‘yinlar, poyga musobaqalari, sayllar uyushtiradilar, yetim-yesirlarga va nogironlarga yordam berib, marhumlar qabrlarini ziyorat qiladilar. 1994- yil 23- apreldagi Prezident farmoni asosida tashkil etilgan Respublika „Ma’naviyat va ma’rifat“ jamoatchilik markazi o‘zbek xalqining ma’naviy-madaniy merosini tiklash, millat kelajagini belgilaydigan g‘oyalarni yuzaga chiqarish, yuksak iste’dod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan ravnaqi sari yo‘naltirishga qaratilgan muhim tadbirlar, anjumanlar, ko‘rgazmalar tashkil etishni yo‘lga qo‘ydi. Markaz tomonidan aholi orasida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar, so‘rovlar asosida ishlab chiqilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar jamoat birlashmalari, ilmiyijodiy muassasa va tashkilotlar, ommaviy-axborot vositalarining ma’naviy-tarbiyaviy faoliyati saviyasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi. 1996- yil 9- sentabrda qabul qilingan „Ma’naviyat va ma’rifat“ jamoatchilik markazi ishini yanada takomillashtirish to‘g‘risida“ gi Prezident farmoni jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 1996- yil yanvarda Respublika „Ma’naviyat va ma’rifat“ jamoatchilik markazi huzurida „Oltin meros“ xalqaro xayriya jamg‘armasi tuzildi. 1996- yil 27- sentabrda Respublika Vazirlar Mahkamasining „Oltin meros“ xayriya jamg‘armasini qo‘llabquvvatlash to‘g‘risida“ gi qaroriga binoan mazkur jamg‘arma davlat tomonidan moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. „Oltin meros“ xayriya jamg‘armasi „Xalq merosi durdonalari“ ilmiy anjumanlarini, xorijdan izlab topilgan qo‘lyozmalar, tarixiy hujjatlar, xalq hunarmandchiligi amaliy san’at namunalari, yodgorliklarini tahlil qilish, ko‘rik tanlovlar o‘tkazish bilan shug‘ullanmoqda. 1996—2002- yillarda „Oltin meros“ jamg‘armasi sa’y-harakatlari natijasida buyuk allomalarimiz yaratgan ko‘plab madaniy-ma’naviy meros namunalari mamlakatimizdan va xorijiy davlatlardan izlab topildi, jamlandi hamda kutubxona va muzeylarga joylashtirildi. Shuningdek, u xalqimizning rasm-rusumlarini, urf-odatlarini, marosimlarini o‘rganish, tiklash, xalqimizga qaytarish, ularning ma’no-mohiyatini, hozirgi kundagi ahamiyatini keng ommaga tushuntirish ishiga katta hissa qo‘shmoqda. Download 384.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling