Agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


Download 130.4 Kb.
bet1/6
Sana30.04.2023
Hajmi130.4 Kb.
#1417098
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM , FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
AGROBIZNES VA LOGISTIKA KAFEDRASI
AGROBIZNESNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR TIZIMIDA O’ZBEKISTONNING O’RNI
Bajardi: _
Kurs ishi himoya qilingan sana ”____”______” 2023 y.
Baho ”____”____”
Ilmiy rahbar: __________ _____________________
(imzo) (ism, sharifi)
Komissiya a`zolari: _________ ______________________
(imzo) (ism, sharifi)
_________ ______________________
(imzo) (ism, sharifi)
Buxoro-202
MUNDARIJA :
KIRISH…………………………………………….
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyati, rivojlanish bosqichlari………
O’zbekiston jahon xo’jaligi tizimida……………..
O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimi ……………
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy siyosati va uning amalga oshirilishi…………….
XULOSA ……………………………..
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR ……………………….

KIRISH
Hozirgi sharoitda jahon xo’jalik aloqalari tizimida globalla-shuv va integratsiyalashuv jarayonlarining jadallashuvi, mamlakatlar milliy iqtisodiyotlari o’zaro aloqalarining va o’zaro bog’liqlikla-rining kuchayishi zamonamizning eng muhim xususiyatlaridan biriga aylanmoqda.
Globallashuv, ma’lumki, ishlab chiqarish, axborotlar almashinuvi, savdo, transport va boshqa xizmat ko’rsatish soha-laridagi mamlakatlararo aloqalarda namoyon bo’ladi. Bu jarayon-larda mustaqil O’zbekiston ham faol ishtirok etmoqda. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va isloh etish, to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarini jalb etish va xorijiy sarmoyalarga qulay inves-titsion muhit yaratish, mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchi-lari bilan chet el firmalari o’rtasidagi uzoq muddatli barqaror sheriklik munosabatlarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasidamalga oshirilayotgan tashqi iqtisodiy siyosatning mohiyatini tashkil etadi.
Bu sohada yagona davlat siyosati yuritilishi O’zbekistonning xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va moliyaviy ins-titutlar, boshqa xalqaro huquq sub’ektlari bilan o’zaro manfaatli asosda iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini yanada rivojlanishini ta’minlaydi. Shu bois, mamlakatimizda o’tkazayotgan iqtisodiy islohotlar O’zbekistonni qisqa muddatlarda jahon xo’jaligi tizimida o’z o’rniga ega bo’lishini va dunyoning barcha mamlakatlari bilan teng huquqli hamkorligini ta’minlashga qaratilgan. Bu-gungi kunda O’zbekiston xalqaro iqtisodiy munosabatlarning sub’ekti sifatida jahon xo’jaligi aloqalariga tobora keng jalb qilinmoqda, dunyoning o’nlab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlari bilan mustahkam xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishgan, uning tashqi savdo aylanmasi hajmi yildan-yilga ortib bormoqda.
Iqtisodiyotimizning real sektoriga kirib kelayotgan to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalar salmog’i oshmoqda, o’nlab xal-qaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorligi kuchaymoqda. Ay-niqsa, tashqi iqtisodiy faoliyatning turli sohalari bo’yicha mala-kali kadrlar tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda. Ushbu o’quv qo’llanmada xalqaro iqtisodiy munosabatlarning hozirgi zamondagi roli va mohiyati, tashkiliy-huquqiy asoslari, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish usullari, xalqaro valyuta tizimi, kapitalning xalqaro harakati va ssuda bozorlari, O’zbekistonda chet el investitsiyalarining samaradorligi, ishchi kuchlarining xalqaro migratsiyasi hozirgi zamon xalqaro iqti-sodiy munosabatlarda transmilliy korporatsiyalarning ahamiyati va O’zbekistonda ularning faoliyati, xalqaro iqtisodiy integra-tsiya va xalqaro iqtisodiyotning boshqa masalalari yoritilgan.


Download 130.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling