«agrobiznes va raqamli iqtisodiyot» fakulteti «buxgalteriya hisobi, taxlil va audit» kafedrasi


BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOTNING MAZMUNI VA TARKIBI


Download 406.5 Kb.
bet5/25
Sana05.05.2023
Hajmi406.5 Kb.
#1427497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Дастур 4-курсларга

3. BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOTNING MAZMUNI VA TARKIBI
3.1.Bitiruv oldi malakaviy amaliyot kafedrada belgilangan amaliyot rahbari tomonidan ishlab chiqilgan, kafedra mudiri tasdiqlagan kalendar ish rejasi asosida amalga oshiriladi.
3.2.Amaliyot rahbari har bir amaliyotga chiquvchi talabaga va u borayotgan amaliyot ob’ektiga individual tarzda yondoshishi zarur. SHuningdek, «Talabaning kalendar ish rejasi» aniq, maqsadli va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.


4. BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOT HISOBOTINI
RASMIYLASHTIRISHI
4.1.Amaliyot yakunida talaba yozma (yoki kompyuter yordamida) ra­vishda hisobot tayyorlaydi va uni bevosita amaliyot ob’ektidan tayinlangan rahbar imzolagan kundalik daftar bilan birga oliy ta’lim muassasasidan tayinlangan rahbarga topshiradi. Hisobot talabaning amaliyot davrida bajargan muayyan ishlari to‘g’risidagi ma’lumotlar, amaliyot ob’ekti bo‘limlarining qisqacha izoxi (bo‘lim va boshqalar), ular faoliyatining tashkil qilinishi, hayot faoliyatining xavfsizligi to‘g’risidagi masalalar, amali­yot natijalari bo‘yicha hulosa va takliflarni o‘z ichiga olishi lozim.
4.2.Amaliyot yakunida talaba o‘z hisobotini oliy ta’lim muassasasi tomonidan tayinlangan komissiya oldida himoya qiladi.
4.3.Komissiya tarkibiga o‘tilayotgan amaliyot fanini olib boruvchi o‘qituvchi, oliy ta’­lim muassasasi tomonidan biriktirilgan rahbar va imkoni bo‘lsa, amaliyot ob’ektidan tayinlangan rahbar ham kiritiladi.
4.4.Amaliyot natijasi bahosi talabaning kursdan kursga o‘tishi va stipendiya belgilashda hisobga olinadi.
4.5.Amaliyot yakuni oliy ta’lim muassasasining ilmiy-uslubiy anjumani va amali­yot ob’ektining ishlab chiqarish kengashida muhokama qilinadi.
4.6.Oliy ta’lim muassasasi va fakultet ilmiy kengashida amaliyotning natijalariga yakun yasaladi.
4.7.Amaliyot dasturini bajarmagan, ishi haqida qoniqarsiz taqriz yoki hisobot, himoyasida qoniqarsiz baho olgan talaba ta’til vaqtida o‘z hisobidan qayta amaliyot o‘tashga jo‘natiladi.
4.8.Ayrim hollarda, bunday talabaning kelgusida oliy ta’lim muassasasida o‘qishi mumkinligi masalasi rektor tomonidan ko‘rib chiqiladi.
4.9.Hisobot ikki qismdan: matn qismi va ilovalardan iborat
bo‘lishi kerak.

Download 406.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling