Adl ila olam yuzin obod qila…


QALBIMIZ QUYOSHISIZ, AZIZ USTOZLAR!


Download 132.14 Kb.
bet20/21
Sana06.04.2023
Hajmi132.14 Kb.
#1330593
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
ma\'naviyat o\'quvi

QALBIMIZ QUYOSHISIZ, AZIZ USTOZLAR!
23.09.2022 yil Buxoro shahar
USTOZ, O‘QITUVCHI, MURABBIY! Bu so‘zlar zamirida, o‘z hayotini ta’lim-tarbiyaga baxshida etgan fidoyi insonda olam-olam ma’no mujassam: barchaning ma’naviy ota-onasi; ilmu ma’rifatga yo‘llovchi, ziyo tarqatuvchi; eng yaqin do‘st va yo‘l ko‘rsatuvchi; mehr va odamiylik bulog‘i; o‘z sohasining zukko bilimdoni; adolat va haqiqat mezoni. Ustozlar hurmatga, qilgan xizmatlari esa tahsinga sazovordir. Mustaqillik sharofati tufayli mamlakatimizda ustoz-murabbiylarga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi.
Yurtimizda bugungi kunda ustozlarga barcha imkoniyatlar, shart – sharoitlar yaratilgan. Ularning mehnatlari e’zozlanib yurtimizda 1 oktyabr – “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Ularning faoliyati doimo munosib taqdirlanadi va qadrlanadi. Shu bois ustozlarimiz doimo e’zozda va e’tirofda.
Bu zotlar bilim maskaniga ilk bor qadam qo’yganimizda qo’limizdan mahkam tutgan, birinchi marta bizga qalam tutqazgan, cheksiz, beg’ubor mehrini ayamagan, bizni to’g’ri yo’ldan qoqilmasdan o’tishimizga ko’maklashgan insonlar bo’ladi. Mana shu mo’tabar zotlar so’lim bir bog’ yaratgan bog’bonga qiyoslanadi. Shu bog’dagi nafis g’unchalar va ulardan ochilajak gullar biz, ya’ni o’quvchilar, talabalar, kelajak egalaridir. Bog’bon qanchalik gullarni mehr bilan parvarishlab, obod qilsa, ustoz, murabbiylar ham o’z o’quvchilarini yuksak cho’qqilarga erishishga tilakdosh bo’ladi. Shuning uchun ham ustoz va murabbiylarimiz juda katta hurmat-ehtiromga sazovordirlar. Ularni hurmat qilish esa, bizning burchimizdir. Bu burchni ado qilish uchun qo’limizdan kelgan barcha ishlarni bajarishimiz lozim.
O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning aziz ustozlarimizga bag’ishlangan “Ustoz” she’rida mana shunday misralar bor:

Bormi murabbiydan baxtliroq inson,

Shogirdlari qilsa yuksakka parvoz.

Boshimizga tojsiz, bor bo’ling omon,

Tabarruklar ichra tabarruk ustoz!
Bu misralarda juda katta ma’no bor. Haqiqatdan ham bizning qadrdon ustoz-murabbiylarimiz biz o’quvchilari doim bilimga chanqoq bo’lganimiz va oldinga intilganimiz sari bizdan yanada ko’ngillari to’q bo’lib, juda baxtli insonga aylanishadi.
Mana shu paytda ulardan baxtliroq insonni topib bo’lmaydi. Chunki ular bizni o’z farzandlaridek ko’rib, mehr beradilar. Biz uchun ular ikkinchi ota-onalarimizdir.
Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning “Muallim zoti ezgulik va ma’rifat yo’lining beminnat charog’bonidir” degan hikmatli so’zlarini eslaylik. Bunday yuksak va haqqoniy baholar yoshlarni jismoniy va ma’naviy yetuk, barkamol insonlar etib o’stirish, voyaga yetkazishdek ezgu va mas’uliyatli ishni o’z zimmasiga olgan yurtimizdagi ming-minglab jonkuyar ustoz va murabbiylar, hurmatli domlalarimiz sha’niga munosib ekanini barchamiz chuqur anglaymiz. Ko’z nuri, qalb qo’rini, butun ongli hayotini yosh avlodga bilim va tarbiya berishga, bir so’z bilan aytganda Vatanimizni ertangi kunini poydevorini yaratayotgan ustozlarning olijanob mehnatlari oldida qancha ta’zim aylasak, shuncha kam.
1-oktabr – shu aziz insonlarga bag’ishlangan kundir. Shu kuni faqat ular uchun tabrik so’zlari yangraydi, qo’ynilari gul-u lolalarga to’ladi, yuzlarida esa tabassum, shodlik ufurib turadi. Albatta, shogirdlarning bu kabi e’zozu ardog’i, hurmati ular mashaqqatli mehnatining hosilidir.


Download 132.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling