«agrobiznes va raqamli iqtisodiyot» fakulteti «buxgalteriya hisobi, taxlil va audit» kafedrasi


Talabalar amaliyotining umumiy rahbarligi amaliyot ob’ekti rahbarining buyrug’i bilan mas’ul xodimlarning biriga yuklatiladi


Download 406.5 Kb.
bet3/25
Sana05.05.2023
Hajmi406.5 Kb.
#1427497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Дастур 4-курсларга

1.4.Talabalar amaliyotining umumiy rahbarligi amaliyot ob’ekti rahbarining buyrug’i bilan mas’ul xodimlarning biriga yuklatiladi.
Tijorat banklarida, byudjet tashkilotlarida, aktsiyadorlik jamiyatlarida, qishloq xo‘jalik korxonalarida va boshqa tashkilotlarda ta­labalarga amaliyotining bevosita rahbarligi amaliyot ob’ekti boshlig’ining buyrug’i bi­lan ko‘rsatilgan tarkibiy bo‘limning yuqori malakali mutaxassisi zimmasiga yuklanadi.


1.5.SHartnoma majburiyatlariga muvofiq amaliyot ob’ektlari:

  • talabalar amaliyotini amaliyot dasturi va mazkur Nizomga muvofiq tashkil qiladi va o‘tkazadi;

  • dasturga muvofiq talabalar amaliyot o‘tkazishining samaradorligini ta’minlovchi ish joylari bilan ta’minlaydi;

  • talabalar ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘sh ish joylari mavjudligida, amaliyotchilarni tegishli ish haqi bilan lavozimlarga qabul qiladi;

  • amaliyotni o‘tashda oliy ta’lim muas­sasasi bilan kelishilgan oy kunlik ish jadvaliga amal qiladi;

  • talabalarga mavjud adabiyotlar, tex­nik va boshqa hujjatlardan foydalanish imkoniyatlarini beradi;

  • kurs ishi va malakaviy bitiruv ishlari uchun mavzular tanlashda yordam kursatadi;

  • hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar beradi, zarur bo‘lgan xollarda talabalarni mehnatning xavfsiz usullariga o‘rgatadi va bu haqda hujjatlar rasmiylashtiriladi;

  • amaliyotchi talabalarning mazkur ama­liyot ob’ektida joriy qilingan ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlaydi va nazorat qiladi:

  • yaqin atrofda joylashgan boshqa kor­xona, muassasa, tashkilotlarga birgalikda tashriflar o‘tkazadi;

  • talabalarning amaliyot o‘tash vaqtida mazkur amaliyot ob’ektining tegishli ishchilari uchun joriy qilingan shaxsiy himoya vositalari va maxsus ovqat, poyabzal, himoya kiyimlari bilan ta’minlaydi;

  • shartnoma asosida talabalar yashashi uchun qulay sharoitli yotokxonalar bilan ta’­minlaydi. Zarur bo‘lganda ularni joylashtirish uchun turar joylarni ijaraga oladi;

  • zarur bo‘lgan xollarda, ichki mehnat intizomini buzgan amaliyotchi talabalarga amaliyot ob’ekti rahbarining buyrug’i bilan jazo choralari ko‘radi va bu haqda oliy ta’­lim muassasasi rektoriga xabar qiladi;

  • amaliyot o‘tayotgan talabalar baxtsiz xodisaga uchragan xolda to‘la javobgarlikni oladi.




Download 406.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling