Biomlar — geografik zonallik asosida ajratiladigan yirik ekosistemalar (tundra, tayga, cho'l, dasht, tropik o'rmonlar).
Biolik omillar — organizm va yashash muhitiga ta'sir ko'rsatuvchi tirik tabiat omillari.
Biotsenoz — biogeotsenozning biotik qismi.
Genomlar banki — hayvon va o'simliklar irsiy axborotini butunligicha, ularning urug'lari, sporalari, jinsiy hujayralari, tana hujayralari-ni muzlatish usuli bilan saqlash.
Genlar banki — hayvon va o'simliklardan ajratilgan ayrim genlarni genetik injeneriya usullari bilan bakteriyalarga kiritib saqlash va ko'paytirish (klonlashtirish).
Gipoksiya — havoning tarkibida kislorodning yetishmasligi holati.
Gumus — tuproqning oxirigacha parchalangan organik moddasi.
Demografiya — aholining soni, ko'payishi, tarkibini, ularning ijti-moiy-iqtisodiy va madaniy omillarga bog'liqligini o'rganuvchi fan.
Detritofaglar — parchalanayotgan organik moddalar bilan oziqlanuvchi organizmlar.
Dengiz limanlari — qirg'oq ko'rfazlari, daryolarning dengizga quyilish joylari.
Iqlim omillari — abiotik omillar, ularga yorug'lik, namlik, harorat, shamol kabi omillar kiradi.
Kannibalizm — bir turga mansub organizmlarning bir-birlarini (o'z bolalarini) yeb qo'yishi.
Klimaksli biogeotsenoz — o'z-o'zini idora qila oladigan, barqaror, muhit bilan muvozanat holatida bo'lgan biogeotsenoz.
Kriokonservatsiya — organizmlar hujayralari, to'qimalari va a'zolarini juda past haroratda muzlatib saqlash.
Kscrofitlar — suv tanqisligida o'sishga moslashgan o'simliklar.
Monokultura — sun'iy ekosistemalarda ko'p yillar davomida bir xil o'simliklar o'stirilishi.
Neytral o'simliklar — gullashi kun uzunligiga bog'liq bo'lmagan o'simliklar.
Panmiksiya — bir turga kiruvchi individlarning erkin urchishi xususiyati.
Parazitizm — bir organizmning ikkinchisidan ovqat manbayi, yashash joyi sifatida foydalanib, upga zarar keltirishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |