Agrobakterium lotincha
Download 88.5 Kb.
|
Avtonom plazmidlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arxeopteriks
- Kaynozoy
- Proterozoy
- Autekologiya
- Sinekologiya
Anaerob organizmlar — hayot jarayonlari kislorodsiz sharoitda kechadigan organizmlar.
Aerob organizmlar — hayotiy jarayonlari kislorodli sharoitda kechadigan organizmlar. Aromorfoz — yunoncha aim — yuksalish, morfos — shakl. Organizmlar tuzilishi, hayot faoliyatining yuksalishi. Arxey — yunoncha arxaios — qadimgi. Eng qadimgi era. Arxeopteriks — yunoncha arxeo — qadimgi, pterus — qanot. Eng qadimgi qush. Degeneratsiya — lotincha degenerare — tubanlashish. Organizmlarning murakkab tuzilishdan sodda tuzilishga o'tishi. Diplodok — yunoncha diplos — qoshaloq, dokos — nur. Yura davridagi bahaybat qadimgi sudralib yuruvchilar dinozavrlarning bir xili. Idioadaptatsiya — yunoncha idios — o'ziga xos, lotincha adaptio -moslanish. Orgariizmlarning muhit sharoitiga moslanishi. Ixteostega — yunoncha ixtius — baliq, stege — qopqoq. Devon davrida tarqalgan suvda va quruqlikda yashovchilar — stegotsefallarnig bir xili bo'lib, ular baliqlarning jabra, dum suzgich qanotlarini o'zida saqlagan. 1 Kaynozoy — yunoncha kaynos — yangi, zoe — hayot. Eng keyingi era. , Mezozoy — yunoncha mesos — o'rta, zoe — hayot. O'rta era. Paleozoy — yunoncha palanos — qadimgi, zoe — hayot. Qadimgi era. Proterozoy — yunoncha proteros — birinchi, zoe — hayot. Birinchi hayot erasi. Terapsid — qadimgi sudralib yuruvchilar va dastlabki sutemizuvchilar o'rtasidagi oraliq hayvon. Ekologiya genetika, evolutsiya ta'limoti, sistematika, fiziologiya, etologiya kabi biologik fanlar bilan chambarchas bog'langan. Ekologiya fanining o 'rganish predmeti tiriklikning har xil tuzilish darajalari — populyatsiya, tur, biogeotsenoz, biosfera darajalaridir. Ekologiya fani quyidagi asosiy bo'limlardan tashkil topadi: Autekologiya. Sinekologiya. Evolutsion ekologiya. Tarixiy ekologiya. Autekologiya — ayrim bir turga mansub bo'lgan organizmlar yoki populyatsiyalarning o'zaro va muhit bilan munosabatlarini o'rganadi. Masalan, hozirgi davrda populyatsiyalar ekologiyasini o'rganishda ularning ko'payishi, turg'unligi yoki sonining kamayishini o'rganishda matematik modellashtirish usuli keng qo'llanilmoqda. Sinekologiya — har xil turga mansub organizmlar umumlashmasining o'zaro va muhit bilan munosabatlarini o'rganadi. Bunda ayrim territoriyalarda yashaydigan mikroorganizmlar, o'simlik, hayvon turlarining xilma-xilligi, tarqalishi, ular orasidagi raqobatlar va boshqa ekologik muammolar o'rganiladi. Download 88.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling