Agressiv xulq-atvor borasidagi nazariyalar


Download 22.62 Kb.
bet1/3
Sana12.11.2023
Hajmi22.62 Kb.
#1767802
  1   2   3
Bog'liq
Agressiv xulq-atvor borasidagi nazariyalar


Agressiv xulq-atvor borasidagi nazariyalar
Agressiv xulq-atvorni har tomonlama tushuntirib beruvchi 
nazariyalar mavjud boiib, ularning har biri agressiya va uni 
keltirib chiqaruvchi omillarni batafsil tushuntirib beradi. Ularni 
umumlashtirgan holda quyidagicha tasniflash mumkin:
• Psixoanalitik yondashuv.
• Etologik yondashuv.
• Sotsiologik yondashuv.
• Frustratsiya nazariyasi.

• Ijtimoiy o‘rganish nazariyasi.


Agressiyaga aloqador eng birinchi va eng mashhur nazariy 
tushunchaga asosan bunday xulq-atvor o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p 
jihatdan instinktivdir. Bu yondashuv keng tarqalgan bo‘lib, unga 
ko‘ra inson genetik va konstitutsional ravishda shunday harakat- 
larni bajarishga «programmalashtirilgan»ligi tufayli agressiya 
sodir bo‘ladi.
Agressiyani tushuntirishda psixoanalitik yondashuv. 
Bu yon­
dashuv tarafdorlarining fikriga ko‘ra agressiya — bu instinktiv 
fe’l-atvor turlaridan biridir. Bu nazariyaning yaratuvchisi bo‘lgan 
Z. Freyd o‘zining dastlabki ishlarida shuni ta’kidlaganki, insoniy 
fe’l-atvorlarning barchasi bevosita yoki bilvosita erosdan, ya’ni 
hayot instinktidan yaraladi. Erosning quvvati (libidosi) hayotni 
mustahkamlashga, saqlab qolishga va ko‘paytirishga yo‘naltiriladi. 
Ushbu ma’noda agressiya mana shu libidoz impulslarning buzi- 
lishi va blokirovka qilinishiga nisbatan reaksiya sifatida qabul 
qilinadi. Birinchi jahon urushi zo‘ravonliklari tajribasini boshdan 
kechirgan Freyd, agressiyaning kelib chiqishi va mohiyati haqida 
fikr yuritar ekan, u ikkinchi asosiy instinkt — tanatos — o‘limga 
ishtiyoqning mavjudligini taxm in qildi. Bu instinktning quvvati 
buzg‘unchilikka va hayotni to‘xtatishga yo‘naltirilgandir. Shunday 
qilib, tanatos agressiyani tashqariga chiqarishga va boshqalarga 
yo‘naltirilishiga bevosita sabab bo‘ladi.

Freydning agressiyaning boshlanishi va tabiatiga nisbatan 


bildirgan mulohazalari оЧа pessimistik bo‘lgan, deyish mumkin. 
Chunki unga ko£ra agressiv xulq insonga tug‘ma berilgan bo‘lib, 
undan qutulib bo'lmasligi ta’kidlanadi.
Freydning fikricha, tanatos energiyasi tashqariga yo‘- 
naltirilmasa, bu inson psixikasining buzilishiga olib keladi. 
Shuning uchun agressiyani tashqi namoyon bo‘lishi tanatos- 
ning bunday buzg‘unchi kuchini susaytirishi va natijada yana- 
da xavfli harakatlarning paydo bo‘lish ehtimolini kamaytirishi 
mumkin.
Shunday qilib, Freyd keyingi davr nazariyotchilaridan farqli 
o‘laroq bu tushunchaga optimistik jihatdan qaramagan.


Download 22.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling