«Aftomatik boshqarish nazaryasi» fanidan


Obyektlar haqida umumiy malumotlar …………..16-17


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana04.11.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1748232
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3.1.Obyektlar haqida umumiy malumotlar …………..16-17 
3.2.Avtomatlashtirish obyektlarini xossallari va ularni
tahlil qilish……………………………...……………17-18 
3.3.Boshqaruv obyektlar………………………………..18-25 
XULOSA………………………………………………………………26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………..27 

 
 
 
 
 
 
 
 
 


KIRISH 
Avtomat boshqarish nazaryasida qishloq va suv xo'jaligidagi 
ko'plab tarmoqlarda qo'llanilayotgan ilg'or texnologiyalar ishlab 
chiqarishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlaridan foydalanishni 
talab qiladi. Shuning uchun soha bo'yicha tayyorlanayotgan 
mutaxassislar avtomatikaning texnik vositalari, avtomatik nazorat, 
avtomatik rostlash, avtomatik boshqaruv tizimlari, operativ xizmat 
tarmog'i haqida maxsus bilimga ega bo'lishlari zarur. Texnikaning 
rivojlanishi va odamlaming og'ir qo'l mehnatidan bo'shashiga 
qaramasdan ish jarayonlari va mehnat qurollarini boshqarish kengayib 
va murakkablashib bordi. Ayrim holatlarda esa maxsus qo'shimcha 
elementlarsiz mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarishni boshqarish 
imkoniyatlari murakkablashdi. Bu esa o'z navbatida avtomatikaning 
muhimligini va uni rivojlantirish kerakligini isbotladi. Avtomatika - 
mashina texnikasi rivojlanishining yuqori pog'onasi hisoblanadi. Bunda 
odamlar nafaqat jismoniy mehnatdan, balki mashina, qurilmalar va 
ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va ulami boshqarishdan 
xalos bo'ladilar. Avtomatika mehnat unumdorligini oshirish, ish 
sharoitlarini yaxshilash, jismoniy va aqliy mehnatni birbiriga 
yaqinlashtirish kabi ko'plab jarayonlar uchun xizmat qiladi. Bugungi 
kunda avtomatika alohida fan sifatida o'z yo'nalishlariga ega. Bu fan 
avtomatik boshqarish tizimlarining nazariyasi va uning tuzilish 
tamoyillari bilan shug'ullanadi. Fanning maqsadi talabalarda avtomatik 
boshqarish va rostlash tizimlari va texnik vositalami tahlil qilish hamda 
ulami qishloq va suv xo'jaligi sohalarida foydalanish bo'yicha nazariy va 
amaliy bilimlami shakllantirishdan iborat. Hozirgi davrda fan texnika 
taraqqiyoti shunday ilgari surildiki, mavjud texnika va texnologiyalar 
ishlab chiqarishda yangi, har taraflama zamon talabiga javob beradigan 
texnik vositalar bilan ta’minlash zaruriyati tug'ildi. Xorijiy 
mamlakatlardan keltirilayotgan yangi texnika va texnologiyalami 
o'zlashtirish esa yuqori bilim va malaka talab etadi. Qishloq va suv 
xo'jaligini ishlab chiqarishda avtomatik boshqarish tizimlarini qo'llash 
yuqori samaradorlikka ega, chunki ko'p bosqichli ishlab chiqarish 
jarayonlarda iqtisodiy samaradorlikka erishish uchun imkon boricha 
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalaridan keng foydalanish 
talab qilinadi. Qishloq va suv xo'jaligidagi texnologik jarayonlar, shu 
jumladan, gidrotexnik inshootlari, nasos stansiyalari, suvni hisobga olish 


kabi sohalar o'zining shunday maxsus xususiyatlariga egaki, bu hoida 
tanlangan texnik vositalar va elementlar ma’lum texnologik talablarga 
javob berishi kerak. Yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, bo'lajak 
elektromexanik mutaxassislari oldida qishloq va suv xo'jaligi ishlab 
chiqarishida avtomatik boshqarish va rostlash tizimlari hamda 
avtomatikaning texnik. 
Boshqarish tushunchasi bilan inson o‘z hayoti mobaynida har 
soatda duch keladi. Boshqarish turli - tuman hollarda qo'llanilib, har bir 
holda o‘z mezonini, maqsadini va usulini o'zgartiradi. Masalan, davlat 
va xalq xo‘jaligini boshqarishni, soha va korxonani boshqarishni,
uchastka, texnologik jarayon, alohida qurilma va dastgohni bosh- 
qarishni, ishlab chiqarishga oid bo‘lmagan sohadagi boshqarishni, tirik 
mavjudotdagi va jonsiz tabiatdagi boshqarishni farqlash mumkin. 
Davlatni, xalq xo‘jaligini, ishlab chiqarish sohalarini boshqarishni 
ijtimoiy hodisa deb qarash mumkin. U butun ijtimoiy mexanizmning 
maqsadga muvofiq ishlashi doirasida insonlar faoliyatini aniq bir maq- 
sadni ko‘zda tutgan holda tartibli boshqarishni ta’minlaydi. Korxonalani, 
sexlarni, uchastkalarni, texnologik jarayonlani boshqarish moddiy ishlab 
chiqarish jarayonining unumli ishlashini ta'minlashga qaratilgan. 
Har bir boshqariluvchi sistema o‘z darajasidagi qonun - qoidalarga 
bo‘ysunadi. Shu bilan birga unga bu sistemani o‘z ichiga oluvchi 
darajasi yuqoriroq bo'lgan sistema parametrlari ham ta'sir etadi. 
Demak, boshqarish masalasi maqsad va samaradorlikning turli me- 
zonlarini o‘zida mujassamlashtirgan holda boshqariluvchi sistemaning 
darajasiga qarab o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar shaklidagi fikr - mulohazalar 
faqat maqsad mezonlari, boshqarish masalasi va mazmuniga tegishlidir. 
Ammo har xil darajali sistemalardagi boshqarish jarayonlarini tashkil 
qilishda chuqur o‘xshashlik va umumiylik mavjud. Bunga sabab 
boshqarish jarayoni doimo axborot jarayoni ekanligidir.


 Ma'lum darajali sistemada boshqarish jarayonini axborot jarayoni 
sifatida ko‘rilishi boshqarishni bajarishdan aniq ajratishga imkon beradi. 
Boshqarish - kelayotgan axborotni qayta ishlash yo‘li bilan olingan 
yechimga asoslangan buyruq axborotni hosil qilishdir. Boshqarishning 
mohiyati akademik A.I. Berg asarlarida yetarlicha asoslab berilgan .
Uning ta'biricha, boshqarish - sistemani, uning parametrlariga 
ta’sir etish yo‘li bilan yangi, oldindan belgilangan holatga o‘tkazish 
jarayonidir. Haqiqatan ham, har qanday sistemaning holati uning 
o‘zgaruvchilari yoki koordinatalarining vaqt va fazoda o'zgaruvchan 
parametrlari orqali aniqlanadi. Sistemaning u yoki bu parametriga ta'sir 
etish yo‘li bilan uni dastlabki holatidan boshqarish maqsadlariga 
muvofiq oldindan aniqlan- gan boshqa holatiga o‘tkaziladi. Inson 
ishtirokisiz amalga oshiriladigan boshqarish avtomatik boshqarish va 
uning nazariy asoslari esa avtomatik boshqarish nazariyasi deyiladi. 
Avtomatik boshqarish nazariyasi injenerlik bilimlarini shakl- 
lantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy fanlardan biri 
hisoblanadi. 
Avtomatik boshqarish nazariyasi avtomatik sistemalari umumiy 
tuzilishini va ulami tadqiq qilish usullarini o‘rganadi. Bu usullar 
sistemalardagi fizik tabiati har xil bo‘lgan jarayonlar uchun yaroqli 
bo‘lib, xalq xo‘jaligining turli sohalarida boshqarish sistemalarini 
loyihalashda nazariy asos hisoblanadi. 
Avtomatik rostlash deganda berilgan jarayonni xarakterlovchi 
kattalikni doimiy ravishda o‘zgarmas tarzda ushlab turish yoki uni 
oldindan berilgan qonuniyat bo‘yicha o‘zgarishini ta’minlash 
tushuniladi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling