Agrologistika va biznes fakulteti, “Agrobiznes va investitsion faoliyat” ta’lim yo’nalishi 2-bosqich, 2-66, 2-67 guruhlar uchun
Ilmiy tadqiqotning asosiy kategoriyalari va tushunchalari. ILMIY TADQIQOT: ASOSIY KATEGORIYALAR VA TUSHUNCHALAR
Download 335 Kb.
|
ilmiy tadqiqot javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy tadqiqot uslubi
17.Ilmiy tadqiqotning asosiy kategoriyalari va tushunchalari.
ILMIY TADQIQOT: ASOSIY KATEGORIYALAR VA TUSHUNCHALAR Ilmiy ish boshqa har qanday ishdan o’zining maqsadi — yangi ilmiy bilimni olishi bilan farq qiladi. Ayni shu ish jarayonida voqyelik haqidagi obyektiv bilimlar ishlab chiqiladi va bir tizimga solinadi. Biroq fanda qandaydir bir yangi ilmiy faktni aniqlash kamlik qiladi, unga fan pozisiyasidan turib izoh berish, uning umumiy bilishga oid, nazariy yoki amaliy ahamiyatini ko’rsatish, shuningdek ilgari ma’lum bo’lmagan yangi jarayonlar va hodisalarni oldindan ko’ra bilish talab etiladi. Ilmiy tadqiqot. Uning umumiy maqsadi quyidagi ehtiyojlarga javob beradigan nazariyani qurishdan iborat: 1) faktlarni tahlil etish, tasniflash va bir tizimga solish (sintez qilish); 2) real olamning aniq faktlarini talqin qilish va anglab olish; 3) yangi natijalarni oldindan aytib berish va hodisalar rivojini bashorat qilish. 18.Tadqiqot usullari. Ilmiy tadqiqot (izlanish) uchta tarkibiy qism: insonning maqsadli faoliyati, ilmiy mehnat predmeti va ilmiy mehnat vositalaridan iboratdir. Ilmiy tadqiqot uslubi bu muayyan bilish maqsadini hisobga olgan holda muayyan bilish vazifalarini hal etishga qaratilgan aqliy va (yoki) amaliy operasiyalar (rusum-qoidalar) tizimidir. Tadqiqot uslubiyoti (texnologiyasi) – tadqiqot usullarining bir tizimli majmui, tadqiqot uslublari, usullari, texnikalarini qo’llanish va ular yordamida olingan natijalarni talqin qilish qoidalari tizimi. Uslubiyot o’rganiladigan obyekt xarakteriga, tadqiqot metodologiyasi, maqsadlariga, ishlab chiqilgan uslublar, tadqiqotchi malakasining umumiy darajasiga bog’liq bo’ladi. 19.Ilmiy tadqiqot va uning maqsadi, ilmiy tadqiqot faoliyatining bosqichlari. Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniklik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija beri-shi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan boglangan ikki kiyem — tajriba va na-zariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shartsharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan taxlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamen-tal va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga aj-ratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni qal qilishda ham keng qoʻllaniladi 20.Ilmiy tadqiqot tasnifi, ilmiy tadqiqotni muvaffaqiyatli bajarish shartlari.
Download 335 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling