Reintroduksiya — kamayib l^etayotgan turlarni tabiatda qaytadan tiklash, ko'paytirish.
Simbioz — organizmlarning o'zaro sinergizm munosabatlari.
Territoriyaviylik — ayrim organizmlarning yoki populyatsiyalarning ma'lum hududni egallab, uni belgilab yashashi.
Transpiratsiya (frans. transpier — terlash) — o'simliklardan suv bug'lanishi. Asosan barg og'izchalari orqali amalga oshiriladi.
Turning genofondi — ma'lum turga mansub organizmlarda uchraydigan genlar majmuasi.
Fitofaglar — o'simlikxo'r organizmlar.
Titoaleksin — o'simliklarning zamburug'lar yoki bakteriyalarga qarshi hosil qiluvchi antibiotiklari.
Fotonastiya (yunoncha nastos — zichlashish) — o'simliklarning yorug'lik ta'sirida harakatlari, bunda harakat yo'nalishi ta'sir yo'nalishiga bog'liq emas.
Fototropizm (yunoncha trope — burilish) — yorug'lik ta'sirida organizmlarning harakatlanishi, bunda harakat yo'nalishi yorug'lik yo'na-lishiga bog'liq.
Fototaksis (yunoncha taxis -j- tartibli joylashish) — erkin harakatlana oluvchi tuban o'simliklar va hayvonlarning yorug'lik ta'sirida harakatlanishi, harakat yo'nalishi ta'sir yo'nalishiga bog'liq.
Cheklovchi omil — organizmning hayot faoliyatini susaytiruvchi omil.
Ekotop — biogeotsenozning abiotik qismi.
Ekosfera (biosfera) — Quyosjh bilan energiya almashinish holatida bo'lgan Yerdagi hamma tirik organizmlar kompleksi.
Ekologik suksessiya — biogqotsenozlarda turlarning almashinishi, bir biogeotsenoz o'rniga ikkinchisining shakllanishi.
Emigratsiya — organizmlarning o'z yashash joyidan boshqa joyga ko'chishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |