«Aftomatik boshqarish nazaryasi» fanidan


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana04.11.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1748232
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1.2 Obyektlarda yuklamalar 
Yuklama 
— obyektga ko'rsatiladigan tashqi ta’sir. Bu 
ta’sirning qiymati apparat ish rejimi orqali aniqlanadi va texnologik 
ehtiyojlar uchun obyektdan olinadigan modda yoki energiya qiymatini 
ifodalaydi. Rostlanuvchi obyektdan modda yoki energiya o ‘tishida 
apparat yuklamasining (ishlab chiqarishi) o‘zgarishi rostlanuvchi 
kattadi. 


Rostlanuvchi 
obyekt 
yuklamasining 
o‘zgarishi 
g‘alayon 
manbalaridan 
biridir. Modda yoki energiya sarfmi ularning obyektga kelishidan awal 
stabillashtirish mumkin bo‘lsa, berilayotgan xomashyo tarkibini 
stabillash birmuncha qiyinchiliklar tug‘diradi. Shuning uchun, obyektga 
keladigan modda qiymatining tebranishi g‘alayonining yana bir 
manbalaridan biridir. Nostatsionar obyektlarda g‘alayonlar obyekt 
tavsiflarining o‘zgarishi sababli ham kelib chiqishi mumkin. 
Yuklama — modda yoki energiyaning obyektdan oqib chiqishiga 
ko‘rsatiladigan obyekt qarshiligini ifodalaydi. Obyekt yuklamasining 
o‘zgarishi rostlanuvchi kattalik o‘zgarishinining tezligini oshiradi.
Yuklamaning o‘zgarish chastotasi haqida ham xuddi shuni aytish 
mumkin. Yuklama tebranishlarining amplitudasi ham, chastotasi ham 
rostlashadi. 
Rostlanuvchi obyektning yuklamasini o‘zgartirish, ya’ni obyektning 
bir ish rejimidan ikkinchisiga o‘tish ehtiyoji paydo bo‘lsa, bu amalni 
sekinlik bilan bajarish kerak, bunda rostlash tizimi obyektni yangi ish 
rejimiga ravon, keskin tebranishlarsiz o ‘tkazadi. Yuklamaning katta 
o‘zgarishlarida avtomat rostlagichlarni qaytadan rostlash ehtiyoji paydo 
bo‘lishi mumkin. Bu hoi yuklamaning o‘zgarishi rostlanuvchi 
obyektning statik va dinamik tavsiflarining o‘zgarishiga olib kelishi 
mumkin. Masalan,yuklama kamayishi bilan sof kechikish ko‘payadi, 
o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanish,sig‘im koeffitsiyentlari va boshqariluvchi 
obyektning har xil yuklamalariga avtomat rostlagichlarning turlicha 
optimal rostlanishlari to ‘g‘ri keladi. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling