Adl ila olam yuzin obod qila…
Download 132.14 Kb.
|
ma\'naviyat o\'quvi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahonda ikki yuzga yaqin davlat bor
Adolatli ish
Kezi kelganda ushbu o‘zgarishlarning ayrim yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tish adolatli bo‘ladi, deb o‘ylayman. Avvalo, saylovlarning ko‘ppartiyaviylik va muqobillik, oshkoralik va transparentlik tamoyillari asosida, jahonda umume’tirof etilgan demokratik standartlarga mos holda o‘tishini ta’minlash uchun yurtimizda qisqa muddat ichida ulkan ishlar amalga oshirilganini alohida ta’kidlash zarur. 2019 yil 25 iyunda qabul qilingan Saylov kodeksidagi demokratik o‘zgarishlardan to saylov tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishgacha, yangi huquqiy normalar va qoidalarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishdan to saylovchilar yagona elektron ro‘yxatini shakllantirishgacha bo‘lgan keng ko‘lamli jarayonlar shular jumlasidandir. Ham saylanuvchi, ham saylovchi sifatida ko‘p bor guvoh bo‘lganman: Saylov kodeksi qabul qilingunicha milliy saylov tizimida bir vaqtning o‘zida beshta qonun paralel ravishda amal qilar edi. Ularning ayrim normalari bir-biriga zid bo‘lgani ham sir emas. Ba’zan saylov komissiyalari, ayniqsa, qishloq joylardagi uchastka saylov komissiyalari a’zolari muayyan vaziyatda qanday yo‘l tutishni bilmay boshi qotardi: qonunlarning birida bunday, ikkinchisida - boshqacha. Saylov kodeksi qabul qilingach, bunday noaniqligu ovoragarchiliklar barham topganini nafaqat milliy saylov amaliyotchilari, hatto xalqaro ekspertlar ham keng e’tirof etdi. Milliy saylov tizimining huquqiy asoslari umumjahon talablari va tendensiyalariga muvofiqlashtirildi. Kodeks kuchga kiritilishi munosabati bilan o‘ttizga yaqin qonun hamda qonunosti hujjatlariga keyinchalik kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, shuningdek, qonunosti hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotdi. O‘ttizga yaqin! Jahonda ikki yuzga yaqin davlat bor Saylov kodeksidan shu paytgacha milliy saylovchiligimizda bo‘lmagan o‘nlab yangi norma va qoidalar joy oldi, amaldagi ayrim tartib-qoidalar bekor qilindi... Saylov jarayonlarini boshqarish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizim va saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati ilk bor joriy etildi. Chet ellarda vaqtincha yashab turgan mehnat muhojirlari, talabalar va boshqa vatandoshlarimizga saylovda ishtirok etishlari uchun keng sharoit yaratildi. Ozodlikdan mahrum etilgan, biroq og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etmagan mahkumlarga ilk bor ovoz berish imkoniyati yaratildi. Jahonda ikki yuzga yaqin davlat bor. Lekin O‘zbekistondagi barcha siyosiy partiyalar, fuqarolik intitutlarining vakillari ishtirokida xalqaro norma va standartlar asosida ishlab chiqilib, loyihasi keng jamoatchilik, ya’ni xalq, ta’bir joiz bo‘lsa, saylov qonunchiligi borasida “qilni qirq yorgan” xalqaro ekspertlar tomonidan ham batafsil muhokama qilinib, umume’tirof etilgan xalqaro saylov standartlariga mos, puxta, ixcham va yaxlit shaklda qabul qilingan bunday mukammal Saylov kodeksini yaratish sanoqli mamlakatlargagina nasib etgan, deb ta’kidlagan ekspertlar ming bor haq. Umume’tirof etilgan xalqaro talablar va standartlarga to‘liq javob beradigan Saylov kodeksi asosida 2019 yili mamlakatimiz parlamenti va mahalliy kengashlarga o‘tkazilgan saylov xalqimizning huquqiy ongi, siyosiy bilimi va madaniyati o‘sib, jamiyatimizda demokratik tamoyillar mustahkam qaror topib borayotganining yana bir tasdig‘i bo‘ldi. Ayni paytda, Saylov kodeksi yangi O‘zbekistonning jamiyatni va mamlakatni demokratlashtirish va erkinlashtirish, fikrlar xilma-xilligini mustahkamlash yo‘lidan cho‘ng qat’iyat bilan borayotganing yana bir timsoliga aylandi. Mamlakatimizda saylovchilar va saylanuvchilar uchun yaratilgan va yaratilayotgan bunday keng imkoniyat va qulayliklarga yana ko‘plab misollar keltirish mumkin. Hayot bir joyda to‘xtab turmaydi. Shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyo, mamlakatimizdagi yuksak samarali tadrijiy demokratik islohotlar, xalqimiz hayotidagi misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar milliy saylov tizimi va qonunchiligini ham xalqaro standartlar asosida takomillashtirishni taqozo qilishi tabiiy. Download 132.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling