Adsorbsiya hodisasi
Download 351.18 Kb. Pdf ko'rish
|
Dispers sistemalarnig sirt xodisalari. Adsorbsiya.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faollangan kо‘mirga adsorbilangan ba’zi moddalar uchun k va p qiymatlari
- Sirka kislotaning 25o C da faollangan kо‘mirda adsorblanishi
3.5. Freyndlix tenglamasi
О‘zgarmas haroratda qattiq adsorbent sirtiga yutilgan gaz yoki erigan modda miqdori bilan adsorbent massasi orasidagi bog‘lanish Freyndlixning adsorbsiya tenglamasi deb ataladigan quyidagi emperik formula bilan ifodalanadi: 1 n x kC m (3.8) bu yerda x – yutilgan moddaning miqdori (mol), m – adsorbentning massasi (g); S – eritmaning adsorbsion muvozanat vaqtidagi konsentratsiyasi; k va p- tajribadan topiladigan о‘zgarmas qiymatlar. k adsorbsiyalanuvchi modda tabiatiga bog‘liq. Agar S = 1 va m= 1 bо‘lsa, k = x bо‘ladi. n ning qiymati 1,5 bilan 5 orasida bо‘ladi. 3.1-jadvalda ba’zi moddalarni faollangan kо‘mirga adsorblanishi uchun k va n ning qiymatlari keltirilgan. 3.2.-jadvalda qon kо‘miriga sirka kislotaning (25°C) adsor- bilanishida Freyndlix formulasidagi konstantalarning qiymatlari keltirilgan. 3.1-jadval Faollangan kо‘mirga adsorbilangan ba’zi moddalar uchun k va p qiymatlari Moddaning nomi k n Sirka kislota 2,99 1,92 Atseton 5,12 1,92 Izoamil spirt 7,93 3,85 Brom 23,12 2,94 3.2-jadval Sirka kislotaning 25o C da faollangan kо‘mirda adsorblanishi C, mol/l hisobida x/m – tajriba bo‘yicha x/m – Freyndlix formulasi bо‘yicha 0,018 0,47 0,47 0,031 0,62 0,62 0,062 0,80 0,80 0,126 1,01 1,08 0,268 1,55 1,49 0,471 2,04 1,89 0,882 2,47 2,47 2,785 3,76 4,01 О‘zgarmas haroratda adsorbilangan modda miqdorining konsentratsiyaga (C) yoki bosimga (P) bog‘liqligini kо‘rsatuvchi grafiklar adsorbsiya izotermalari deyiladi. 3.4-rasmda adsorbsiya izotermasining grafigi kо‘rsatilgan, bunda abssissalar о‘qiga eritmaning konsentratsiyasi, ordinatalar о‘qiga esa tajribada topilgan solishtirma adsorbsiya qо‘yilgan. 3.4-rasm. Adsorbsiya izotermasi Eritma konsentratsiyasi past bо‘lganda adsorbsiyaning tez ortishi grafikdan kо‘rinib turibdi, konsentratsiya kattalashganida adsorbsiya kam ortadi, nihoyat, ma’lum bir konsentratsiyadan keyin, garchi konsentratsiya ortib borsa ham, adsorbsiya о‘zgarmay qoladi. Freyndlix formulasi asosida adsorbsiyani hisoblashdan avval bu formulaga kirgan k va n konstantalarning son qiymatlarini topish kerak bо‘ladi. Ularni topish uchun, kо‘pincha, grafik usulidan foydalaniladi, k va p ni grafik usulida topish uchun Freyndlix formulasini logarifmik shaklda yozamiz: 1 x lg lgk lg C m n So‘ngra, absissalar о‘qiga lgC ni, ordinatalar о‘qiga esa lgx/m ni qо‘yib, Freyndlix formulasining logarifmik koordinatalarda chizilgan grafigini hosil qilamiz: lgC va x lg m tajriba yо‘li bilan topiladi. Freyndlix formulasining logarifmik shakli birinchi darajali tenglama bо‘lganligi uchun x lg m va lgC orasidagi bog‘lanish grafikda AC tо‘g‘ri chizig‘i bilan ifodalanadi (3.6-rasm). Grafikdagi OA chizigi lgk ga teng bо‘ladi; grafikdan lgk topiladi va uni antilogariflab k ni aniqlanadi. Grafikdagi α burchakning tangensi 1/ n ga teng bо‘ladi. Shunday qilib, bir necha konsentratsiyalarda x/m ni aniqlab lgC va lg x/m ning grafigidan k va p ni topa olamiz. 3.5-rasm.Freyndlix formulasining logarifmik koordinatalarda chizilgan grafigi. Freyndlix formulasi о‘rtacha konsentratsiyalar uchungina tо‘g‘ri natijalar beradi, lekin kichik va katta konsentratsiyalar, shuningdek, katta bosim uchun tо‘g‘ri natijalar bermaydi. Download 351.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling