Agrobiznes va logistika fakulteti biznesda buxgalteriya hisobi


Download 71.42 Kb.
bet7/20
Sana17.06.2023
Hajmi71.42 Kb.
#1525718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
Abdurauf

Kassa daftari
Ushbu daftar kassadagi pul mablag‘larini harakatini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Kassa daftarining har bir varag‘i teng ikki qismdan iborat: ulardan bittasi (gorizontal chiziqlisi) kassir tomonidan birinchi nusxa sifatida to‘ldiriladi va daftarda qoladi, ikkinchisi (gorizontal chiziqlisi) nusxa ko‘chiruvchi qog‘oz orqali old va orqa tomoni to‘ldiriladi va qirqib olinib “Kassir hisoboti” sifatida buxgalterga topshiriladi. Varaqlarning birinchi va ikkinchi nusxalari bir xil raqamlanadi. Kassa muomalalarini yozish varaqning qirqib olinmaydigan qismining old tomonidan boshlanadi (“kun boshiga qoldiq” satrdan keyin). Varaq kesish chizig‘i bo‘yicha buklanib qirqib olinadigan qismi daftarda
qoladigan qismining tagida qoladi. Ko‘chirish belgisidan keyin yozuvni davom ettirish uchun varaqning qirqib olinadigan qismi qirqibolinmaydigan qismining ustiga qo‘yiladi va qirqib olinmaydigan qismining orqa tomonida gorizontal chiziqlar bo‘yicha yozuv davom ettiriladi. Hisobot qismi bir kunlik muomalalar tugaguncha qirqib olinmaydi. “Shu jumladan ish haqi” satri bo‘yicha ish haqi tarqatish to‘lov qaydnomalari bo‘yicha hisobdan chiqarilmagan summalar ko‘rsatiladi. Har kuni ish kuni oxirida kassir buxgalteriyaga kirim va chiqim kassa hujjatlarini ilova qilgan holda hisobot taqdim etadi.


Hisob-kitob operatsiyalarini hisobga olish boʻyicha dastlabki hujjatlar. To’lov topshiriqnomasi yaratish, namunalar
O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonunining 33-moddasiga asosan to‘lov hujjati qog‘ozda tuzilgan yoki elektron shaklda shakllantirilgan hujjat bo‘lib, to‘lov uning asosida yoki yordamida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lovlarni amalga oshirishda quyidagi to‘lov hujjatlaridan foydalaniladi:

  1. to‘lov topshiriqnomasi;

  2. to‘lov talabnomasi;

  3. inkasso topshiriqnomasi;

  4. memorial order;

  5. akkreditivga ariza;

  6. kirim va chiqim kassa to‘lov hujjatlari.

To‘lov hujjatlarining shakllari, majburiy rekvizitlari va ularning mazmuniga doir boshqa talablar, elektron to‘lov vositalaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Shunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizom yangi tahrirda ishlab chiqilgan holda Adliya vazirligida 2020 yilning 13 aprelida 3229-son bilan davlat ro‘yxatiga olindi.
Unga ko‘ra, memorial order - banklar tomonidan foydalaniladigan naqd pulsiz to‘lov hujjati bo‘lib, undan quyidagi hollarda foydalaniladi:

  1. mijozlar bilan bog‘liq bank operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarda;

  2. bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hisob-kitoblarda;

  3. banklarning ichki operatsiyalarida;

  4. to‘lov hujjatlari bo‘yicha qisman to‘lov amalga oshirilganda;

  5. ko‘zda tutilmagan holatlar bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshirilganda;

  6. mijozning qarzdorlik mablag‘larini qoplashda, agar ushbu talab bank bilan mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yilgan bo‘lsa;

  7. buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda;

jismoniy shaxslarning (yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) yozma murojaati bo‘yicha mablag‘larni naqd pulsiz shaklda o‘tkazishni amalga oshirishda, bunda to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, mazkur murojaat memorial order bilan birga bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;
mijozlar bilan tuziladigan shartnomalarda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
To‘lov topshiriqnomasi - mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka
o‘z hisobvarag‘idan topshiriqnomada belgilangan summani mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i nazarda tutilgan to‘lov hujjatidir.

Download 71.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling