2. O’zbekistonda ijtimoiy islohotlarining yangi bosqichiga ko‘tarilishi.
2016 yil 4 dekabrda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovlarida SHavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasining yangi Prezidenti etib saylandi. Ushbu siyosiy voqea davlatimiz tarixida yangi davrni boshlab berdi. O‘zbekiston va uning xalqi demokratik, ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etishning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ydi.
Prezident SH. Mirziyoev o‘z rahbarlik faoliyatini xalq bilan muloqot va inson manfaatlariga e’tibor berishdan boshladi. Ayniqsa uzoq yillar mobaynida etilib qolgan ko‘plab muammolarni hal qilish, xususan korrupsiya, rahbarlar faoliyatiga tanqidiy tahlil asosida yondashish, har bir rahbarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, xalqning dardu- tashvishlari bilan yashash, oddiy insonlar murojaatlari bilan ishlash tizimini shakllantirish, inson omiliga e’tibor masalalari shular jumlasidandir. Ayniqsa joylarda xalq bilan ishlashning eng ta’sirchan mexanizmi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq qabulxonalari”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidetining Virtual qabulxonalari” tashkil etildi. 2017 yil mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, deb e’lon qilindi. “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oya kundalik ish mezonimizga aylandi19.
2017 yilning 7 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoevning «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi. Farmonda belgilangan strategiya loyihasi va unda ko‘zda tutilgan muhim strategik masalalar respublikamiz ekspertlari hamda keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tdi.
Strategiya loyihasi o‘ta dolzarb, ya’ni aholinining turmush tarzini yanada yaxshilash masalalarini kompleks o‘rganish, davlat boshqaruv tizimini isloh qilish, mamlakatda qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan edi. Harakatlar strategiyasini kelajakda beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirish ko‘zda tutildi.
2017 yildan e’tiboran barcha sohalarda davlatimiz taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Barcha sohalarda keng ko‘lamli qayta qurish va islohotlarning yangi davri boshlandi. O‘zbekiston tubdan yangilana boshladi. Barcha rahbarlar faoliyati qaytadan ko‘rib chiqildi, tanqidiy tahlil qilindi, ularga xalq oldida shaxsiy javobgarlik yuklandi. Asosiy e’tibor ancha yillar mobaynida etilib qolgan masalalarni hal qilish, xalq manfaatlari va muammolarini hal qilishga qaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |