Agrobakterium lotincha


Download 88.5 Kb.
bet1/11
Sana06.05.2023
Hajmi88.5 Kb.
#1434463
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Avtonom plazmidlar


Avtonom plazmidlar — asosiy xromosomaga birika olmaydigan va asosiy xromosomadan mustaqil ravishda o'z-o'zidan replikatsiya qiladigan halqasimon DNK molekulalari.
Agrobakterium — (lotincha Agrobacterium) o'simliklarni zararlantir-ganda shish hosil qiladigan tuproq bakteriyalari.
Antigen — (ingl. anti — qarshi) hujayraga kirganda antitana hosil qiluvchi, organizm uchun yot bo'lgan molekulalar.
Antitana — antigenni neytrallovchi oqsil molekulalari.
Bakterifaglar — bakteriyalarda parazitlik qiladigan va ularni lizis qiluvchi viruslar.
Biotexnologiya — biologik makromolekulalar va organizmlardan foydalanib mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi.
Vektor konstruksiyasi — biror ahamiyatga ega DNK bo'lagi kiritilgan plazmid, virus yoki ko'chib yuruvchi genetik elementlarning DNK molekulasi.
Gen — polipeptid zanjiri sinteziga javobgar bo'lgan DNK bo'lagi.
Genetik injeneriya — gen yoki genlar yig'indisining maqsadga muvofiq o'zgartirilishi (manipulyatsiya qilish).
Genlarni klonlash — ko'zlangan DNK boiagini vektorlar vositasi-da ko'paytirish.
Genom — organizmlar genlari yig'indisi.
Gibridoma — limfotsit yoki har qanday normal hujayra bilan rak hujayrasining qo'shilishi natijasida hosil bo'lgan, tez bo'linuvchi duragay hujayralar to'plami.
Insersiya — (ingl. insertion — kiritmoq) DNK bo'lagi genomning maium joylariga kirishi.
Kallus to'qima — hujayraning bo'linishidan hosil bo'lgan, deyarli ixtisoslashmagan hujayralar massasi.
Hon — bitta hujayradan hosil bo'lgan, irsiy jihatdan o'xshash hujayralar koloniyasi.
Ligaza — DNK molekulasi uchlarini bir-biriga ulovchi ferment.
Lizis — bakteriya hujayrasining bakteriofaglar tomonidan nobud qilinishi.
Lizogeniya — bakteriofagning bakteriya genomiga profag holida joylashib olish qobiliyati.
Lizogen bakteriya — genom tarkibida noaktiv profag tutgan bakteriya.
Molekular genetika — organizmlar irsiyatining molekular asoslarini o'rganuvchi genetika fanining bir bo’limi.

Download 88.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling