«agrobiznes va raqamli iqtisodiyot» fakulteti «buxgalteriya hisobi, taxlil va audit» kafedrasi
Download 406.5 Kb.
|
Дастур 4-курсларга
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.OLIY O‘QUV YURTLARI
- 1.3.OLIY O‘QUV YURTI TAYINLAGAN AMALIYOT RAHBARI
1.UMUMIY QOIDALAR
1.1.AMALIYOTNI TASHKIL QILISH VA UNGA RAHBARLIK 1.1.1.Talabalar amaliyoti oliy ta’lim muassasalarining davlat va aktsiyadorlik korxonalari, muassasa, tashkilot, firma, qo‘shma korxonalar va boshqalar bilan tuzgan shartnomalari asosida tashkil qilinadi. 1.1.2.YUridik shaxslar bilan tuzilgan kontrakt asosida o‘qiydigan talabalar amaliyot o‘tish uchun tegishli amaliyot ob’ektlariga yuboriladilar. 1.1.3.Amaliyotni tashkil qilish va o‘tkazish uchun javobgarlik oliy o‘quv yurtining rektori zimmasiga yuklanadi. 1.1.4.Amaliyot joylari, talabalarning katta guruxdari o‘tishini hisobga olib, oliy ta’lim muassasasi yaqinida joylashgan amaliyot ob’ektlaridan tanlanadi. Mazkur tayanch joyda talabalar amaliyot o‘taydigan korxona yo‘q bo‘lsa, amaliyot ob’ektlari sifatida oliy ta’lim muassasasiga yaqin joylashgan korxonalardan foydalaniladi. Ikki tomonlama bitimlar asosida amaliyotni xorijiy davlatlar korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida o‘tash mumkin. 1.2.OLIY O‘QUV YURTLARI: 1.2.1.Har yili, 1 dekabrdan kechikmagan holda, navbatdagi kalendar yili uchun amaliyot ob’ektlari bilan shartnomalar tuzadi. Amaliyot boshlanishidan ikki oy oldin talabalar amaliyotini o‘tkazish dasturi va kalendar jadvalini amaliyot ob’ektlari bilan kelishib oladi; 1.2.2.Amaliyot rahbari tajribali professor, dotsent va o‘qituvchilardan tayinlanadi; 1.2.3.Fan, texnika va madaniyatning eng yangi yutuklari, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, uni ilmiy tashkil etish, boshqarish va shunga o‘xshash masalalar bo‘yicha amaliyot ob’ektlari ma’muriyati bilan birgalikda mutaxassislarning ma’ruzalarini tashkil etadi; 1.2.4.Talabalar va amaliyot ob’ektlarini amaliyot dasturlari bilan ta’minlaydi; 1.2.5.Ob’ektlardagi talabalar amaliyotining tashkil etish tartibi va o‘tkazilishini hamda amaliyot muddati va mazmuniga rioya qilinishini nazorat etadi. 1.3.OLIY O‘QUV YURTI TAYINLAGAN AMALIYOT RAHBARI: 1.3.1.Talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik tashkil etish uchun ob’ektlarga amaliyot boshlanishidan oldin boradi; 1.3.2.Talabalarning amaliyotga borishidan oldin tashkiliy tadbirlar (amaliyot o‘tkazish tartiblari, xavfsizlik texnikasi haqida ko‘rsatmalar berish va x.k.) ni o‘tkazishni ta’minlaydi; 1.3.3.Talabalarning kafedra topshiriqlarida ko‘zda tutilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi; 1.3.4.Amaliyot ob’ektlari talabalarning mehnat va maishiy xizmat sharoitlari me’yordagidek ta’minlanganligini nazorat kiladi; talabalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladi; 1.3.5.Amaliyot yakunlari bo‘yicha talabalar ilmiy anjumanlari tayyorlanishida va amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishida ishtirok etadi; 1.3.6.Talabalarning amaliyot bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqadi, ularning ishi xaqida tavsiyanoma beradi. Talabalar amaliyot o‘tganligi, ularning amaliy tayyorgarligidagi kamchiliklar ko‘rsatilgan amaliyotni takomillashtirish haqida takliflar kiritilgan yozma hisobotni kafedra mudiriga taqdim etadi; 1.3.7.Barcha ishlarni amaliyot ob’ekti tomonidan biriktirilgan rahbar bilan birgalikda o‘tkazadi. Download 406.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling