Agrobakterium lotincha
Download 88.5 Kb.
|
Avtonom plazmidlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixiy ekologiya
- Matematik modellash metodi
Evolutsion ekologiya — ekologik sistemalarning sayyorarnizda hayot kelib chiqishi bilan birga o'zgarishlarini, biosferaning evolutsiyasiga insonning ta'sirini o'rganadi. Evolutsion ekologiya paleontologik ma'lumotlardan va hozirgi zamon ekologik sistemalari haqidagi ma'lumotlardan foydalanib qadimiy ekosistemalarni nazariy rekonstruksiyalashga (qayta yaratish) harakat qiladi.
Tarixiy ekologiya — insoniyat sivilizatsiyasi va texnologiyasining rivojianishi natijasidagi ekologik o'zgarishlarni neolit davridan boshlab hozirgi davrgacha o'rganadi. Yuqorida ko'rsatilgan vazifalar har xil metodlar yordamida amalga oshiriladi. Dala metodi yordamida populyatsiyaga muhit omillari yig'indisining ta'siri, ma'lum sharoitda turning rivojianishi va yashashining umumiy holati tekshiriladi. Ekologik tajribalar metodi yordamida ayrim omillarning organizm rivojlanishiga ta'siri o'rganiladi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun odatda birorta tabiiy sistema modellashtiriladi. Masalan, chuchuk suv havzasining modeli akvarium hisoblanadi. Matematik modellash metodi ekosistemaning yashovchanligi va kelajagini oldindan aniqlashga yordam beradi. Bu usulni amalga oshirishda EHM (elektron hisoblash mashinalari)dan keng foydalaniladi. Asosiy ekologik tushunchalar. Ma'lum muhitda yashayotgan ayrim turlar yig'indisi ekosistemalarni hosil qiladi. Jamoa va ekosistema ilmiy adabiyotlarda ko'p ishlatiladigan biotsenoz tushunchalariga mos keladi. O'ziga xos ko'rinishga va o'simliklar dunyosiga ega bo'lgan yirik regional yoki subkontinental biosistemalar biomlar deb ataladi. Yerning fizik muhiti bilan turg'un muvozanatda, Quyosh bilan energiya almashinish holatida bo'lgan Yerdagi hamma tirik organizmlar kompleksi biosfera yoki ekosferani hosil qiladi. Muhit deb ayrim organizmlar, populyatsiyalar yashaydigan, ularning holatiga, rivojlanishiga, ko'payishiga bevosita yoki bilvosita'*ta'sir ko'rsatadigan tirik va o'lik tabiatning barcha sharoit-lariga aytiladi. Tirik organizmlarga ta'sir ko'rsatuvchi muhitning har qanday tarkibiy qismlari ekologik omillar deyiladi. Ekologik omillar uchta asosiy guruhga bo'linadi: Download 88.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling