Adilov farxod abduvaliyevich


Przident SH. Mirziyoev ta’biri bilan aytganda “...endi bironta fuqaro qalbaki dalillar, tuhmat va bo‘htonlar asosida javobgarlikka tortilmasligi shart


Download 384.96 Kb.
bet47/84
Sana18.06.2023
Hajmi384.96 Kb.
#1560274
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84
Bog'liq
yangi tarix - ҚЎЛЛАНМАохиргиси (2)

Przident SH. Mirziyoev ta’biri bilan aytganda “...endi bironta fuqaro qalbaki dalillar, tuhmat va bo‘htonlar asosida javobgarlikka tortilmasligi shart. Konstitutsiya va qonun normalari so‘zsiz ishlashi uchun ishonchli kafolatlar yaratishimiz zarur22
Prezidentimiz sud, milliy xavfsizlik va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ishiga faqat va faqat xalqimizning o‘zi baho berishini, ular uchun yagona va eng qattiq talab – bu fuqarolarning qonuniy manfaatlariga xizmat qilish va ularning huquqlarini har qanday holatda ham himoya qilishdan iboratligi aytildi. Eng asosiysi, biz bir idora qo‘lida barcha vakolat va resurslar to‘planib qolishiga, o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati prinsipi buzilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz zarurligi uqdirildi. 
Inson omiliga e’tibor, ularning huquqlarini ta’minlash borasida birgina Inson omiliga e’tibor, ularning huquqlarini ta’minlash borasida 2017 yilda yurtimizda yashab kelayotgan, lekin fuqaroligi bo‘lmagan 1100 dan ortiq shaxsga O‘zbekiston fuqaroligi berildi, mamlakatimzning so‘ngi 26 yillik tarixida ilk bor 2700 ga yaqin fuqarolar Prezidentimiz Farmoniga muvofiq avf etildi.
2017 yilning 22 dekabrida Mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoev Parlamentga qilgan Murojaatnomada, biz mamlakat hayotiga doir har bir qarorni xalqimiz bilan maslahatlashib, bevosita muloqot asosida qabul qilmoqdamiz. “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oya bu borada faoliyatimiz mezoniga aylandi. 
Davlat xodimlari, avvalo, birinchi rahbarlar faqat kabinetda o‘tirmasdan, joylarga borib, aholini bezovta qilayotgan eng dolzarb muammolarning amaliy echimi bilan shug‘ullanishi zarur. 
SHu ma’noda 2017 yil xalq bilan yaqindan muloqot qilish, uning dardu tashvishlari, hayotiy muammolarini samarali hal etish bo‘yicha yangi tizim yaratilgan yil bo‘ldi. Bu tizimning asosi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning o‘ziga xos demokratik instituti sifatida amalda o‘zini oqlamoqda, degan edi Prezidentimiz. YUrtimizda so‘nggi yillarda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq sohasini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 
Bu o‘zgarishlar inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, odil sudlovga erishish, huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan. 2018 yilda ushbu yo‘nalishda ko‘pgina ishlar qilindi. Jumladan, soha xodimlari uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratish maqsadida profilaktika inspektorlari uchun 6 yarim mingdan ziyod xizmat uylari, 1 ming 100 ta shaxsiy uy-joy, 7 mingta shaxsiy avtomobil berildi. SHu bilan birga, Milliy gvardiya xodimlari uchun ham 1 ming 800 ta uy-joy quriladi. 2018 yilda 3 ming 205 ta mahallada bironta ham jinoyat sodir etilmagan, deya qayd qiladi Prezidentimiz 2018 yil 28 dekabrda qilgan Oliy Majlisga Murojaatnomasida.
So‘ngi uch yil ichida Mahalla va Fuqarolar yig‘inlari tizimida ham ulkan islohotlar boshlandi. Ayniqsa ushbu tuzilmalar 2018 yildan e’tiboran o‘z faoliyatining yangi davriga qadam qo‘ydi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Vaholanki, mahallaning fuqarolik jamiyati qurish sharoitidagi o‘rni, shubhasiz uning jamoatchilik tuzilmalari bilan faol hamkorligidir. 2018 yil 15 fevralda Hukumatning “Mahalla institutining yanada samarali faoliyat yuritishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga ko‘ra endilikda mahalla fuqarolari yig‘inlari huzuridagi “YArashtirish komissiyasi” ga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston mumsulmonlari idorasi, “Ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha komissiya”siga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat vazirligi biriktirildi.
Mahalla fuqarolar yig‘inlarining “Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash komissiyasi”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Moliya vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi”ga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Voyaga etmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya”ga O‘zbekiston YOshlar ittifoqi, Ichki ishlar va Xalq ta’limi vazirliklari, jismoniy tarbiya va sport Davlat qo‘mitasi, “Tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha komissiyasi” ga Savdo sanoat palatasi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi hamda tijorat banklari, “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiyasiga” Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston ekologiya harakati, “Jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiyasi” O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi yaqindan ko‘mak beradi.
Fuqarolar yig‘inlari tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha maslahat kengashiga Savdo sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “Hunarmand uyushmasi” va tijorat banklari biriktirilgan. “Ota-onalar universiteti» ga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Nuroniylar jamoatchilik kengashi” ga Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi, “Qaynonalar kengashi” ga O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasiga ichki ishlar vazirligi amaliy ko‘mak berishi belgilangan.
Bugungi demokratik jamiyat qurish sharoitida fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni ham katta bo‘lmoqda. Hozirgi kunda yurtimizda 9 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti mavjud, 29 ta xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilotlarining filial va vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. 2017 yilda “Nuroniy” jamg‘armasi, YOshlar ittifoqi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi, Savdo-sanoat palatasi, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi kabi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan alohida farmon va qarorlar qabul qilindi.
YOshlarni kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimini kuchaytirish, “Ta’lim oluvchi”, “Davomat” kabi tezkor tadbirlar, “Futbolimiz kelajagi”, “Ota onam va men-sportchilar oilasi” kabi tadbirlar, “Har bir oila tadbirkor” tamoyilini keng joriy etish borasida ham talay muammolar mavjud. Ushbu muaammolarni hal etishda ayniqsa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida” gi farmoyishi va 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” gi qarori xalqimiz, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qildi23.
SHu maqsadda dastlab mahallalarda, so‘ngra tuman va viloyatlar miqyosida “Men sevib o‘qigan kitob”, “Eng yaxshi kitobxon” tanlovlari o‘tkazildi. Buning uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar va xayriya mablag‘lari hisobidan 160 million so‘m ajratish ko‘zda tutildi24. Aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual va ma’naviy ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish maqsadida Respublika “Kitob bayrami” o‘tkazila boshlandi.



Download 384.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling