Adilov farxod abduvaliyevich
Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi
Download 384.96 Kb.
|
yangi tarix - ҚЎЛЛАНМАохиргиси (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2017 yilning “”Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”
- “Sayyor qabullar”
- “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash”
- “Obod qishloq” dasturi
- “Jamoatchilik nazorati ishchi guruhi”
- “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”
- “Obod mahalla”
Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi yangicha islohotlar va taraqqiyot omillari. 2017 yildan boshlab O‘zbekiston islohotlar va taraqqiyotning yangi bosqichiga kirdi. CHunki, bu davr yutuqlarni sarhisob qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tahlil qilish hamda mamlkat taraqqiyotining strategik omillarini belgilab bergan davr sifatida tarixga kirdi. Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 2017 yilning “”Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishinatijasida, shu yilning iyul-dekabr oylari davomida Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan xalq bilan faol muloqot olib borish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida respublikamiz shahar va qishloqlariga “Sayyor qabullar” uyushtirilgan.
Ochiq muloqotlarda 58 mingdan ortiq fuqaro va tadbirkorlardan turli masalalarga oid 32 ming 176 shikoyat, ariza va takliflar o‘rganilgan. E’tiborli tomoni shundaki, murojaatlarning eng ko‘pi, ya’ni 8 mingdan ziyodi, yoki 25 % asosan tadbirkorlarning bank kreditlari bilan bog‘liq muammolardir. Huquqni muhofaza qilish sohasi bilan bog‘liq muammolar 7 mingdan ortiq-22%, bandlik va ish haqi to‘lovlari 3 ming 973 ta-12 %, tadbirkorlik faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolar 3 ming 350 ta-10%, odamlarga uchastka va uy joy ajratish 2 ming 473 ta-8 % ni tashkil etgan. 2018 yilning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash” deb e’lon qilinishi natijasida mamlakat farovonligi va taraqqiyotining asosi bo‘lgan tadbirkorlik sohalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, hozirgacha tadbirkorlarga tegishli murojatlarning 96 foizi, ya’ni 30 ming 876 tasi hal etilgan. Ulardan 8 ming 326 tasi sohalar faoliyatiga oid taklif va tavsiyalardan iborat. Masalan, mamlakat miqyosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yo‘nalishlariga ajratilgan kreditlar hajmi 2017 yilning 1 aprel holatida 4,6 trln so‘mni tashkil etmoqda va bu ko‘rsatkich 2016 yilning xuddi shu davriga nisbatan 1,3 barobar ko‘p. Uning 1 trln so‘mini mikrokreditlar tashkil etadi, bu ko‘rsatkich ham o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar ko‘p bo‘lgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, xizmat ko‘rsatish sohalarini traqqiy ettirish, fermerlikni qo‘llab quvvatlash va rivojlantirish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish masalalari 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘rsatib berilganligi ushbu sohalar rivojiga davlat ahamiyati darajasida e’tibor qaratilayotganligining tasdig‘idir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning bevosita tashabbusi bilan mamlakatda “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra uzoq yillar og‘ir ahvolga tushib qolgan, hatto yashash uchun oddiy sharoitlar ham bo‘lmagan qishloqlarni tubdan yangilashga kirishildi. Xususan, 2018 yil fevraldan boshlab Jizzax viloyati, Dstlik tumanidagi “Manas”, Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi, “Xovosobod”, Samraqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Jom” qishloq fuqarolar yig‘inlarida keng ko‘lamli yangitadan qurilish va bunyodkorlik ishlari tufayli aholiga topshirildi. Ular namunali qishloqlar sifatida yangilangandan so‘ng, ushbu tajriba respublikaning har bir tumanida har yili 2 va 3 tadan qishloqlar “Obod qishloq dasturi” asosida yangilandi. Ushbu tajriba asosida 2018 yil iyun oyidan e’tiboran “Obod mahalla dasturi” Toshkent shahri misolida ommalashtirla boshlandi. “Obod qishloq dasturi” doirasida 2018 yilda mamlakatimizning 174 ta tumanidagi 368 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarini kompleks ravishda yangilash ko‘zda tutilgan. Belgilangan ishlarga 3 trillion 40 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi. SHu yilning 1 aprelidan boshlab har bir tumanda 2 tadan, 2019 yildan esa 3 tadan mahalla tubdan yangilanadi. 2018 yil 1 apreligacha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika “Jamoatchilik nazorati ishchi guruhi” vakillari joylarda ijtimoiy holatni o‘rganish maqsadida Namangan viloyati Pop, Kosonsoy tumanlarida, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on va Sariosiyo tumanlarida, Farg‘ona shahri va Quva tumanida, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Jizzax shaharlarida bo‘lishib, aholini qiynayotgan va “Xalq qabulxona”lariga kelib tushayotgan shikoyatlar echimi yuzasidan sayyor reydlar uyushtirilib ko‘pgina muammolar o‘sha erlarning o‘zida hal etilgan. 2017 yilda esa respublikada 789,5 mingta ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan bo‘lsada, bu borada hali echimini kutayotgan muammolar mavjudligi Prezident SH.Mirziyoevning “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” nomli risolada o‘z aksini topdi. Unda qayd etilishicha yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj bo‘lsa-da, 2016 yili Bandlikka ko‘maklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan bog‘liq bo‘lgan deya uqdiradi Prezident. Qayd etib o‘tilgan ijtimoiy himoyaga oid masalalar orasida aholini uy-joy bilan ta’minlash ham dolzarb masalalar sifatida e’tirof etiladi. SHu boisdan Prezident SHavkat Mirziyoev “... faqat raqamlar ortidan quvish oqibatida bu boradagi ishlarni ham hali ko‘ngildagidek, deb bo‘lmaydi, deya qayd etadi. Aholimizni, ayniqsa, byudjet sohasi xodimlarini, kam ta’minlangan oilalarni uy-joy muammosi ko‘pdan buyon qiynab kelardi. Bu og‘ir ijtimoiy muammoga biz deyarli e’tibor bermay kelganimiz ham bor gap. Xalqimizning talab va istaklarini inobatga olib, biz joriy yilda imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar qurish loyihasini amalga oshirishga kirishdik”, deydi. SHahar va qishloqlarimizda jami 3,5 million kvadrat metrdan ziyod namunaviy uylar va ko‘p qavatli uy-joylar barpo etildi. Bu raqamni avvalgi yillarga taqqoslaydigan bo‘lsak, 2007 yilga nisbatan 20 barobar, namunaviy uy-joylar qurish dasturi boshlangan 2010 yilga nisbatan 3,5 barobar, 2014 yilga nisbatan esa 2 barobar ko‘p uy-joy qurilganini ko‘ramiz. 2017 yil 22 dekabrda Prezident SH.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd etilganidek “biz keyingi 25 yil davomida birinchi marta aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ko‘pqavatli uy-joylar qurishni boshladik. 2017 yilning o‘zida 800 ming kvadrat metrdan ziyod ana shunday uy-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Birgina Toshkent shahrining o‘zida joriy yilda 420 ming kvadrat metr ko‘pqavatli uy-joy fondi foydalanishga topshirildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 3 barobar ko‘pdir. Aholi, ayniqsa, yosh oilalar, eski uylarda yashayotgan va boshqa toifadagi fuqarolarning ehtiyojini hisobga olib, biz arzon va sifatli uy-joylar qurish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettiramiz, deya o‘z fikrini bayon etadi Prezident. SHu maqsadda 2018 yilda namunaviy va arzon uy-joylar qurish ko‘lamini joriy yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘paytirish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqilgan”20. Demak, bu borada joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z navbatida yosh oilalar bilan ishlash tizimini kuchaytirishlari maqsadga muvofiq. Mahalliy hokimliklar huzurida “Obod qishloq” maqsadli jamg‘armalari tuzilib, byudjet, tarmoq korxonalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlar grantlari, tashabbuskor tadbirkorlar mablag‘lari, xasharlar va xayriya tadbirlari aynan shunga yo‘naltiriladi. “Obod mahalla” dasturi doirasida 2018 yil barcha manbalar hisobidan 3 trillion 40 milliarda so‘mdan ziyod mablag‘ ishonchli va muntazam rashishda yo‘naltirilgan. Ushbu loyihalarning me’moriy va texnik jihatdan puxta ishlab chiqilishini ta’minlash maqsadida 190 ga yaqin tajribali va malakali loyiha institutlar jalb etilishi belgilanib, arzon, sifatli qurilish materiaallari, ishlab chiqaruvchilar uchun elektr energiyasi va gaz etkazib berishda pereferensiyalar nazarda tutildi21. Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasini tubdan isloh qilish borasida Prezident SHavkat Mirziyoev 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd qilganidek, “Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya o‘zaro uzviy bog‘liq tushunchalar bo‘lib, ularni bir-biridan ajralgan holda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Download 384.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling